II bosqich magistranti Kamolova Nilufar Dilshod qizining 1- Fevraldan 18-iyungacha Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti XISOBOTI Men Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 24-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021 yilning 1- fevralidan 2021 yil 18- iyunigacha ilmiyi- texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni maktabning ish faoliyati hamda ishchi xodimlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida S. Musayev tayinladi. Amaliyotning dastlabki haftasida kutubxonaning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar tahlili o’tkazildi.
Amaliyot boshlangan kuni maktabda amaliyot olib borishim uchun alohida ish o’mi ajratib berildi. Ilmiy rahbarim va amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.
maktabdagi ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.
Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuim uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.
Olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.
Dissertatsiya mavzuimga oid tadqiqot ishlaridan olingan tajribalarni qo’llay olish usul va vositalari xaqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.
Dissertatsiya mavzuimga e’tibor bergan holda ishlashni shakllantirish yo’llarini, texnalogiyasini ishlab chiqdik.
Ilmiy rahbarim f.f.n dots S.Sayidaliyev va nemis va fransuz tillari kafedrasi professor- o’qituvchilarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jumallaridagi maqolalar, xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim. Universitetda olib o’tkazilgan treninglarda muntazam ishtirok etdim.
Amaliyot davomida maktab faoliyatida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistik ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, talabalami o’qitishda dissertatsiya mavzuimning o’mi masalalarini o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.
Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.
Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan viloyati Chortoq tumani 29- umumiy o’rta maktabda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Kelajakda olib boradigan ilmiy faoliyatimda maktabda olib borgan iiga harakat qilaman.
N. Kamolova
S. Musayev