II bosqich magistranti Saidova Munira Karimovnaning.O 1- Fevraldan 18-iyungacha Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti XISOBOTI Men Namangan viloyati Chust tumanidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021 yilning 1- fevralidan 2021 yil 18- iyunigacha ilmiy - texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni maktabning ish faoliyati hamda ishchi xodimlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida Roziqov N. tayinladi. Amaliyotning dastlabki haftasida kutubxonaning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar tahlili o’tkazildi.
Amaliyot boshlangan kuni maktabda amaliyot olib borishim uchun alohida ish o’mi ajratib berildi. Ilmiy rahbarim va amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.
maktabdagi ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.
Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuim uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.
Olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.
Dissertatsiya mavzuimga oid tadqiqot ishlaridan olingan tajribalami qo’llay olish usul va vositalari xaqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.
Dissertatsiya mavzuimga e’tibor bergan holda ishlashni shakllantirish yo’llarini, texnalogiyasini ishlab chiqdik.
Ilmiy rahbarim f.f.n dots S.Sayidaliyev va nemis va fransuz tillari kafedrasi professor- o’qituvchilarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jumallaridagi maqolalar, xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim.
Amaliyot davomida maktab faoliyatida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistik ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, talabalami o’qitishda dissertatsiya mavzuimning o’mi masalalarini o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.
Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.
Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan viloyati Chust tumani 10- umumiy o’rta maktabda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Maktabda olgan tajribamni kelgusida olib boradigan ilmiy ishlarimda foydalanishga harakat qilaman. Ushbu amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon berdi.
Magistr: 6^7^ /7M.Saidova Amaliyot rahbari: N. Roziqov