Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


Vashington konferensiyasi



Download 254,42 Kb.
bet37/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Vashington konferensiyasi. Britaniya imperiyasidagi kelishmovchiliklardan Amerika hukumati foydalandi. 1921-yil 10-iyulda AQSh davlat kotibi Yuz bo‘lajak konferensiyani e'lon qildi. Konferensiya ga AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Xitoy davlatlari taklif etilishi rejalashtirilgan edi. Germaniya taklif etilmagan edi. Sovet davlati ham Vashington konferensiyasiga taklif etilmadi. Sovet davlati hukumati rasmiy e'tiroz bildirdi. 1921-yil 19-iyuldagi Tashqi Ishlar Xalq Komissarligining notasida Sovet hukumati uni konferensiyadan chetlashishlariga qarshi ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Tashqi Ishlar Xalq Komissarligi konferensiyaga Yaponiya va RSFSR o‘rtasida 1920-yilda paydo bo‘lgan Uzoq Sharq Respublikasi ham qatnashmasligiga qarshi edi.
1921-yil 11-avgustda barcha davlatlarga rasmiy taklifnomalar jo‘natildi. Amerika matbuoti barcha savollar bilan bir qatorda Yaponiyani Sibirga intervensiyasi ko‘rib chiqilishi aytib o‘tildi.
Dayren konferensiyasi. Amerika Yaponiyaning Sharqiy Sibirdagi harakatini shubha bilan kuzatardi. 1920-yilning aprel oyi boshlarida u yerda barcha chet el qurolli kuchlarini evakuvatsiya qilish rejalashtirilgandi. Biroq, Yaponiya boshqacha qaror qildi. Amerika desantlari Vladivostokdan chiqib ketishi bilan, 5 aprel kuni kechasi Yaponiya qo‘qqisdan Rimoriyadagi rus gornizonlariga hujum qilib, u yerlarni bosib oldi. 1921-yilning iyul boshlarida UShR (Uzoq Sharq Respublikasi)ga Ebbot boshchiligidagi Amerika missiyasi yo‘l oldi. Tez orada Chitada ham norasmiy Amerika diplomatik vakili paydo bo‘ldi.
Yaponiya Sharqiy Sibirdagi xatti-harakatlari uchun Vashington konferensiyasida ochiq ayblanishdan qo‘rqib, raqiblaridan o‘tib ketishga qaror qildi. Smitni Chitaga kelganligidan havotirga tushib, Yaponiya kechasi UShR vakiliga ikkala davlatlar o‘rtasida yaxshi aloqalar o‘rnatishni taklif etdi. Shu bilan bu kelishuv sir bo‘lib qolishi shartini qo‘ydi.
1921-yil 26-avgustda Dayrenda muzokaralar boshlandi. E.N.Petrov boshchiligidagi UShR delegatsiyasi Yaponiyadan darhol yapon askarlarini evokuatsiya qilishni talab qildi. Uzoq muzokaralar boshlandi.
1921-yilning oktabr oyida yapon delegatsiyasi UShR vakillariga ultimatum ko‘rinishidagi talabni qo‘yishdi. U 17 punkt va yashirin 3 punktdan iborat edi. Uni qabul qilish UShR Yapon davlatidan iqtisodiy va siyosiy qaramlikkka tushib qolish degani edi. 15 punktda Yaponiyaga Shimoliy Sahalinni 15 yilga ijaraga berib turish talab etilgandi.
Yashirin punktlarda Yapon hukumati Uzoq Sharqdan o‘zining qurolli kuchlarini o‘zi xohlagan paytda olishi ko‘rsatilgandi. UShR delegatlari bunday talablarni qabul qilishdan bosh tortdi. Biroq, Yaponiya Vashington konferensiyasida UShR bilan ularning o‘zlarining aybi bilan aloqalarni yaxshilay olmayotganligini bahona qilishini xohlamasdan, UShR muzokaralarni davom ettirdi. Vashington konferensiyasi ochilganda Dayren konferensiyasi davom etayotgan edi.
Vashington konferensiyasidagi kelishmovchiliklar. 1921-yil 12-noyabrda dengiz qurolli kuchlari masalasida Vashington konferensiyasi ochildi. Vashington yig‘ilishlari ochiq va ommaviy deb e'lon qilindi. Delegatlarni har bir chiqishi shu zahoti gazetada chop etilardi. AQSH ni delegati sifatida Yuz ishtirok etdi. AQSH konferensiyada Yuz davlat sekretarligi tomonidan delegatsiya etib namoyish qilingan hamda konferensiya raisi etib tanlangan.
