Zanjirband qil, duch kelganga ochmagil quchoq.(231) Mazkur misralarda elkanlarning shitob bilan silkinishi, otaning o`g`ilga nasihati metafora orqali yorqin tasvirlangan.
Poloniy:
Mana, silliq bitdi bu ish ham…(257)
Malika:
Ayta qoling bo`yab-bejamay.
Poloniy:
Bunda bo`yoq nima qilsin mening malikam,
U aqldan ozgani chin.
Metafora borliqni obrazli idrok etish mahsuli bo`lib, uning vositasida shaxslararo munosabatlar ham yorqin aks ettirilishi mumkin. Masalan, malika Gertruda va Hamletning o`zaro munozarasida Hamlet marhum qirol va amaldagi xiyonatkor qirolni o`zaro taqqoslar ekan, metaforadan ham unumli foydalanadi.
Hamlet:
Hoy, ko`zingiz qayda?
O`sha yuksak yaylovdan shu sassiq alafga
Qanday qilib tusholdingiz, ko`zingiz qayda…
57
Yna kim bilan,
Qotil bilan, hayvon bilan, bir murtad bilan.
Padarimning tirnog`iga arzimaydigan
Qirol kiyimini kiygan qo`g`irchoq bilan,
Do'stlaringiz bilan baham: |