57
o‗rniga tuzilgan. 1923-yildan Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) deb ataladi.
Bu organ sobiq Ittifokda, jum. O‗zbekistonda siyosiy qatag‗onlar uyushtirgan.
DAVLAT SOTSIALIZMI
— 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ‗ib etuvchi reformistik nazariya. 2) Sobiq
sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo‗lgan sotsializm. D.s. nazariyasi 19 a. ning
2-yarmida Germaniyada tarqaldi. Uning asoschisi nemis iqtisodchisi K.I.Rodbertus
Yagetsov bo‗lib, uning qarashlariga ko‗ra, insoniyat jamiyati kommunizm sari rivojlanib,
o‗z yo‗lida davlatning rivojlanish bosqichlari va mulkchilik shakllari bilan belgilanadigan
3 davr («antik davr», «feodalizm va kapitalizm», «kommunizm»)ni bosib o‗tadi. «Antik
davr» negizini odamga mulkchilik, «feodalizm va kapitalizm» davrini yerga va kapitalga
mulkchilik, «kommunizm»ni mehnatga va ish haqiga mulkchilik belgilaydi. U davlatni
jamiyatning «kommunizm»ga evolyutsion o‗tishini harakatlantiruvchi kuchi bo‗lgan
ideal tashkilot tarzida talqin qiladi. G.Shmoller, L.Brentano, A.Vagner, V.Zombart va b.
ham D.s. g‗oyalarini targ‗ib etganlar. D.s. asoschilari sotsializm deganda iishlab
chiqarish vositalari va iqtisodiyotning islohotlar yo‗li bilan davlatlashtirilishini
tushunar
edilar. Shu sababdan ular 1873-yildagi iqtisodiy tanglik davrida Prussiya t.y.
kompaniyalarini halokatdan qutqarib qolish uchun uning davlat ixtiyoriga olinishi, boj
tarifi o‗rnatilishi, tamaki monopoliyasi, spirtli ichimliklarga soliq, ba‘zi
liberal
islohotlarni sotsializmning amalga oshirilishi deb talqin qilgan. D.s. nazariyasiga
inqilobiy sotsializm nazariyasi asoschilari K.Marks va F.Engels qarshi chiqib, sotsializm
faqat sotsialistik inqilob, ishchilar sinfi hokimiyatining o‗rnatilishi va ishlab chiqarish
vositalarining deyarli hammasini sotsialistik mulkka aylantirish
natijasidagina amalga
oshirilishi mumkin degan g‗oyani ilgari surganlar. Biroq Rossiyadagi Oktabr to‗ntarishi
bilan boshlangan va 1917-1991 yillarda o‗tkazilgan sotsialistik eksperiment Marks
g‗oyalari asosida yarim-yorti shakllangan sotsialistik tuzum, o‗z mohiyati va tabiatiga
ko‗ra haqiqatdan adolatli demokratik jamiyat bo‗lmasdan, amalda D.sdan iborat ekanini
ko‗rsatdi. Sobiq Ittifoqdagi
sovet sotsializmi ham, undan nusxa olgan boshqa
mamlakatlardagi sotsializm ham haddan tashqari markazlashtirilgan boshqarishga
asoslangan sotsializm edi. Mas., Ittifoqda ishlab chiqarish vositalarining 90% dan ortig‗i
davlat mulki edi. Shuning uchun u ham haqiqiy demokratik erkin jamiyat bo‗la olmadi va
pirovardida inqirozga uchradi. Hozirgi paytda mavjud sotsialistik mamlakatlar (Xitoy,
Vetnam)da keng ko‗lamli demokratik islohotlar o‗tkazilmoqda. G‗arb
mamlakatlaridagi
sotsialistik va kommunistik partiyalar, ishchilar partiyalari (mas., Germaniya sotsial-
demokratik partiyasi, Buyuk Britaniyadagi leyboristlar partiyasi va b.)
sotsialistik
mafkuraning ko‗pgina tamoyillaridan voz kechdilar, ishlab chiqarish vositalarining
mutlaq ko‗pchiligini markazlashtirish va davlatlashtirish kabi g‗oyalar bugungi kunda uz
jozibasini butunlay yo‗qotdi. Chunki bunday D.s. hayot sinovidan o‗ta olmadi, lekin
demokratik sotsializm g‗oyalari hali ham uchrab turadi. Kapitalizm ham o‗zini to‗laqonli
demokratik va odil jamiyat sifatida namoyish eta olmaganligi sababli, turli mamlakatlar
(Germaniya, Daniya, Shveytsariya va b.)
da yangi sivilizatsiyaga, ijtimoiy-insoniy
tuzumga o‗tish – umumdemokratik adolatli jamiyat qurish, uning boshqariladigan,
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish g‗oyasi
vujudga keldi va uni
hayotga joriy etish bo‗yicha samarali ishlar qilinmoqda, demokratik va iqtisodiy