Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


Sport maktablari faoliyati



Download 256,39 Kb.
bet4/8
Sana30.06.2022
Hajmi256,39 Kb.
#718785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5310153318297764556

Sport maktablari faoliyati
19. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sog‘lig‘ining holatida tibbiy nuqsonlari va cheklanishlari bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarda sport bilan shug‘ullanish, maktabga kirish va o‘qish uchun teng sharoitlar yaratadi, sport va jismoniy tayyorgarlikni amalga oshiradi, jismoniy va sport vositalari bilan shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, tanlangan sport turi bo‘yicha ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport-sog‘lomlashtirish guruhlari, boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari va o‘quv-mashq guruhlari bilan o‘quv-mashq jarayonini amalga oshiradi. O‘quv-mashq guruhlari boshlang‘ich tayyorgarlikning to‘rtta guruhiga bitta o‘quv-mashq guruhi hisobidan ochiladi.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan o‘quvchi-sportchilar soni bolalar va o‘smirlar sport maktabi ishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi bitiruvchilarining keyinchalik ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabida o‘qishini tashkil etish (ta’minlash) uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmagan taqdirda (shu jumladan mintaqada sport turi bo‘yicha sport maktabi mavjud emasligi tufayli), O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda muassisning qarori bilan bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportda kamolotga erishish guruhlari tashkil etilishi mumkin. O‘quvchi-sportchilarning tegishli kontingenti – O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblariga nomzodlar, malakali trener-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-mashq ishlari rejimini bajarish imkonini beradigan moddiy-texnika bazasi mavjud bo‘lishi buning zarur sharti hisoblanadi.
20. Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston Respublikasining va hududlar sport terma jamoalari tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydi. Bu – maktab faoliyati darajasining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quv-mashq guruhlari, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlari tuzadi. Mintaqada sportning ushbu turlari bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabi mavjud bo‘lmagan ayrim hollarda ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari tashkil etilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tuziladi — sportning o‘yin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika.
21. Oliy sport mahorati maktabi faoliyati sport turlari bo‘yicha eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalari va texnologiyalarini qo‘llagan holda kuchli sportchilarni — respublika terma jamoalariga nomzodlarni va ularning eng yaqin rezervlarini, sportning o‘yin turlari bo‘yicha oliy va birinchi ligalar ustalari komandalariga tanlash va tayyorlashga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalariga tayyorlangan nomzodlar soni, shuningdek maktab o‘quvchi-sportchilarining respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishi natijalari oliy sport mahorati maktabi faoliyati darajasining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Oliy sport mahorati maktabi o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish bilan birgalikda sportning tegishli turlari bo‘yicha sportchilar tayyorlash yuzasidan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi hamda ular faoliyatini axborotlar bilan ta’minlaydi, belgilangan tartibda sportchilar, trener-o‘qituvchilar va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.
.
22. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabida o‘quvchi-sportchilarni ko‘p yillik sportga tayyorlashni tashkil etish barcha bosqichlarda quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:




Download 256,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish