10-SINF JAHON TARIXI Kirish 10-sinf jahon tarixi darsligining muallifi kimlar? Shuhrat Ergashev, Begzod Xodjayev, Jamshid Abdullayev
10-sinf jahon tarixi darsligi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi? 1918-1991-yillar.
1918-yildan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan davr nima deb ataladi? Eng yangi tarix.
,,Eng yangi tarix“ kishilik jamiyati rivojlanishida qanday davrga o‘tish davri sifatida qaraladi? Industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga.
Eng yangi davr tarixini necha bosqichga ajratish mumkin? 3 ta.
Eng yangi davr tarixining 1-boshqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi? 1918-1945-yillar.
Eng yangi davr tarixining 1-boshqichi qanday davr hisoblanadi? Industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy inqirozining boshlanishi.
Industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy inqirozining boshlanish davrida qaysi davlatlarda totalitar tuzum qaror topgan? Germaniya, Italiya, Yaponiya, SSSR.
Eng yangi davr tarixining 1-boshqichining mazmuni qanday tuzumlar o‘rtasidagi kurashni tashkil qiladi? Liberal-demokratik va totalitar tuzumlari.
Eng yangi davr tarixining 2-boshqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi? 1945-1991-yillar.
Eng yangi davr tarixining 2-boshqichining mazmuni qanday? Mustamlaka tuzumining qulashi va ko‘plab mustaqil davlatlarning tashkil topishi, ,,Sovuq urush“, dunyoni yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi.
Eng yangi davr tarixining 2-boshqichining xarakterli jihati qanday? Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan sotsialistik lager bilan G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi global qarama-qarshilik.
Eng yangi davr tarixining 3-boshqichi nechanchi yildan boshlanadi? 1991-yil.
Eng yangi davr tarixining 3-boshqichi nima bilan boshlanadi? Xalqaro munosabatlarda shakllangan ikki qutbli tizimning inqorozi, sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi bilan.
Eng yangi davr tarixining 3-boshqichi-ning xarakterli jihati qanday? Jahon sivilizatsiyasining globallashuvi, ,,uchinchi dunyo“ mamlakatlari rivojlanishining jadallashuvi, sivilizatsiyalar o‘rtasida ziddiyatalrning kuchayishi.
Industrial sivilizatsiya –– bu ... ? Sanoat va fan-texnika taraqqiyotiga asoslangan sivilizatsiya.
Postindustrial sivilizatsiya –– bu ……...? Iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor innovatsion sektori, yalpi ichki mahsulotda fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalarida ustuvor bo‘lgan jamiyat.
Postindustrial sivilizatsiyaga nisbatan qanday atama qo‘llaniladi? Axborot jamiyati.