Ingliz delegatsiyasi Balfur tomonidan boshqarilgan. Dominionlar va Hindiston mustaqil vakillikka ega bo‘lishgan, shuning uchun ham konferensiyada 14 davlat mavjud bo‘lgan.
Fransiya delegatsiyasini premer-ministr Brian boshqargan. Anjumanning birinchi majlisidayoq mojaro yuz berdi. Brianning joyi stol markazidan bo‘lmadi, markaziy joylar amerikaliklar va inglizlar tomonidan band etilgandi. Shuning uchun stolning chetrog‘ida o‘tirishiga to‘g‘ri keldi. Majlisning oxirida ingliz elchisini uzoqroqqa o‘tkazib o‘rniga Brianni o‘tkazishdi. Fransuz delegatlari hayratda qolishdi, ular ushbu mojaroda Fransiya obro‘sini pasayishini haqqoniy ko‘rishdi. Yuz birinchi arator bo‘lib chiqdi. U anjumanda Amerika vakilligi nomidan yuqori qudratli harbiy kemalar qurilishini to‘xtatish, tizimdan eski kemalarni ma'lum miqdorini chiqarib tashlash va ularning chiziqli kemalariga ma'lum bir tonnaj tashkil qilish taklifini kiritdi.
Yuz kelishuv imzolangandan so‘ng, 10-yil davomida chiziqli kemalar qurmaslikni, qurilsa ham buzilganlar o‘rnigagina qurilishini, Angliyaning yirik floti uchun 500 ming, Amerika uchun 500 ming, Yaponiya uchun 300 ming umumiy tonnaj belgilash taklifini kiritdi. Har bir yangi linkor (kema) 35 ming tonnajdan oshmasligi kerak. yengil kemalar tonnaji Angliya va Amerika uchun 450 mingdan, Yaponiya uchun 270 ming belgilandi. Va nihoyat suv osti kemalari uchun tonnaj Amerika va Angliya uchun 90 mingdan, Yaponiya uchun 40 ming deb aniqlandi. Amerikaliklarning taklifini asosiy maqsadi ravshan edi. Amerika Angliyaning harbiy dengiz qudratidan o‘zib ketish maqsadida boshqa dengiz davlatlarini flotini tonnajini ko‘tarishga kirishdi.
Yuzning talabiga ko‘ra, Angliya 3 oy davomida kelishuvga binoan chiziqli kema qurilishini to‘xtatishi, tizimda 19 tani chiqarib, 22 tasini olib qolishi kerak edi. Amerika qurilishni to‘xtatib, tizimdan 30 ta kemani chiqarib, 18 tasini qoldirishi kerak edi, Yaponiya esa 8 ta kema qurilishini rad etib, 7 ta yangi linkorni 10 ta eski kemani yo‘q qilishi va yirik kemalar sonini 10 taga yetkazishi kerak edi.
Yuzning bu chiqishi sensatsiya bo‘ldi. Guvohlarning birini aytishicha, Yuz Angliyaning “Qirol Georg V”ga o‘xshagan kemalar qurilishini to‘xtatishi kerak degan paytda ingliz admirali Bitti o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
15-noyabrda navbatdagi majlisda Balfur Angliya Yuz talab va takliflariga roziligini bildirdi. Majlis yakunida Balfur Loyd Jorjning Yuzga maqtovlarini eshittirdi. Ingliz vakilligi Amerika loyihasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilganini tushunish qiyin emas edi. Buyuk Britaniya jahon urushi vaqtida davlatdan ulkan harajat talab qilib, ulkan harbiy flot qurdi. Buyuk Britaniyani katta-katta qarzdorligini bajonidil flotdagi shaxs va kemalar tarkibini qisqartirdi. Bundan tashqari, Angliya flotini tarkibida mustahkam jangari kemalar bo‘lishiga intildi.
Balfurning ortida Yapon vakili baron Kato chiqdi. U ham, Yaponiya dengiz kuchini qisqartirishni, taklifga roziligini bildirdi. Fransiya vakili Brian ham roziligini bildirdi, lekin Fransiyani ko‘proq quruqlik armiyasi cheklanishi haqidagi masalalar qiziqtirishini qo‘shib qo‘ydi. Vashington anjumanidagi davlatlar orasida birdamlik bordek tuyulardi. Yapon delegatsiyasi AQSH, Angliya va Yaponiya 5:5:3 ulushi o‘rniga 10:10:70 ni taklif qildi. Amerika tahdid qila boshladi, agar Yaponiya shunga qanoat qiladigan bo‘lsa, har bir yaponiyalik uchun 4 tadan kema qurishi mumkin edi. O‘shanda Yaponiya Amerika Tinch okeanida harbiy dengiz bazasini qurmasligi sharti bilan Amerika urushiga roziligini bildirdi. Yuz kelajakda Gavaya orollari bilan munosabatlarni mustahkamligi borasida hech qanday ishonch bildirmasligini aytib o‘tdi. Uzoq davom etgan kelishuvlar boshlandi.
Majlis ishlarini ochiq oydinligi tantanali e'lon qilinishini yopiq yig‘ilishda 3 ta davlat – AQSH, Angliya, Yaponiya qaror qildi. Hattoki, Fransiya bexabar edi. Fransiya faol ishtirokiga qaramay 10 ta zirx tashuvchi qurish huquqi bilan qoldi, ularni har biriga 35 ming tonna edi. Italiya ham o‘ziga xuddi shunday tonna talab qildi.
Yuz Fransiya uchun 175 ming tonna talab qildi. Bu bahslardan so‘ng Fransiya anjumanni to‘xtatishni so‘radi. Bunday muhokamalardan so‘ng Yuzning loyihasi quyidagicha tus oldi:
AQSh – 525 ming tonna
Angliya – 525 ming tonna
Yaponiya – 315 ming tonna
Fransiya – 175 ming tonna
Italiya – 175 ming tonna.
Savolni muhokamasi bu bilan tugamadi. U komissiyalarni yig‘ilishida ham sirli yig‘ilishlarda ham davom etdi. Angliya Yuzning taklifiga ko‘nganligiga sabab, Amerika Fransiya bilan kelishib olishlaridan qo‘rqdi. Lekin Yuzning taklifini qabul qilgandan so‘ng Angliyaning ahamiyati kamaydi. Buyuk Britaniya AQSh bilan qurolli kuchlarini tengligini tan olishi kerak edi. Biroq Fransiya armiyasi kuchli edi. Shuning uchun Angliya o‘zining armiyasini faqatgina Fransiya qurolli kuchlarini qisqartirsagina, qurolsizlantirishini aytdi. Amerika Fransiyaning armiyasi qisqarishini xohlamas edi. Chunki bunda Angliyaning Yevropada ahamiyati kuchayar edi. Lekin Amerikaning qurolli kuchlarini qisqartirishidan maqsad, AQSh Yaponiya armiyasini kuchsizlanishini xohlardi.
Brian shunday deydi: “Fransiya uchun bundanda ortiq sharmandalik bo‘lmaydi. Agarda tinchlik uchun kurashadigan biron-bir davlat bo‘lsa ham, u ham bo‘lsa Fransiya deydi”. U armiyani qisqartirishdan bosh tortdi. U armiya ularga Polsha va G‘arbiy Yevropani bolsheviklardan himoya qilish uchun kerak dedi.
Yapon armiyasini qisqarishini Kato ham xohlamadi. Bunday pozitsiyani Belgiya va Italiya ham egalladi.
1921-yil 13-dekabrda Vashington konferensiyasida birinchi bitim imzolandi. Bu 4 davlat kelishuvi edi. Kelishuv o’n yilga imzolandi. Kelishuv Amerika diplomatiyasi yutug‘ini bildirardi. Bitim imzolangandan so‘ng, 1911-yilgi Yaponiya–Angliya bitimiga yakun yasadi.
1922-yil 6-fevralda qo‘shimcha kelishuv imzolandi. Bitimda shunday de-yilgan, Karafuto, Fazmozu, Peskador orollariga Yaponiya mandat oldi.
Shundan kelib chiqib, 4 davlat kelishuvi SSSR va Xitoyni huquqlarini himoya qiladi.
1922-yil 4-fevralda Angliya, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Niderlandiya va 6-fevral Portugaliyaga tantanali habar qildi. Bunda shunday deyilgan, bu davlatlarga 4 davlat tomonidan hurmat bilan qaralishi va yordam berilishi aytilgan.

Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish