Shoir esang,
Shoir bo‘lib
Nega kelding hayotga,
Eling yotsa dardga to‘lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsan
Tashbehlaring
Bormi asli keragi.
Bo‘lmasa el g‘ami-darding,
Yuraging-el yuragi?!
Odam tabiatidagi qo‘rqoqlik manbaini ko‘rsatish, joni shirinligi sababini badiiy tadqiq etish orqali shoir o‘quvchilarni Nazrul Islom ruhiyatidagi yuksak holatlarni qabul qila oladigan sharoitga keltirishga urinadi. Buning uchun “Abadiyat haqida rivoyat” keltiriladi. Rivoyatdagi abadiy hayot bag‘ishlaydigan buloq suvining odamga qilgan “Hayotga-ku to‘ymas ko‘zing, yashaysanmi umrbod? Mangu hayot uchun o‘zing yaraysanmi, odamzod?” tarzidagi murojaati o‘quvchini inson umri haqida jiddiyroq o‘ylashga undaydi. Ma’lumki, odam imkon qadar ko‘proq yashashga intiladi. Lekin bunda ma’no bormi?-deya savol qo‘yadi shoir. O‘lmaslikning o‘limdan yomon ekanligi ob-hayotni ichib o‘lolmay yotgan kishi tilidan shunday bayon qiladi:“Yer yuzida mening biror hamsuhbatim qolmadi. Azob bormi bundan ulug‘, dahshat bormi ziyoda?! Menga yerda tiriklik yo‘q, o‘lim ham yo‘q dunyoda”.
Odam, baribir, o‘lishga mahkum ekan, nega qo‘rqoqlik, xiyonat qiladi. Umrini ozroq uzaytirish uchun ne bir ko‘ylarga tushadi. Asar o‘quvchini shular haqida o‘ylashga undaydi. Abadiy yashash mumkin ham, kerak ham emas ekan, hayotga qay yo‘sin mazmun bag‘ishlash mumkin? Bu savolga javobni quyidagi satrlardan topish mumkin:
Ham shavq bilan,
Ham dard bilan
O‘tar ekan bu damlar.
Omon bo‘lsin
Sen anglagan,
Seni anglar odamlar.
Odamlar nega bu bebaqo dunyoga urush-janjallar da’vosisiz jimgina kelib, bir-birlarini jimgina sevib, ardoqlab ketavermaydilar? Axir, inson qo‘liga nimaiki olmasin, paymonasi to‘lgach, hammasini qaytib birishga mahkum-ku va buni har kim biladiku!.. Yana nega?!. Bu mazmundagi yuzlab, minglab so‘roqlarimizning bitta javobi bor: JAHOLAT!!!
Har gal “Ruhlar isyoni” dostonini mutolaa qilar ekanman, yuqoridagi kabi mulohazalar fikr-u yodimni chulg‘ab oladi. Chunki undagi g‘oya, pafos ayni masalalarning bag‘ridan sizib chiqadi. Shu bilan birga fikrlovchi insonning yuqoridagi mavzu bo‘yicha asosiy savollariga o‘ziga xos javob bo‘lib yangraydi ham!
Ha, jaholat va ma’rifat odamlarni ikki qutbga ayirib tashlaydi, natijada bir yonda to‘da, olomon, ikkinchi tomonda esa xalq, millat paydo bo‘ladi. Dostondagi “Jaholat to‘g‘risidagi rivoyat”da har ikkisi ham bor.
Bir tarafda johil, nodon olomon, ikkinchi yoqda esa donishmand hakim va olovda yoqib bo‘lgandan keyin aql va ma’rifat ko‘zlari ochilgan odamlar! Qani edi dostonda aytilganidek, o‘zining bitta xatosidan ta’sirlanib yoppasiga butun elning ko‘zi ochilib ketsa! Unda yer yuzida umuman olomon qolmagan, hamma millat degan sharafli bayroqni hilpiratib yurgan bo‘lardi.
Dostonda “Isyon qo‘shig‘i” bor. Unda shoir Erkin Vohidov Nazrul Islom tilidan zulm va istibdodga qarshi otashin qo‘shiq bitadi:
Tug‘ilgansan ozod,
mudom
Ozod bo‘lib qol.
Asrlar mobaynida bunday ijtimoiy-siyosiy mazmundagi she’rga duch kelmagan sharq insoni hayratlanib yoqa ushlaydi. Kimi “bu she’r emas, agar she’r bo‘lsa, qani unda gullar raqsiyu bulbullar navosi?” desa, boshqasi “Bu she’r Sharqqa xosdir, nahot! Na ishqiy, na rindona. Bunday ash’or Sa’diyga yod, Hofiz uchun begona” deya yozg‘iradi. Nihoyat, ulardan hindulari Nazrul Islomni “jobon”, musulmonlari esa “kofir” deb e’lon qilishadi. Qarang, olomon ham Nazrul Islomning to‘g‘ri gapni aytayotganini bilishadi, lekin… “Ul kun Budda: Mard agar sen Dardni ichga yut, degan. Ul yuzingga ursa sen, Bul yuziningni tut, degan”, “U dunyoda baxting ta’min, Bu dunyoda cheksang g‘am”, Shunday deya bergan ta’lim Ul… Ustodi mukarram” deyishadi va shoirning isyon qilgani uchun, zulm va istibdodga, haqsizlikka qarshi chiqqani uchun, qadim Sharq an’analariga rioya etmagani uchun malomat qilishadi. E’tibor bering, aziz o‘quvchim, aynan shu faslda olomonga xos bo‘lgan bir qirra ochilib qolmoqda, u ham bo‘lsa, haqiqatni ko‘rib turib undan ko‘z yumish, bilib turib o‘zni bilmasdek tutish:
Tug‘ilgansan ozod,
mudom
Ozod bo‘lib qol.
Aynan ushbu satrlar doston epigrafi qilib olinganligining boisi ham shunda.
“Ruhlar isyoni” dostonining badiiy haqiqati ana shunday achchiq hayot haqiqatini tarannum etadi. Dostonni o'qir ekansiz, qahramonlar bilan birga yashaysiz, birga kulasiz, birga yig'laysiz. Ushbu asarni toliqmasdan, erinmasdan bir o'tirishda o'qib tugallashingizga ishonaman. She'riyat shaydosi borki, ushbu dostonga mehri ham, qiziqishi ham bo'lakcha. Tavsiya qilganim ushbu kichik doston, hajman kichik esada
Do'stlaringiz bilan baham: |