Dan gacha Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti xisoboti



Download 18,31 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,31 Kb.
#254117
Bog'liq
xisobot


Namangan Davlat Universiteti Pedagogika fakulteri 5A110901

Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxasisligi

II bosqich magistranti Raximova Shoxidaxon Adxamjon Qizining

Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida

__________ dan __________ gacha

Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti

XISOBOTI

Men O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida 2021 yilning __ fevralidan 2021 yil __ iyungacha ilmiy – texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni malaka oshirish hududiy markazining ish faoliyati hamda ishci xodimlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida falsafa fanlari doktori M. Qo’ldasheva tayinladi. Amaliyotning dastlabki haftasida hududiy markazning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar taxlili o’tkazildi.

Amaliyot boshlangan kuni Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida amaliyot olib borishim uchun alohida alohida ish o’rni ajraib berildi. Ilmiy rahbarim va amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.


  1. Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.

  2. Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo’yicha qiyosiy taxlil uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.

  3. O’quvchilar ta’lim – tarbiyasi rivojlanishi maqsadida professor o’qituvchilar tomonidan olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.

  4. O’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni ta’lim – tarbiya jarayonida qanday qilib qo’llay olish usul va vositalari xaqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.

  5. Interfaol va zamonaviy pedagogik texnalogiyalar: “two truth + a/ie” , “teach+ok”, “blendr” kabi metodlar yordamida tarbiyasi og’ir kreativ tafakkurini qisman shakllantirish yo’llarini, texnalogiyasini ishlab chiqdik.

  6. Magistrlik dissertatsiyasining tajriba sinov bobiga amaliyot davrida amalga oshirilgan tajriba ishlardan o’rinli tartibda foydalandim.

Ilmiy rahbarim p.f.n. dots B. Madaminov va hududiy markaz hodimlarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jurnallaridagi maqolalar, xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim. Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazining uzluksiz ta’lim bo’limida ilmiy ishlar ro’yhatini saqlab borishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor – o’qituvchilari tomonidan hududiy markazning professor – o’qituvchilari uchun “Jamoada sog’lom muhit yaratish omillari” mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi.

Amaliyot davomida hududiy markaz faoliyatida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistic ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, o’quvchilarni tarbiyaviy tadbirlar orqali milliy qadriyatlarni rivojlantirishda yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda oila, mahalla hamda ta’lim muassasasining o’rni beqiyosligini shakllantirish bo’yicha masalalarni qaytadan o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.

Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.

Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan Davlat Universitetida olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Kelgusi pedagogik faoliyatimda Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida olgan bilimlarimni ilmiy tajribamda keng foydalanaman. Shu bilan birga ushbu amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon berdi.

Magistr: Sh. Raximova



Amaliyot rahbari: M. Qo’ldasheva
Download 18,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish