AN‟ANAVIY YETAKCHILIK
—
M.Veberning ―Siyosat - ham-mayil, ham kasb
sifatida‖ maqolasida bergan legitim hukumronlikning uch ko‗rinishidan biri.
Yetakchilikning bu turi an‘analar, marosimlar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi.
Itoat qilish odati an‘analarining muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida
o‗tishiga asoslangan yetakchilikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shohlar boshqaruvi
uchun xosdir.
AN‟ANAVIY DAVLAT
— to‗laligicha an‘analar asosida boshqariluvchi davlat,
an‘anaviy jamiyatlar bag‗rida faoliyat ko‗rsatadi. An‘anaviy jamiyatda davlat jamiyatga
mutlaqo ta‘sir ko‗rsata olmaydi, uning o‗zi to‗laligicha jamiyat ta‘sirida bo‗ladi. Gumilev
nazariyasiga ko‗ra an‘anaviy jamiyatlar (Janubiy Afrika bushmenlari qabilasi, Avstraliya
aborigenlari, Kongodagi pigmeylar qabilasi) insoniyat taraqqiyotining ―go‗daklari‖ emas
―qariyalari‖ sifatida qaralishi kerak: ular o‗tmishda buyuk ko‗chishlar, bosqinlar va ulkan
madaniyatlarni boshidan kechirganlar. Amaliy jihatdan bugun an‘anaviy davlatlar yo‗q.
Lekin nazariy jihatdan an‘analar asosida boshqariladigan va davlat jamiyatga tobe‘
bo‗lgan holatlarni ifodalash uchun an‘anaviy davlat tushunchasi qo‗llanadi. Faqat shu
ma‘nodagina mas., Saudiya Arabistonini, Birlashgan Arab amirliklarini an‘anaviy davlat
deb atay olamiz. An‘analari kuchliligi nuqtai nazaridan, shu ma‘noda, hatto Buyuk
Britaniya ham an‘anaviy davlatdir. Buddaviylik, na.oniylik, islom tarqalgan davrda
yuzaga kelgan siyosiy tashkilot shakllarini ham an‘anaviy siyosiy hokimiyat tashkilotlari
jumlasiga kiritish mumkin. Ko‗pgina olimlarning fikricha, an‘anaviy jamiyatlarda
ijtimoiy o‗zgarishlar sur‘ati nisbatan past bo‗ladi. Sivilizatsiya shakllari ba‘zan a.lar
mobaynida jiddiy o‗zgarmaydi. Madaniyatda hatto siyosiy qadriyatlar va ideallar
rasmiylashgan hollarda (mas., qadimgi Gretsiyada) ham me‘yoriylik yetakchilik qilishda
davom etadi, munosabatlarda an‘analar, udumdagi xulq-atvor me‘yorlari ustuvorlik
qiladi, siyosatda an‘anaviy va xarizmatik legitimlashtirish shakllari hukm suradi.
An‘anaviy jamiyatdagi hokimiyat munosabatlarini ―sof‖ siyosiy deb bo‗lmaydi, ular diniy
munosabatlar va xo‗jalik munosabatlaridan ajratilmagan. An‘anaviy davlatdan zamonaviy
davlatga o‗tish sanoatlashish davriga to‗g‗ri keladi. Erkin fuqarolarning gorizontal
munosabatlari tizimining vujudga kelishi (shakllanayotgan fuqarolik jamiyati doirasida)
o‗sha davrdagi markazlashgan davlatning fuqarolar bilan munosabatlarini me‘yoriy-
huquqiy tartibga solish, jamiyatda hokimiyatni amalga oshirishning samarali siyosiy-
tashkiliy shakllarini izlashga majbur qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |