Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

MA'MURIY APPARAT
(devon) — davlat institutlarini vertikal va gorizontal 
bo‗yicha bir butun qilib birlashtiruvchi asosdir. Davlat ma'muriy apparati hukumat bilan 
birgalikda turli vazirliklar, idoralar, maxsus qo‗mita va komissiyalarning ulkan va 
qudratli tizimidir. Davlat ma'muriy apparati - shaxssiz hokimiyatning mutlaqo yangi turi 
- zamonaviy byurokratik davlatni keltirib chiqardi. 
MA'MURIY ELITA
— siyosiy elitalarning quyi bo‗g‗ini hisoblanib, yuqori 
darajadagi davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar kiradi. 
MA'MURIY NAZORAT
— davlat va maxsus vakolatli organlar (mansabdor 
shaxslar) faoliyatining alohida turi. M.n. qonuniylikni va davlat intizomini ta‘minlash 
usullaridan biri hisoblanadi. M.n. davlat organlari, tijorat va notijorat tashkilotlari, shun., 
fuqarolarning davlat va jamiyat rivojlanishi uchun ahamiyatli bo‗lgan umummajburiy 
qoidalarga qat‘iy rioya qilishiga qaratilgandir. 
MA'MURIYAT
— 1) davlatning boshqaruv faoliyati; boshqaruv ishini amalga 
oshiruvchi davlat organlari majmui; 2) boshqaruvchi mansabdor shaxslar, muassasa, 
korxonalarning rahbar xodimlari. 


174 
MA'MURIYATCHILIK 
— buyruqbozlik, rasmiyatchilik, byurakratlarcha 
rahbarlik qilish, boshqarish. 
MA'MURIY-HUDUDIY TUZILISH
— unitar davlat hududi yoki federativ davlat 
subyektlari hududining ma'lum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shu 
kabilar)ga bo‗linishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu bo‗linishga 
muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday bo‗linish idora etishning qulay, davlat 
organlariga aholi.ng yaqin bo‗lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda 
tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiy-tarixiy, milliy va ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki bo‗g‗inli (AQSH), uch bo‗g‗inli 
(Buyuk Britaniya, Fransiya), to‗rt bo‗g‗inli (GFR) bo‗lishi mumkin. Juda kichik 
davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yo‗q. 
MA'NAVIYAT
— inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. M. insonni 
ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini 
baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning 
barcha qarashlarining mezonidir. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, 
diniy tasavvurlarini o‗z ichiga oladi. M. atamasining asosida «ma'no» so‗zi yotadi. 
Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‗y-basti, 
ko‗rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va b. kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan 
maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg‗ularini o‗z ichiga oladi. 
Insonning ana shu ichki olami M.dir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, M. unga 
ruhiy oziq va qudrat bag‗ishlaydi. M. ma'rifat va madaniyat bilan bog‗liq. Vijdon nima, 
yolg‗on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima 

bularning hammasini bir-
biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, 
yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, M.da inson hayotining mazmuni aks 
etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan biridir. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish