Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


II. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari



Download 256,39 Kb.
bet2/8
Sana30.06.2022
Hajmi256,39 Kb.
#718785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5310153318297764556

II. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar sport maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular o‘rtasida ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlar olib borish;
bolalar, o‘smirlarda sport bilan shug‘ullanish qobiliyatlarini aniqlash va ularni sportning ayrim turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlarga jalb qilish, ularda barqaror qiziqishni tayyorlash;
zarur zamonaviy moddiy-texnika bazasi yaratish hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, sport zaxirasi va sport turlari bo‘yicha yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash yuzasidan o‘quv-mashq jarayonini tashkil etish;
xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash;
sport tayyorgarligi bosqichlarida barcha yosh guruhlari bo‘yicha maktablarining o‘quvchi-sportchilarini o‘qitish usullari va shakllarining uzviyligini ta’minlash;
tajriba almashish masalalari bo‘yicha har xil sport tashkilotlari va federatsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, o‘quvchi-sportchilarning sport mahoratini, shuningdek sport turlari bo‘yicha trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish, mamlakat yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish.
15. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun sport maktabi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
sog‘lig‘ining holatida tibbiy nuqsonlar va cheklanishlari bo‘lmagan bolalar hamda o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etilishini tashkil etadi, qobiliyatli va istiqbolli o‘quvchi-sportchilarga ularning sportda yanada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda sport zaxirasi hamda yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashni ilmiy-metodik va tibbiy jihatdan ta’minlaydi;
o‘qitishning barcha bosqichlarida ishlab chiqilgan o‘quvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq o‘quv-mashq jarayoni tashkil qilinishi va o‘tkazilishini, unga ilg‘or ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini ta’minlaydi;
o‘quv-mashq jarayoni natijalarini, o‘quvchi-sportchilarning jismoniy sifatlari rivojlanishining yakka tartibdagi ko‘rsatkichlari o‘sishini, sport turi texnikasining asoslari o‘zlashtirilishi darajasini tahlil qiladi;
o‘quvchi-sportchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarida, tuman, shahar, respublika va xalqaro sport tadbirlarida qatnashishini ta’minlaydi;
qobiliyatli o‘quvchi-sportchilarga ularning keyinchalik sport yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
o‘quvchi-sportchilar, sport maktablarining trenerlari va boshqa mutaxassislarining sport musobaqalari, chempionatlar, kuboklar, turnirlar, festivallar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, yig‘inlar va boshqa ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, shu jumladan xalqaro tadbirlarda qatnashishi orqali ularning sport mahorati va malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.


Download 256,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish