Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

INDIVID 

 
(lot. bo‗linmas., tur) alohida inson, shaxs. 
INDIVIDUALLIK 
(lot. 
individuum
– bo‗linmas) — muayyan narsa va hodisa, 
shaxs va jonivorning o‗zigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining o‗ziga 
xosligi bilan I. umumiylikka (individ esa umumga) qaramaqarshi qo‗yiladi. Dastlab, I. 
antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va 
mazmunga, ya‘ni o‗ziga xos belgilarga ega bo‗lgan narsa va hodisalarga, jum., atom yoki 
individ (ya‘ni, bo‗linmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida ma‘lum 
bo‗lgan. Hozirda I. tushunchasi ilm fanda turli ma‘nolarda ishlatiladi. Ijtimoiy fanlarda I. 
olomonga, guruhga zid tushuncha sifatida o‗rganiladi. 
INDUKSIYA
— ko‗plab xususiy faktlarni umumlashtirib, ular asosida umumiy 
xulosaga kelish. Mas., Oliy Majlis deputatlarining ijtimoiy kelib chiqishi, lavozimi, 
ta‘lim darajasi va h.k. singari biografik ma‘lumotlarini umumlashtirish va turkumlash
orqali jamiyatimizdagi qaysi ijtimoiy qatlamlar yoki ijtimoiy-guruhlarning faol, qaysilari 
siyosiy jihatdan, ya‘ni hokimiyatga intilish jixatdan sustligi to‗g‗risidagi umumiy 
xulosaga kelishimiz mumkin. 
INDUSTRIAL O„SISH
, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq 
xo‗jaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab 
chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, og‗ir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. I.o‗. 


127 
Mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning ustun bo‗lishi, agrar 
yoki agrar-industrial mamlakatning industrial-agrar yoki industrial rivojlangan 
mamlakatga aylanishini ta‘minlaydi. XX a. ning oxirlariga kelib jahonning turli 
mamlakatlarida I.o‗. darajali o‗rtasida keskin farq yuzaga keldi. Mas., Yaponiya, AQSH, 
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada I.o‗. o‗z cho‗qqisiga chiqdi va 
ular «postindustrial» mamlakatlarga aylandi. O‗zbekistonda industrial rivojlanishning 
asosiy maqsadi dunyo standartlariga mos keladigan, raqobatbardosh ishlab chiqarishni 
yaratishdan iborat. Bunga erishish uchun industriyani restruktrizatsiyalash (qayta 
tarkiblash), ya‘ni tayanch (bazaviy) tarmoqlarning ustun rivojlanishini, import o‗rnini 
bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan og‗ir sanoat tarmoqlarni rivojlantirishni 
davom ettirish va undan eksportga yo‗l tutish kerak bo‗ladi. Buning uchun katta ilm talab 
va yuqori texnologik sohalar (tarmoqlar)ni rivojlantirishga alohida ustuvor ahamiyat 
beriladi. Ayni vaqtda I. o‗. kichik biznes va yirik biznes integratsiyasini taqozo etadi. Bu 
esa nafaqat kichik biznesni, balki og‗ir sanoatning salohiyatini yanada yuqori darajaga 
ko‗tarishga olib keladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish