Bob bo`yicha xulosa
“Hamlet” tragediyasi leksik-semantik jihatdan o`ziga xos bo`lib, asar matnida atoqli otlar, Angliyada XVI-XVII asrlarda qo`llangan diniy-mifologik tushunchalar bilan bog`liq so`zlar, kasb-hunar, amal-martabani ifodalovchi so`zlar ko`p uchraydi. Bu esa asar tarjimonidan katta mahoratni talab qiladi. Jamol Kamol tarjimasida ana shu leksik qatlamlar asliyatga muvofiq tarjima qilingan. Shekspirning “Hamlet” tragediyasidagi kasb-hunar, amal-martabaga oid xos so`zlarning ma`no-mohiyati butun bir davrning tarixiy kolorini aks ettirishda qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ko`rish mumkin. Demak, bunday xosliklarni qayta yaratish tarjimondan katta mahoratni talab qiladi.
Tragediyada qo`llangan murojaat ifodalovchi birliklar personajlar ruhiyati va o`zaro munosabatini yanada ta`sirliroq ochib berishga xizmat qilgan.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |