II bosqich magistranti Abduvoxidov G’olib Gulomovichning
1- Fevraldan 18-iyungacha
Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti
XISOBOTI
Men Namangan davlat universiteti jahon tillari kafedrasi nemis va fransuz tillari kafedrasida 2021 yilning 1- fevralidan 2021 yil 18- iyunigacha ilmiy - texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni kafedra ish faoliyati hamda ishchi xodimlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida f.f.n, A. T-ursunov tayinladi. Amaliyotning dastlabki haftasida kafedraning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar tahlili o’tkazildi.
Amaliyot boshlangan kuni Namangan davlat universiteti jahon tillari fakulteti nemis va fransuz tillari kafedrasida amaliyot olib borishim uchun alohida alohida ish o’mi ajratib berildi. Ilmiy rahbarim va amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.
Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti nemis va fransuz tillari kafedrasi ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.
Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo’yicha qiyosiy taxlil uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.
Talabalar ta’lim - tarbiyasi rivojlanishi maqsadida professor o’qituvchilar tomonidan olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.
Talabalarga matnlar bilan ishlashda matnshunoslik tadqiqot ishlaridan olingan tajribalami qo’llay olish usul va vositalari xaqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.
Matnlar bilan ishlashda matn turlari, matn hususiyatlariga e’tibor bergan holda ishlashni shakllantirish yo’llarini, texnalogiyasini ishlab chiqdik.
Magistrlik dissertatsiyasining tajriba sinov bobiga amaliyot davrida amalga oshirilgan tajriba ishlardan o’rinli tartibda foydalandim. *
Ilmiy rahbarim f.f.n dots Z. Sodiqov va nemis va fransuz tillari kafedrasi professor- o’qituvchilarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jumallaridagi maqolalar,
xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim. Nemis va fransuz tillari kafedrasining uzluksiz ta’lim bo’limida ilmiy ishlar ro’yhatini saqlab borishga mo ’ lj allangan ma’ lumotlar bazasi yaratilgan.
Nemis va fransuz tillari kafedrasi professor - o’qituvchilari uchun turli ko’rinishdagi konfrensiyalar bo’lib o’tdi, jumladan 2021-yil 7-may kuni Germaniya davlati Mainz universiteti M. Schreiber tomonidan „Interkulturelle Kommunikation und Ubersetzung” mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi.
Amaliyot davomida nemis va fransuz tillari kafedrasi faoliyatida
olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistik ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, talabalami o’qitishda „Matn tlshunosligi nazariyalari”ning o’mi masalalarini o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.
Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq
ishlar
yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.
Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan Davlat Universitetida olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Kelgusi pedagogik faoliyatimda Nemis va fransuz tillari kafedrasida olgan bilimlarimni ilmiy tajribamda keng foydalanaman. Shu bilan birga ushbu amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon berdi.
G\ Abduvoxidov
A.
Tursunov