Mavzu: Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida ”Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanishi” mavzusini o`qitishning pedagogik asoslari. Ilmiy rahbar: Akramоv X.M.
Namangan-2012 yil
ANNOTATSIYA Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir. Prezident I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va izchil amalga oshirib borilayotgan Kadrlar tayyorlar milliy dasturi bugungi kunda jahon miqyosida e`tirof etildi va o`zining dastlabki natijalarini bermoqda.
Maktablarda o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiyalar bilan tanishtirish va ishlab chiqarish sharoitiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi.
Ishlab chiqarishda fan-texnika asoslari bulimining yangi texnika va ilg`or texnologiya mavzusiga oid nazariy ma`lumotlar va amaliy ishlar mazmuniga oid tavsiya ishlab chiqiladi.
Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslariga oid uslubiy tavsiyalar yaratiladi.
Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiya elementlaridan qay tartibda foydalanish to`g`risida ko`rsatmalar beriladi
REJA: Kirish 1.1.Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati
1.2. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari
1.3.Mavzuning ilmiy yangiligi va erishilgan natijalar
1.4.Mavzu izlanishining amaliy ahamiyati
1.5. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining qonuniy asoslari(shart-sharoitlari)
Asosiy qism 2.1. “Yangi texnika va ilg`or texnologiya” mavzusini DTSdagi o`rni.
2.2. Zamonaviy dastgohlarni tuzilishi va ishlatish qoidalariga oid nazariy ma`lumotlar.
2.3. Mehnat ta`limi darslarida namoish etish usullarini o`rni.
2.4. “Yangi texnika va ilg`or texnologiya” mavzusiga oid darslarini tashkil etish.
2.5. Tadqiqot usullari va natijalarini tahlili.