202
Respublikamiz aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishning o`ziga xos huquqiy-me`yoriy asoslari mavjud. Bular O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining
farmonlari, O`zbekiston
Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va favqulodda vaziyatlar eazirligining ko`rsatma va buyruqlaridan
iborat.
Asosiy Qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
asosiy mazmunini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash,
huquqiy jihatdan himoyalash, yurtimiz tinchligini ta`minlash
masalalari tashkil
etadi.. Insonning hayoti, yashashga bo`lgan xuquqi Konstitutsiya bilan
muhofaza qilinadi.
Asosiy qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham o`rin
berilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida shunday
deyiladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi
xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, gabiiy ofat, epidemiya) yuz
bergan
takdirda fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni ko`zlab, O`zbekiston
Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat
joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va
tartibi qonun bilan belgilanadi.
Oliy Majlisning vakolatlariga
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning
muddatini uzaytirish va to`xtatish to`grisidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-
modda).
Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan
vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:
Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yig’imlarni
belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish.
Atrof muhitni muhofaza qilish (100 - modda). Bu vazifalarni samarali amalga
oshirish uchun muhofazaning qonuniy,
tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy,
muhandislik-texnik, maxsus asoslariga ega bo`lishimiz zarur.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil
martdagi PF-1378
Farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
Ushbu Farmonga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi aholi va hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish, sodir bo`lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va
salomatligini, moddiy va ma`naviy
qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek
tinchlik va harbiy davrda favquloda vaziyatlar vujudga kelganda ularning
oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida
belgilandi.
203
Aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbarlik
qilish respublikada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi
o`rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu
bandiga O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-
2153 Farmoni
bilan o`zgartirish kiritildi. O`zbekiston Respublikasida aholi va
xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbar etib,
O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar, shaharlarda, tumanlarda,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning
hokimlari; vazirliklar, idoralar,
uyushmalar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarda vazirlar, davlat qo`mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi va xalq
xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: