Najimova Xumora Dilshod qizi



Download 13,01 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2022
Hajmi13,01 Kb.
#527985
  1   2
Bog'liq
annot


Najimova Xumora Dilshod qizi
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) yo‘nalishi
I kurs magistranti
Tel: (99) 824- 65- 73
ANNOTATSIYA

Men yoqtirgan asar




Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni

Kalit so‘zlar: doston, Nazrul Islom, rivoyat, abadiyat, jaholat, olomon,


Orzusi-yu armonini, baxt-u iztiroblarini so‘zga tizolgan buyuk so‘z san’atkori, borliq xayoli-yu, yo‘qlik g‘amiga parvo qilmay, she’riyatni manglayiga bitgan zar deb bilgan ijodkor – Erkin Vohidov edi. Keling, bugun siz bilan shoir qalamining isyoni bo’lmish “Ruhlar isyoni” dostoni haqida gaplashamiz.


Doston XX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan otash qalb hind shoiri Nazrul Islomning hayotiga bag‘ishlanadi. Unda Hindistonni ingliz mustamlakalaridan ozod ko‘rishni istagan va shu muqaddas kurashga nafaqat ijodini, balki o‘z erki va hayotini ham baxshida etgan otashqalb shoirning tutqunlikdagi achchiq qismati, qismatidan-da achchiqroq o‘y-xayollari birin-sirin hikoya qilinar ekan, Erkin Vohidov vaqti-vaqti bilan o‘quvchi nigohini insoniyat tarixida yulduzdek porlagan turli-tuman ajoyib rivoyatlarga qaratadi. Xo‘sh, nega? Nega shoir o‘z badiiy muddaosini Nazrul Islomning hayoti va ijodi orqaligina bayon etib qo‘ya qolmadi? Nega u o‘quvchini o‘zi yanglig‘ qiynagisi, uni o‘tdan olib o‘tga solgisi, zulm, istibdod, jaholat kabi sirtmoqlarda osgisi keldi?.. Chunki muddao Nazrul Islom emas, bu – bir bahona. Asl muddao – bashariyat tabiatining ikki toifaga e’tiborni qaratish: oq va qora, yorug‘lik va zulmat, ma’rifat va jaholat, istibdod va ozodlik…
Bizga ma’lumki, Nazrul Islom asrimiz boshlarida “chaqindek yaraqlab”, she’riyatda o‘chmas iz qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindistonni larzaga solgan shoirdir. Ommaning fikrsizligi, tazyiq va qiynoqlar hali o‘ttiz besh yoshga ham kirmagan navqiron shoirni aqldan ozdiradi. Oradan yillar o‘tib, shoirning vatani bosqinchilardan xalos bo‘ladi, mustaqillik qo‘lga kiritiladi. Lekin jismi tirik bo‘lgani holda aql va ruhdan mahrum etilgan shoir shu ahvolda yana qirq yil tirik yuradi. Uni kurashchi sufatida ardoqlasalar-da, o‘ldirilgan buyuk ruh qayta tirilmaydi.
Dostonda shoir afsonaviy bahodirlardek tasvirlanmaydi, balki yaralishidanoq el g‘amini tortishga mahkum ekanligi badiiy jihatdan juda mukammal bayon qilinadi:
...Bu shoirning dilin ezgan
Istibdodning dardidir.
Yurakdan qon bo‘lib sizgan
Iste’dodning dardidir.
Asarda shoirning hayoti bir boshdan tartib bilan bayon etilmaydi, balki uning umridagi eng muhim, keskin daqiqalar tanlab olinib, ular badiiy tahlil etiladi.
Albatta, ijodkor dostonda juda ko‘p masalalarni qalamga olgan. Erkin Vohidov abadiyat, shoir qalbi, isyon, fidoyilik, tutqinlik, istibdod, ozodlik, shoh ota va shoh o‘g‘il, zohidlik va oriflik, oliy ruhlar va hokazo mavzularni alohida fasllarda tekshirib chiqadi, ularning falsafiy, insoniy mohiyatini tushunishga intiladi.
Dostonda keltirilgan afsona va rivoyatlar asar g‘oyasini, qahramon hayoti, qismati ma’no-mohiyatini chuqurroq, ta’sirchanroq ochishga xizmat qiladi. “Abadiyat haqida rivoyat”, “ Fidoyilik to‘g‘risida rivoyat”, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat”, “Shohi Jahon va Avrangzeb haqida rivoyat”, “Zohidlar va Oriflar haqida hikoyat” lar shular jumlasidandir.
E.Vohidov dostonning “G‘alayon” bobida 1926-yili Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tgan qonli voqealarni qalamga olar ekan, bu hol ayni shu jaholat, diniy adovat oqibati ekanini alohida uqtiradi. Bu voqealarda Nazrul Islom faqat qaynoq qalbi, otashin so‘zlari bilangina emas, amaliy faoliyati bilan ham faol kurashchi, jasur jangchi tarzida ko‘rinadi; jaholatda, g‘aflatda qolgan elning ko‘zini ochish, o‘zaro nizolarga barham berish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatadi. Afsus, u jaholat tufayli karaxt, ko‘r-u karga aylangan olomon ta’qibiga uchraydi:shoirni g‘alayonning sababkori deb ataydilar. Shu tariqa el uchun jonini, jahonini berishga tayyor fidoyi shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi. Tutqunlikda yashagan shoirning ruhiy holati, o‘y-kechinmalari dostonda zo‘r mahorat bilan tasvirlangan.
Dostonning birinchi fasli haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’dod egasining o‘rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Shoirlik va fuqarolik burchi haqida ham fikr yuritiladi:

Download 13,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish