BRENDING VA IMIJ
Reja:
1. Firma uslubi
2. Brend tushunchasi
3. Imijd tushunchasi
Firma uslubi bozor faoliyatida kadim zamonlardan beri kullanib kelinadi.
Avvaliga bu elementlar juda oddiy bo‘lgan. Masalan, tovarlari sifatli bo‘lgan eng
topqir xunarmandlar (kulollar, temirchilar, qurolsozlar) uz maxeulotlariga tamga
bosganlar. Ushbu xunarmandlarning kasbiy maxoratidan xabar topgan xaridorlar
aynan shunday ajralib turuvchi belgisi bor tovarlarni olishga harakat qilganlar.
O‘rta asrlarda stexlarning korporativ sotish markalari paydo bo‘lgan. Bozorlar
jugrofiyasi kengayib borishi bilan tovar belgisi va boshqa firma belgilarining
axamiyati ortib bordi.
O‘sib borayotgan raqobat va yagona axborot kengligi shakllanishi sharoitlarida
tovar ishlab chiqaruvchilar uz tijorat kommunikasiyalarining maksadli
auditoriyalari sifatida bevosita potensial xaridorlarni ajrata ola boshladilar. Bunda
yirik tovar ishlab chiqaruvchining birinchi navbatdagi vazifasi bevosita
rakobatchilar orasidan uzining ajralib turishiga yerishish bo‘la boshladi. Aynan
shu shart-sharoitlar dastlabki umummilliy va xalkaro brendlarning shakllanishiga
olib keldi.
«Firma uslubi», «brend» va «brending» tushunchalari bir-biri bilan mustaxkam
boglangan. Xam xronologiyasi, xam kullaniladigan kommunikatsiyasi rivojlanib
borishi nuqtai nazaridan firma uslubi (FU) dastlabki kategoriya
xisoblanadi
Firma uslubi, brend va brending tushunchalarini batafsilrok kurib chikamiz.
Firma uslubi (ingl. sorporate identity) brendni shakllantirish vositalaridan biri
va ayni paytda brending yelementi xisoblanadi.
Natlya Dobrobabenko bergan muvaffaqiyatli ta'rifga ko‘ra «firma uslubi bu —
tovarlar (xizmatlar), firmadan chiqadigan barcha axborotlar, uning ichki va tashki
bezalishi vizual va mazmuniy birligini ta'minlovchi rang, grafika, suz, matbaa,
dizayn doimiy yelementlari(konstant)ning to‘plamidir.
Firma uslubining mavjudligi uning egasining iste'molchida ijobiy taassurot
uyg‘otishiga ishonchi borligidan dalolat beradi. Firma uslubidan foydalanishning
vazifalaridan biri xaridorga ushbu firmaning oldin sotib olingan tovarlari bergan
ijobiy xislar xakida yeslatib turishdir. Shunday kilib, Firma uslubi ning mavjudligi
tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini bilvosita ta'minlaydi.
Marketing majmuining boshqa yelementlari barkaror ravishda yuqori darajada
bo‘lganda firma uslubi uning egasiga kuyidagi ustunliklarni beradi:
* axborot oqimi orasidan iste'molchiga ma'kul bo‘lgan firma tovarini tez va
bexato topishga
yordam beradi;
* firmaga kam xarajat kilgan xolda uzining yangi tovarlarini bozorga olib
chikishga
imkon beradi;
* reklamaning samaradorligini oshiradi;
* fakat reklama emas, balki firma marketing kommunikasiyalari boshqa
vositalarining (masalan, pablik rileyshinz, matbuot konferenstiyalari
utkazish, nufuzli prospektlar chikarish va xj.) zarur birligiga yerishishga
kumaklashadi);
*korporativ ruxning usishiga kumaklashadi, xodimlarni birlashtiradi, umumiy
ishga
aloqadorlik, «firma vatanparvarligi» xissini uygotadi;
* firmaning yestetik darajasi va vizual muhitiga ijobiy ta'sir kiladi.
Agar firma uslubidan foydalanish beradigan ustunliklarning barchasini
umumlashtiradigan
bulsak,
firma
uslubini
firma
nufuzin,
uning
belgisini(markasini) shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri deyish mumkin.
Reklama
nazariyasi
va
amaliyotining
klassiklaridan
biri
firma
kommunikasiyalarining yuqori darajasi xakida gapirar yekan, «xar bir e'lon marka
obrazi bo‘lgan ramzga kushilgan xissa, brend nufuziga kushilgan uzok muddatli
ulush sifatida karalishi kerak»ligin ta'kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: