Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti lingvistika


“Hamlet” tragediyasi o`zbekcha tarjimalarida atoqli otlarning qo`llanishi



Download 96,7 Kb.
bet13/43
Sana31.12.2021
Hajmi96,7 Kb.
#233396
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

2.2. “Hamlet” tragediyasi o`zbekcha tarjimalarida atoqli otlarning qo`llanishi
Atoqli otlar va realiyalarning bog`liqligi borasida so`z yurita turib, shuni qayd etish kerakki, atoqli otlarni realiyalarga taalluqliligi nuqtayi nazaridan olimlar o`rtasida bahs bor. Atoqli otlar har doim o`lkashunoslik, madaniy axborot tashuvchisi hisoblanadi.
G. D. Tomaxin butun onomastik leksikadan onomastik realiyalarni ajratadi. Ular oddiy atoqli otlardan farqli o`laroq, milliy buyokdorlikka ega. Onomastik realiyalarga u quyidagilarni kiritadi:


  1. Madaniy-tarixiy assotsiatsiyaga eta bo`lgan geografik nomlar(toponimlar);




  1. Antroponimlar - tarixiy shaxslar, jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, san`at arboblari, mashhur sportchilar, badiiy adabiyot va folklor personajlarini

nomlari;



  1. Adabiyot va san`at asarlari nomlari; tarixiy faktlar va mamlakat hayotidagi voqealar; davlat va jamoat tashkilotlari nomlari va hokazolar. A.S. Vinogradov atokli ot bu xamisha realiya deganidir, deb hisoblaydi. Nutqda u haqiqatan ham mavjud bo`lgan yoki o`ylab topilgan fikr, shaxs yoki joy ob`ektini nomlaydi. Har bir bunday nom odatda u ifoda etgan obektning milliy va maxalliy tegishliligi haqidagi ma`lumotni o`z ichiga oladi. S.Vlaxov va S. Florinlar tomonidan shakllangan kontseptsiya bizda kizikish uygotdi. Ular atokli otlarni mukrbilsiz leksikaning mustakil sinfi sifatida karashadi. “Ular (atoqli otlar) tarjimada o`z tarjima usuliga va belgilariga ega bo`lib, albatta, realiya “tarjima”si usullari bilan ular dan farqlanadi”

Tarjimashunoslikda ismlarni tarjima qilishning bir necha usullari borligi aytiladi:


30

  1. Agarda har ikki tilda bir-biriga ohangdosh ismlar bo`lsa, ularni transkriptsiya qilinadi;




  1. Lotincha ismlarni rus yoki boshqa alifbo asosida transliteratsiya qilish;




  1. Turli leksik vositalar bilan tarjima qilish.

Biz yuqorida ko`rsatib o`tgan usullarning oxirigisa haqida yana shuni aytish mumkinki, ismlar tarjimasi ham ikki yo`l bilan amalga oshiriladi. Birinchisi, chet tilidagi ismning tarjima tilida muvofiq varianti bo`ladi. Masalan, inglizlardagi Makl




  • ruslarda Mixail. Bular har ikki xalq madaniyati, tarixining yaqinligidan dalolat beradi.

Ikkinchi holatda esa, ismlarning ma`no-mohiyatiga qarab tarjima qilinadi. Jumladan, laqab, taxallus ma`nolarida qo`llaniladigan hind ismlaridan Running Deer


— Chopqir kiyik, yolki Leather Stocking — Charm paypoq. Shuningdek, biror gulning nomi bilan bog`liq ismlar tarjimasida ham qiziqarli holat kuzatiladi.
Masalan: Rose - Roza, Feith - Vera (Ishonch) va boshqalar.(qarang:http://www.kakzovut.ru/perevod-imen.html dan olindi )
Alohida xususiyatga ega bo`lgan diniy-tarixiy ismlar tarjimasi esa, o`ziga xosligi bilan farqlanib turadi. Masalan, Abraham - Avraam - Abraham - Ibrohim, Jakob - Yakov - Yaqub, Esus - Iyusus - Iso, Muhammed - Magamet - Muhammad, Yosef - Iosif - Jusuf. Bunday ismlarni tarjima yo`li bilan o`girish tushunarliroq bo`ladi.
Ismlar doimo muayyan shaxs xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladilar. Faqatgina ular boshqa tillarga tarjima etila boshlanganligidan keyingina turli o`zgarishlarga uchraganlar. Muhimi, tarjimada bo`lsa ham ularning jaranglashidir. Odatda ismlarni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilishda transkriptsiyalashga urg`u beriladi. Ammo shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, bir tildagi ism jaraangosi boshqa til tabiatilga to`g`ri kelmasligi mumkin. Ism - realiyalar, har bir xalqning milliy xususiyatlarining ajralmas qismi hisoblanar ekan, ularni boshqa tillarga tarjima qilish o`ziga xos muammolar keeltirib chiqarishini unutmaslik lozim. Bizga ma`lumki inglizlardagi Hamlet rus tiliga Gamlet deb tarjima qilinadi. Bu inglizcha

31

"h" tovushining rus tilida yo`qligidan kelib chiqqan. Shu sabab unga yaqin keladigan "g" muqobil jarangli tovush sifatida olinib, tarjima qilingan.


Atoqli otlar ingliz tilidan o`zbek tiliga aynan o`z holicha tarjima qilinadi. Kishilarga va narsa-buyumlarga qo`yilgan nomlar qaysidir ma`noda o`zida
milliylikni mujassam etadi. Boshqa tildagi nomni ona tiliga moslab o`girish asl matn mazmunidan chetlashishga va umuman boshqa bir yangi asarning yuzaga kelishiga olib keladi. So`nggi paytlarda adabiyotlarda ismlar chet tilidan tarjima qilinganda “G” va ”H” harflarining ishlatishdagi muammosiga duch kelamiz. Ko`rib chiqayotgan tarjimalarimizda ham uchratamiz.
Goratsio-Horatsio
Gamlet-Hamlet
Gertruda-Hertruda
Gekuba-Hekuba
Shuni aytish kerakki, "Hamlet"dagi personajlarning nomlari Maqsud Shayxzodaning bilvosita tarjimasida ruscha matnga ergashganligi bois ko`p ismlar ruscha tarjima talaffuzida qolib ketgan. Aytish kerakki, bunday usul o`sha davrda hamma uchun bir xil me`yor sifatida qabul qilingandi. Chunki u davrlarning aksariyat o`zbek kitobxonlari (ayrim mustasno holatlarni inobatga olmaganda) yoki tamoshabinlari London tugur sobiq ittifoqdan tashqariga chiqishlari ma`n etilgandi. Ana shu sababdan G`arb tillaridagi aksariyat "h" tovushi bilan boshlanadigan so`zlar rus tilida "g"bilan qabul qilinganligi yo`rig`idan boshqa ittifoqdosh respublikalarda ham ana shunday qolipda bo`lishi talab qilingan. Msalan, Hamlet - Gamlet, Hamburger - Gamburger, Hitler - Gitler, Heine - Geyne, Hollywood - Gollivud va hakazo. Ammo shunga qaramay, Shayxzoda domla o`sha paytda ham Hamletni - o`zbek tilida ham Hamlet tarzida berishga jazm qila olgan. Ammo bu usul barcha

32

ism va nomlarga nisbatan qo`llay olinmagan, ya`ni, Horationi - Goratio deb berilgan.



Download 96,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish