68
fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega bo‗lgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham
D.ning qo‗lida bo‗lgan, u o‗ziga qarshi qaratilgan har qanday,
hatto qonuniy xatti-
harakatlardan ham qo‗rqmagan. D.lik lavozimiga avval faqat patritsiylar, mil. av. 356-
yildan esa plebeylar ham qo‗yilgan. Mil. av. I a.da muddatsiz diktatura ham bo‗lgan
(mas. Sezar diktaturasi); 2) cheklanmagan hokimiyatga ega bo‗lgan yakka hukmron
shaxs, hokimi mutlaq; 3) ko‗chma ma‘noda – o‗z xohish-irodasini boshqalarga majburan
qabul qildiruvchi shaxs.
DIKTATURA
(lot.
dictatura
– cheklanmagan hokimiyat) — davlat hokimiyatini
nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, avtoritar yoki
totalitar rejim. D.ga asoslangan siyosiy rejimda xrki-miyat bir shaxs –
diktator yoki bir
necha shaxslarning qo‗lida markazlashadi, siyosatda zo‗ravonlik va terror kuchayadi. D.
o‗rnatilganligi diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi,
konstitutsiya e‘lon qilgan demokratik ququklar va erkinliklar toptalishi, vakillik
organlarining huquqlari cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat to‗g‗ridan-to‗g‗ri
zo‗ravonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar D.ni
ifoda etuvchi kuch sifatida
namoyon bo‗lsa ham, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi (Qadimgi
Rimda harbiy boshliqlar D.si va triumviratlar, mutlaq monarxlar, hozirgi avtoritar
tuzumlar, xuntalar va h.k.). Tarixga ko‗ra, biron-bir davlatda D. o‗rnatilishi, odatda, ichki
o‗zaro kurash g‗oyat keskin tus olgan davrlar bilan bog‗liq bo‗lgan (mas.,
Ispaniyada
Franko D.si, natsistlar Germaniyasida fashistlar D.si, sobiq sho‗rolar davrida Stalin D.si
va b.).
DILEMMA
(
di
... va yun.
lemma
– asos, hukm) — 1) bir-birini inkor qiluvchi
ikkita qoidaga ega fikr yoki xulosa; bunda uchinchi yo‗l bo‗lishi mumkin emas. 2)
Vaziyatlar, sharoitlar yig‗indisi bo‗lib, bunda ikki xil qarordan bittasini albatta tanlab
olishi kerak bo‗ladi.
DIN
(arab. e‘tiqod, ishonch, itoat) —
xudo yoki xudolar, g‗ayritabiiy kuchlar
mavjudligiga ishonish. D. muayyan ta‘limotlar, his-tuyg‗ular, toat-ibodatlar va diniy
tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‗ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur
qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o‗ziga xos usuli. D.ning paydo bo‗lishi
haqida yagona fikr yo‗q. Islom dini ta‘limotiga ko‗ra, D. – alloh tomonidan o‗z
payg‗ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo‗lgan ilohiy qonunlardir.
Tabiat
va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga to‗g‗ri, haqiqiy hayot yo‗lini
ko‗rsatadigan va o‗rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta‘limotdir.
DINAMIZM
(grek.
Dynamis
dan – kuch) — harkatchanlik, tezlik, taraqqiyotning
yuqori sur‘atlari; sustkashlik, ishonchsizlik
bilan harakat qilishning, bir joyda qotib
qolish, depsinib turishning teskarisi. D. – rivojlangan jamiyat belgisi.
DINASTIYA
(yun.
dynasteia
– hokimiyat, hukmronlik) — bir urug‗dan bo‗lgan,
taxtni bir-biridan meros qilib oluvchi monarxistik humdorlar sulolasi. Biron bir kasb kor
sohasida dong chiqargan bir oila, bir necha bo‗g‗inning vakili. Mas.:
aktyorlar
dinastiyasi, korxonadagi ishchilar dinastiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: