Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich



Download 254,42 Kb.
bet29/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Nazorat uchun savollar:
1. Pyotr I davrida nima sababdan Polshaga Rossiya ta'siri kuchaydi?
2. Kanada qachon Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va uning oqibati nimadan iborat?
3. Angliyadagi Ost-Indiya kompaniyasi faoliyati haqida gapirib bering.
4. Angliya Ispaniya merosi uchun keskin kurash olib borilganligining asosiy sabablari va oqibatlari nimadan iborat?
5.1763-yil Versalda imzolangan Angliya, Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi sulh shartnomasining shartlarini ayting.
6. Rus-Turkiya urushining kelib chiqish sabablari nimadan iborat?
7. Fransuz monarxiyasi xalqaro obro‘yiga ta'sir etgan voqeani izoxlang.
8. Nima sababdan Avstriya qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi?
9. Qachon Fransiya Avstriya bilan ittifoq tuzdi va uning oqibatlari nimadan iborat?
10. Angliya - Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab bo‘lgan omillar?


8-mavzu. XIX asr - XX asr boshida xalqaro munosabatlar va diplomatiya.


Reja: 1. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida xalqaro munosabatlar.
2. Vena kongressi.
3. 1815-1850-yillardagi xalqaro munosabatlar


Tayanch iboralar: koalitsiya, gegemoniya, direktoriya, Austerlits jangi, kontinental qamal, Vena kongressi, Metternix tizimi, muqaddas ittifoq, konvensiya.


XVIII asr oxiri - XIX asr boshida xalqaro munosabatlar.1789-yilda Fransiyada Lyudovik XIV absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob ro‘y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Yevropani harakatga keltirdi. 1791-yil 27 avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va Prussiya o‘rtasida deklaratsiya imzolandi, 1792 yiining 7 fevralida Fransiyaga qarshi Yevropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi.
Fransiyaning o‘zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis "Vatan xavf ostida!" deb e'lon qildi va hujumni kutib o‘tirmasdan, Avstriyaga urush e'lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avstriya biian ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal'alarni ishg‘ol etdi. Biroq, Fransiya qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792-yilning 20-sentyabridayoq Fransuzlar Valmi qishlog‘i yonida pruslarning hujumini qaytarishdi. Ushbu jangdan so‘ng, Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiyani, Reyn daryosining chap sohilini, Nitssani, Savoyyani egalladi. Ushbu yerlarning bir qismi Fransiyaga qo‘shib olindi. Ammo qirolning qatl qiiinishi Yevropa monarxlarini hayajonga soldi. KoaJitsiyaga Angliya va Ispaniya qo‘shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Yakobinchilar diktaturasi o‘matilishi bilan, Fransuz qo‘shinlari 1794-yilning boshiga kelib o‘z davlatining yerlarini interventlardan tozalashga yerishdi va urush dushman hududlariga ko‘chirildi. iyun oyida Fleryus qishiog‘i (Belgiya) yonida Fransuziar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor - mor etishdi. Koalitsiya (ittifoq) magiubiyatga uchradi.
Fransiyaning o‘zida esa 9 termidor aksilinqilobiy to‘ntarilishi ro‘y berdi, yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Direktoriyaning o‘rniga Napoleon Bonapart keldi va o‘zining yakka hokimiyatini o‘rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni Fransuz mollari sotiladigan bozorlarga va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib borildi.
Shuni ta'kidlash lozim-ki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi - Yevropada Fransiyaning ustunligini o‘rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar - Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya - nafaqat Fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o‘zlarining maqsadlariga ham ega edilar. Lekin XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi.
1800-yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab ketdi, 1801-yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Beigiya, Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi.
1802-yilda Amen shahrida Angliya bilan xaiqaro shartnoma imzolandi. Uning bandlariga ko‘ra Fransiya va Angliya Yevropada yuzaga kelgan tartlbrii saqlash majburiyatini oldilar. Biroq tinchlikning umri qisqa bo‘ldi. Va 1803-yilda harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805-yilda Yevropa davlatlarining uchinchi koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan qirolligi kirdi.
1805-yil 21-oktyabrda Trafalgar bumi yonidagi jangda admiral Nelson qo‘mondonligidagi ingliz floti birlashgan Fransuz - ispani flotini mag‘lub etganidan so‘ng, Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805-yilning oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo‘ldi va Fransuz qo‘shinlari Venaga kirib kelishdi.
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan kuchlari magiubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806-yilda Napoleon protektorati ostida 16 german davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas Rim imperiyasi yo‘q qilindi.
1806-yilda Fransiyaga qarshi to‘rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin o‘sha yilning o‘zida yena va Auershtedt yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor - mor etildi. 1806-yilning oktyabrida Bonapart Berlinga kirib keldi va bu yerda, Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan, kontinental (qit'aviy) qamal to‘g‘risidagi dekretni imzoladi (1806-yil 21-noyabr). Dekretga ko‘ra butun Fransiyada va unga qaram bo‘lgan mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.
O‘zining asosiy vazifasini - Angliyani tor - mor etish va Fransiyaning gegemoniyasini o‘matishni - Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish yoki orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807-yil 7-iyul) binoan Rossiya Yevropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlami tan oldi va kontinental (qit'aviy) qarnalga qo‘shildi. Shu yerning o‘zida Fransiya - Prussiya tinchlik shartnomasi ham imzolandi-ki, unga ko‘ra Prussiya davlati qisqartirilgan ko‘rimshda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit'aviy) qamalga qo‘shiidi.
1808-yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida, Napoleon Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809-yil.) va uning tarkibiga faqat Angliya va Avstriya kirdi. 1809-yilning iyulida Vagram yonidagi jangda Fransuzlar armiyasi avstriyaliklarni mag‘lub etdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Shenburunn tinchlik shartnomasi imzolandi, Unga binoan Avstriya hududlari qisqartirildi. Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda engilgan davlat tomonidan g‘olib davlatga toianadigan tovon) toiashi va kontinental (qit'aviy) qamalga qo‘shilishi majbur edi.
1812-yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo‘ldi. Urush 1812-yil 24-iyunda boshlandi. 26-avgustda bo‘lib o‘tgan Borodino jangida Fransuzlarning talafoti 60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo‘lsa ham, lekin o‘z jangovarligini saqlab qoldi. 1812-yilning 14-sentyabrida Fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812-yilning 12-oktyabrida Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik Bonapartning o‘zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo‘nab ketdi. Fransuzlar armiyasining Rossiyadagi magiubiyati "yengilmas" Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.
1812-yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya mamlakatlari kirdi. Hal qiluvchi jang 1813-yil 16 - 19 oktyabrda Leypsig shahri yonida ro‘y berdi. "Xalqlar jangi" natijasida Napoleon mag‘lub bo‘ldi va Reyn daryosi ortiga chekindi.
1814-yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to‘la tor – mor qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to‘g‘risidagi Shomon shartnomasini imzolashdi. 31-martda ittifoqchilar Parijga kirib kelishdi. Napoleon o‘z o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Yevropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni tiklashdi. Napoleon elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814-yil 30-mayda Parijda tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan Fransiya 1792-yil chegaralariga qaytarildi. Napoleonga hayrixoh boigan kayfiyatlaryanajonlandi. 1815-yil 1-martda Napoleon Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20-martda Parijga qaytib keldi. Imperiya tiklandi.Napoleonga qarshi oxirgi, ettinchi kaolitsiya tashkil etildi. 1815-yil 18-iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom tor - mor etildi. Napoleonning o‘zi Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi va bu yerda 1821-yilda vafot etdi.

Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish