“O’zbekiston tarixi va rivojlanish strategiyasi”
“ACC uchun maxsus”
“Barcha o’zbek tili guruhlari uchun”
1.MDH rasman tashkil etilgan sanani aniqlang.
J: 1991-yil 8-dekabr
2. Toshkent televizion markazi ishlay boshlagan yilni aniqlang.
J: 1956 yil 5-noyabr
3.Arab Muhammadxonning o‘g‘illari otalariga qarshi isyon ko‘targan yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan shaxsni ko‘rsating.
J: Imomqulixon
4.Qaysi shaharlarda 1977-yilda Toshkent televideniyesining ikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi?
J: Samarqand va Andijon
5.Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar qachondan beri yashab kelayotganini ko’rsatadi?
J: 3-2,5 million yil
6.Muhammad Shayboniyxon harbiy yurishlarda faol
qatnashgan Jonibek Sulton kimning o‘g‘li edi?
J: Xo'ja Mahmud Sulton
7.Qancha ayol respublikada o’zini-o’zi 1986-1987-yillarda yondirib yuborgan?
J: 270 nafar
8. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’dagi Teshiktosh g‘ori qaysi davrga oid?
J: O'rta paleolit
9.1989-yilda tashkil topgan «Birlik» harakati rahbari bo’lgan shaxsni aniqlang.
J: Abdurahim Po'latov
10. Qaysi shaharda 1989-yil 23-mayda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.
J: Quvasoy
11.”Farg’ona fojialari”da umumiy qancha odam halok bo’lgan?
J: 103 kishi
12.Ummaviylar sulolasidan bo’lgan so’ngi xalifani aniqlang.
J: Marvon ll
13.Farg'ona fojiyasini keltirib chiqargan sabablar 1989-yil 29-iyunda bo'lgan O 'zKP MQning … plenumida ochib berildi
J: XV ( 15 plenumida )
14. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan … plenum ida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib tayinlandi.
J: XIV (14 plenum )
15. 822—828-yillarda hukmronlik qilgan Tohiriy hukmdorni aniqlang.
J: Talxa ibn Husayn
16.Xalifa Ma’mun davrida qaysi Somonxudot nabirasi Samarqandga noib qilib tayinlangan?
J: Nuh
17.Qaysi yili Nasr ukasi Ismoil Somoniyni Buxoroga noib etib tayinlagan?
J: 874-yil
18. O'zbekiston SSR Oliy Sovetining … sessiyasi 1990-yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
J: ll (2) sessiyada
19.XVI asr boshlarida shayboniylarga qarshi kurash olib borgan va bunda Eron safaviylari madadiga tayangan temuriy shahzodani aniqlang?
J: Zahiriddin Muhammad Bobur
20.Buxoro amiri Muzaffarning tobelik siyosatidan norozi bo‘lib, xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan amirning katta o‘g‘li kim edi?
J: Abdumalik to'ra
21.«Dastur al-muluk» asari muallifini aniqlang.
J: Xo'ja Samandar Termiziy
22. Yusuf Bayoniy qalamiga oid Xiva xonligi tarixi bilan bog’liq asarni aniqlang.
J: Shajarayi Xorazmshohiy , Xorazm tarixi, Iqboli Feruziy ((shuladan bittasi tushadi variantga))
23. Buxoro amirligida moliya-xazina ishlarini va soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni qaysi lavozmi egasi amalga oshirgan?
J: Devonbegi
24.Buxoro amirligida tanobona solig‘ining miqdori nimaga
asoslanib belgilangan?
J: Ekin maydonini bozorga uzoq-yaqinligiga qarab tolanadigan soliq
25.1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said bilan Mirzo Abdulla o‘rtasida jang qayerda bo‘lgan?
J: Sheroz yaqinidagi Bulungur anhori boyida
26.O’lkamiz hududiga arab qabilalarining kirib kelishi qaysi asrlarga to’g’ri keladi?
J: Vll-Vlll (7-8 asrlar)
27.XIX-asrning birinchi yarmida Xiva xonligi aholisi qancha edi?
J: 800 ming kishi
28.Qaysi Buxoro amiri 1842-yilda Qo’qon xonligini bosib olgan?
J: Amir Nasrullo
29.Amir Nasrullo qaysi shaharni 32 marta yurishdan so’ng 1856-yilda egallagan?
J: Shahrisabz
30 «Sharqni egalla» siyosati qaysi rus imperatoriga tegishli?
J: Pyotr l
31.Samarqandda istilochilarga qarshi Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni yuz bergan paytda arab xalifasi bo‘lgan shaxsni aniqlang.
J: Horun ar-Rashid
32. 1843- yilda Xivaga kelgan ingliz diplomatik missiyasi vakilini aniqlang.
J: J.Abbot
33.Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi 1898-yilda Andijon shahrida ko’tarilgan xalq qo’zg’aoniga kim boshchilik qilgan?
J: Muhammad Ali (Dukchi eshon)
34. 1920-yil 30 aprelda qabul qilingan va kirish so`zi, 13 bob, 37 – moddadan iborat konstitutsiya qays davlatga tegishli edi?
J: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR)
35. 3 000 kishini jadidchilikda ayblab nohaq qatl ettirgan Buxoro amiri kim edi?
J: Amir Olimxon
36.Qaysi saljuqiy hukmdor 1118—1157-yillarda hukmronlik qilgan?
J: Sulton Sanjar
37.Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi
usul maktablarining ko‘pchiligida qayerda nashr
qilingan qo‘llanmalardan foydalanilgan?
J: Qozon va Orenburg
38.Mahmud G’aznaviyning so’ngi yurishi qaysi shaharga bo’lgan?
J: Ray
39.Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan qancha
vaqtda egallangan?
J: 20 kun
40.Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi
to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
J: Variantlaga bog'liq
41.Amir siyosatidan qochgan bir guruh yoshlar qaysi davlatlarda ta`lim olishgan?
J: _______
42.Turkiston harbiy okrugi nechanchi yilda tuzildi?
J: 1867 yil
43.Qaysi shahar saljuqiylar davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan?
J: Nishopur
44.Imomqulixon Toshkent va o‘z xonligining qaysi chegaralariuchun qozoqlar, jung‘orlar va qalmiqlarga qarshimuvaffaqiyatli kurash olib bordi?
J: Shimoli-sharqi
45.Saljuqiy sulton Malikshoh nechinchi yilda Samarqand va Buxoroni egallagan?
J: 1089 yilda
46. Qadimgi tosh asri madaniyatining dunyoga mashhur yodgorligi Teshiktosh kim tomonidan topilgan?
J: Okladnikov
47.Mezolit davriga tegishli bo‘lgan manzilgohlarni toping.
J: Obishir, Qo'shilish, Machay, Zarautsoy
48.Qaysi saljuqiy hukmdor davrida bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi o‘ziga xos murakkab, ziddiyatli davr bo’lganidan darak beradi?
J: Sulton Sanjar
49.Antiox nechanchi yilda Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona noibi etib tayinlandi?
J: Mil.avv.280-yil
50.Qaysi Xorazmshoh davrida qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash sharti bilan amalda o‘z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi?
J: Alouddin Otsiz
51.Orol dengizining shimoli-sharqidagi qadimgi Yantsay shahri hozirgi qaysi shaharga to’g’ri keladi?
J: Qizil O'rda
52.Qadimgi qaysi davlat 70 dan ziyod katta-kichik shaharlardan iborat bo’lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan.
J: Davan
53. Yunon manbalarida qaysi qabila toharlar deb atalgan?
J: Yuechji qabilalari
54.Qaysi kushon hukmdori davrida mamlakatda pul islohoti o‘tkazib, vazni 8 gr og’irlikdagi oltin tangalarni zarb qildirib muomalaga chiqartirgan?
J: Vima Kadfiz
55.Kushonlarga tegishli Sirdaryo va Amudaryo havzalari qaysi qabilalar tomonidan egallangan?
J: Xioniylar
56.Rus noibi polkovnik Konshevskiy qaysi qo‘zg‘olonning bostirilishiga oid chora-tadbirlar ko‘rgan edi?
J: Andijon qozgoloni
57.“Tarbiyayi atfol” jamiyati 1911-yilda ... nafar, 1912-yil ... nafar talabani ... ga o‘qishga yuborgan?
J: 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta, Turkiyaga
58.1916-yil qaysi shaharda bo‘lgan qo‘zg‘olon natijasida 2 ta mirshab va 63 ta qo‘zg‘olonchi o‘ldirilgan?
J: Eski Margilon
59.Buxoro amiri Abdulahad hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
J: 1885-1910-yillar
60.O’rta Osiyoda 150 yilcha hukmronlik qilgan sulolani aniqlang.
J: Ashtarxoniylar
61.Shayboniy Abdullaxon II vafot shaharni aniqlang.
J: Samarqand
61.≪Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon≫ nomlari bilan ulug’langan hukmdorni aniqlang?
J: Shayboniyxon
62.Qadimgi Buyuk Ipak Yo’li qaysi shahardan boshlangan?
J: Xitoyning Sian shahridan
63.Buxoro xonligi shaharlarida qaysi sulola davrida 150 dan ortiq madrasalar mavjud bo’lgan?
J: Ashtarxoniylar
64. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi qachon tashkil etilgan?
J: 1992-yil
65. 1346-yili Chig‘atoy ulusi xoni Qozonxon kim tomonidan o’ldirilgan?
J: Mo'g'ul amirlari va beklari tomonidan
66.Movarounnahr va Xuroson hududlarida somoniylar davlati
hukm surgan yillarni ko‘rsating.
J: 865-999-yillar
67. Amir Ma’sum (≪Begunoh amir≫) nomlari bilan ulug’langan hukmdorni aniqlang.
J: Amir Shohmurod
68.Qaysi Buxoro amiri ikki yirik davlat arbobi — Davlat qushbegi bilan Nizomiddin qozi kalonni saroy, qo‘shin va boshqa sohadagi amaldorlar huzurida o ‘z qo’li bilan o’ldirgan?
J: Amir Nasrullo
69.O‘rta asrlarda Xorazm davlatining mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq?
J: Otsiz
70.Rossiya imperiyasi qo’shinlari 1864-yil 14-iyulda qaysi shaharga yurish boshladi?
J: Chimkent
71.Rossiya imperiyasi qo’shinlari 1873-yil Xiva xonligiga qarshi qancha qo’shin jo’natdi?
J: 12 mingdan ortiq
72.Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi 1873-yil 12-avgustdagi shartnoma qayerda imzolangan?
J: Gandimiyon qishlogida
73.Qaysi shahar Qo‘qon xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga molik shahari bo‘lib, uzunligi 25 chaqirim, eni 2—3 metr, balandligi 5—7 metr bo'lgan devor bilan o‘rab olingan edi?
J: Toshkent
74.Nechinchi yilda Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi protektaratiga aylandi?
J: 1868-yilda
75.O’rta Osiyodagi qaysi davlat Rossiya imperiyasi protektoratiga aylangandan so’ng 2 million 200 ming tovon puli to’lash shartini qabul qilgan?
J: Xiva xonligi
76.O’rta Osiyodagi qaysi davlat rus imperatori Aleksandr II buyrug’i bilan 1876-yilda tugatilgan?
J: Qo'qon xonligi
77.Rossiya imperiyas tomonidan turkman yerlari bosib olingan so’ng qaysi viloyat tuzilgan?
J: Kaspiyorti
78. Toshkent shahrini boshqarish to’g’risidagi Nizom qachon qabul qilingan?
J: 1865-yil 6-avgust
79. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (голова) etib shahar hokimi etib saylangan shaxsni aniqlang.
J: E.P.Pukalov
80.Qo‘qon xoni Xudoyorxon Rossiyaga elchi yuborib, Raim istehkomi qurilganidan noroziligini bildirgan vaqtda Rus podshosi kim edi?
J: Nikolay l
81.Nechinchi yilda Toshkent shaharida telefon aloqasi yo’lga qo’yilgan?
J: 1892-yil
82.Chor Rossiyasi qo‘shinlari O‘ratepa va Jizzaxga qarshi
harbiy harakatlar olib borgan davrda Orenburg
general-gubernatori bo‘lgan shaxsni aniqlang.
J: Krijanovskiy
83.«Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh» kitobi muallifini aniqlang.
J: Ismoil Gaspirali
84. «O‘z urug‘i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul — manqurtdir!» jumlalari kimga tegishli?
J: Mahmudxoja Behbudiy
85. «Xurshid» («Quyosh») gazetasi muharririni aniqlang.
J: Munavvarqori Abdurashidxonov
86.Qaysi asarda Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o‘z mavqeyini suiiste’mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan?
J: ________
87. «Turon» teatr truppasi qachon vujudga kelgan?
J: 1913-yil
88. Rus imperiyasiga qarshi kurashda qaysi shahar himoyasida 10 ming himoyachi askar, 53 to‘p bor edi?
J: Jizzax
89.Rossiya imperiyasi tomonidan 1868-yil 2-may kuni qaysi shahar deyarli jangsiz ishg’ol etilgan?
J: Samarqand
90. 1852-yil 9-oktabr — Qurbon hayiti kuni u Toshkentdan chaqirilgan qo'shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirgan hukmdorni aniqlang.
J: Xudoyorxon
91.Qaysi shahar aholisi 1841-yilda Qo’qon xoni Muhammad Alixon zulmiga qarshi isyon ko’tardi?
J: Qo'qon
92.XIX-asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligining yirik shahri bo’lmish Toshkent aholisi qancha edi?
J: 60 ming kishi
93.“Buxoroyi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
J: Ahmad Donish
94.Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragan Buxoro amirligi Rossiya hukumatiga qancha miqdorda tovon to‘lash majburiyatini oldi?
J: 125 ming tilla (500 ming rubl)
95.Eng qadimgi yo'llardan bo'lgan "La'l yo'li" qayerdan boshlangan edi?
J: Pomir toglaridan
96. Xiva xonligini tashqi qal’asi Dishan qal’a barpo etilgan yilni aniqlang
J: 1842 yil
97.Qadimgi dunyo tarixida Frada boshchiligidagi qo’zg’olon O’rta Osiyoning qaysi hududida ko’tarilgan?
J: Margiyona
98.Shayboniylar davlatida xon yasovuli mansabidagi amaldor qanday ishlar bilan mashg'ul bo'lgan?
J: Xon va shahzodalar ortasidagi munosabatlar bilan shugullangan
99. Shayboniylar davlatida muhtasib lavozimidagi shaxs qanday ishlarni amalga oshirgan?
J: Muhtasib (Rais) - Mamalakatda jamoat tartibni saqlash, diniy marosim va amallarga rioya etish, bozorda narx-navo va tarozilarning togriligiga javobgar bo'lgan
100.Ahamoniylar davrida Kaspiy bo’yilari va sak qabilalari nechinchi satraplikka kirgan edi?
J: 15- satrapiya
101.Makedoniyalik Aleksandr va Fors shohi DoroIII o’rtasidagi miloddan avvalgi 331-yildagi jang qayerda bo’lib o’tgan?
J: Gavgamela yonida
102.Nechinchi yil Maroqand shahri Makedoniyalik Aleksandr tomonidan zabt etilgan?
J: Mil.avv.329-yilda
103.Qadimgi Aleksandriya Esxata hozirgi qaysi shaharga to’g’ri keladi?
J: Xojand
104.Yunon-Baqtriya davlatini asoschisini aniqlang.
J: Diodot l
105.Qadimgi Xitoy manbalarida keltirilgan “Yuni” viloyati hozirgi O’rta Osiyodagi qaysi hududdga to’g’ri keladi? .
J: Toshkent
106.Eron Sosoniylari nechinchi yilgacha Eftaliylarga har yili xiroj to’lab turgan?
J: 554-yilgacha
107. 553—572-yillarda Turk hoqonligida hukmronlik qilgan hukmdorni aniqlang.
J: Mug'onxon
108.Mug‘onxon 558-yilda jujanlarga soMiggi bor qaqshatqich zarba berib, o‘z davlati hukmronligini qaysi hudularga qadar kengaytirdi?
J: Tinch okeanigacha
109.659-yiIda Sharqiy Turk xoqonligini o‘ziga bo'ysundirgan davlatni aniqlang.
J: Xitoy Tan sulolasi
110.Sug’d yozuvi nechta belidan iborat bo’lganligini aniqlang
J: 25 ta
111. 654-yilda Maymurg’ qa’lasini zabt etgan arab lashkarboshisini aniqlang.
J: Ziyod ibn Abusofiyon
112. 720—723-yillarda Sug‘diyonada yuz bergan G‘urak (Samarqand hukmdori) va Devashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirgan Xuroson noibini aniqlang
J: Said Xaroshiy
113. Miloddan avvalgi VII asrda Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllangan davlatni aniqlang.
J: Sogdiyona
114. 1230-yil 10-avgustda qaysi shahar yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. =Isfahon
J: Arzinjon yaqinida
115.Chingizxon o‘z hukmronligining so'nggi davrlariga kelib, 1224- yilda o‘z qo‘l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o'rtasida taqsim qilganda, kenja o’g’li Tulixonga qaysi hududlar suyurg’ol qilib berilgan?
J: Mo'g'uliston, Xitoy va Qirgiziston
116.Mo’g’ullar davridagi targ’u solig’ining miqdori qancha edi?
J: 1/30 ( ottizdan bir )
117. 1238—1289 yillarda Movorounnahrga noiblik qilgan shaxsni aniqlang.
J: Masudbek
118. Amir Qazog‘on o’ldirilgan yilni aniqlang.
J: 1358-yil
119. «Xusrav va Shirin» asari muallifini aniqlang.
J: Qutb
120. «Suhayl va Guldursin» asari muallifini aniqlang.
J: Sayfi Saroyi
121. «Masnaviyi ma’naviy» asari muallifini aniqlang.
J: Jaloliddin Rumiy
122.Qaysi asar o‘zbek nasrining dastlabki namunasi sifatida qimmatlidir?
J: Qissasi Rabguziy
123. «Ularning o‘rtalarida sadoqat va do‘stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning ko‘ngli makr va g'addorlik o‘y-xayolidan bo‘shamasdi» ushbu jumlalar muallifini aniqlang.
J: Sharafiddin Ali Yazdiy
124. Amir Temur vasiyatiga ko'ra, uning o'rnini nabirasi Pirmuhammad egallashi kerak edi, u qaysi hududlar hukmdori edi?
J: Qabul(Kobul), Qandahor, va Shimoliy Hindiston
125.Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan shaharni aniqlang.
J: Sultoniya
126.Qachon Mirzo Ulug‘bek davlatida pul islohoti o’tkazgan.
J: 1428-yilda
127. «Risola dar ilmi hisob» asari muallifini aniqlang.
J: Ali Qushchi
128. Temuriylar davrining mashhur xattoti «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoniga sazovor bo’lgan shaxsni aniqlang.
J: Sultonali Mashhadiy
129.Hirotda «Nigoriston» nomli badiiy akademiya kimning tashabbusi bilan tashkil etilgan?
J: Boysungur Mirzo
130. Alisher Navoiyning qaysi asarida xalq qo‘shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etgan?
J: Mezon ul-avzon
131. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur bo‘lgan siymolar- dan biri Abduqodir Go‘yanda yashab ijod qilgan yillarni aniqlang.
J: 1334-1435-yillar
132.Abdullaxon II tomonidan 1584-yilda zabt etilgan hududni aniqlang.
J: Badaxshon
133.1711-1747-yillarda hukmronlik qilgan ashtarxoniy hukmdorni aniqlang.
J: Abulfayzxon
134. Xorazm 1505-yilda Muhammad Shayboniy tomonidan egallagandan so’ng kimni Xorazmga noib etib tayinlagan?
J: Kepakbiy
135.Rossiya imperiyasi davrida Toshkentda qachon kutubxona ochilgan?
J: 1879-yil
136.Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabi tashkil etilgan yilni aniqlang.
J: 1884-yil
137. Podshoh ma’muriyati Turkistonning doimiy egasi bo‘lish uchun «ko‘chirish» siyosatini qo‘llashi natijasida dastlabki rus qishlog’i qayerda tashkil topgan?
J: Avliyota
138.Turkistonda dastlabki ot tortuvchi tramvay qachon paydo bo’lgan?
J: 1901-yil
139.1877-yilda Toshkentda tashkil etilgan Dumaga 80 mingdan ortiq aholi yashaydigan Eski shahar qismidan qancha deputat saylanish huquqi berilgan?
J: 21 nafar
140.Rossiya-Afg'oniston chegarasi 1895-yilda qayerdagi chegarasi belgilandi?
J: Pomirdagi
141. 1867-yilda «Turkiston o'lkasini boshqarish tartibi haqida Muvaqqat Nizom» loyihasini tuzgan podsho Rossiyasi amaldorlarini aniqlang
J: Milyutin va Gers
142.Rossiya imperiyasi qo’shinlari qachon Marv shahrini bosib olishdi?
J: 1884-yil
143.Farg’onada Po’latxon dorga osilgan sanani aniqlang.
J: 1876-yil 1-mart
144. 1866-yilda Turkiston viloyati gubernatori M.Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirtirilgandan so’ng uning o’rniga kim viloyat gubernatorligiga tayinlangan?
J: Romanovskiy
145. Xudoyorxon hokimiyatiga qarshi 1854-yilda qipchoqlar qaysi hududlarda isyon ko’tarishgan?
J: Andijon va Margilonda
146.1766-1801-yillarda hukmronlik qilgan Qo’qon hukmdorini aniqlang.
J: Norbo'tabiy
147.Xiva xonligida yuzboshi lavozimidagi shaxslarga qanchadan maosh to’langan?
J: 10-20 tanga
148. Katta va Kichik Ergashlar qaysi hududda sovetlarga qarshi qurolli harakatlarni uyushtigan?
J: Fargonada
149.Kidariylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
J: Balx
150.Eftallar hukmdori Vaxshunvor 457-yilda qaysi hududlarni egallab oladi?
J: Chag'oniyon, Toxariston va Badaxshon
151.Qachon turklar Tinch okeani bo‘ylariga chiqdi?
J: 558-yil
152.Turk xoqonligida o‘n o‘q el sardori bir tuman (10 ming) qo‘shinni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi qanday atalgan?
J: Shod
153.Maymurg‘ qachon arablar tomonidan egallangan?
J: 654-yil
154.Arablarning Chag‘oniyonga hujumi qachon boshlangan?
J: 667-yil
155.Qutayba ibn Muslim qachon Xurosonga noib etib tayinlangan?
J: 705-yil
156.O‘rta Osiyoda arablar tomonidan joriy etilgan yer solig‘i qanday atalgan ?
J: Xiroj
157. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining boshlig‘i Muqannaning haqiqiy ismini aniqlang.
J: Hoshim ibn Hakim
158.Rofe ibn Lays boshchiligidagi xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon qachon boshlandi?
J: 806-yil
159.Somoniylardan kim birinchi bo‘lib, Samarqandni markazga aylantiradi?
J: Nasr l
160.Quyidagi somoniy hukmdorlardan qaysi biri oldin hukmronlik qilgan ?
J: Variantlaga bog'liq
161.Mahmud G‘aznaviyning hukmronlik yillarini aniqlang.
J: 997-1030
161.Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlagan yilni aniqlang.
J: 992-yil
162.Xorazmshoh Otsizning hukmronlik yillarini aniqlang.
J: 1127-1156-yillar
163.Xorazmshohlar davrida qaysi lavozim egasi sultonga beriladigan ovqat,ichimliklarni tekshiruvgan?
J: Chashnigir
164.Ahmad Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysidagi qaysi shaharda tavallud topgan?
J: Quva shahrida
165.797-865-yillarda yashagan allomani toping.
J: al-Fargoniy
166.Ma’mun Akademiyasi qachon tashkil topgan?
J: 1004-yil
167.Mustaqilllik yillarida buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning necha yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi?
J: 1225 yilligi
168. Qurolli harakatning yetakchisi Madaminbek oldin qanday avozimda ishlagan?
J: Margilonda militsiya boshligi
169.Imom al-Buxoriyning zamondoshi bo‘lgan allomani aniqlang.
J: Al-Hofiz Ahmad ibn Handum
170.Najmiddin Kubro nechanchi yillarda yashab ijod etgan?
J: 1145-1221-yillar
171. 1918-yil martdagi qo`rboshilarning birinchi qurultoyida Katta Ergash qanday lavozimni egalladi
J: Amir al-Muslimin
172.1216-yil Xorazmshoh tomonidan Chingizxon saltanatiga yuborilgan elchilarga kim boshchilik qiladi?
J: Bahouddin Roziy
173.Movarounnahr noibi Mas’udbek qachon pul islohotini amalga oshirgan?
J: 1271-yil
174.Amir Temur Xorazmga qarshi necha marta yurish qilgan ?
J: 5 marta
175. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g`alaba bilan Amir Temurni qaysi davlat hukmdorlari tabriklab, unga o`z muboraknomalarini yuboradilar?
J: Angliya, Fransiya, Kastiliya va Lion
176.Shohrux Mirzo qachon halok bo‘lgan?
J: 1447-yil 12-mart
177.Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarida nechta qo‘zg‘almas yulduzning o‘rni va holati aniqlanib, ularning jadvali tuziladi?
J: 1018 ta
178.Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi qurib bitkazilgan yilni aniqlang.
J: 1429-yil
179.”Yusuf va Zulayho” asari kimning qalamiga mansub?
J: Durbek
180.Buxoro xonligida mamlakatda sud ishlariga kim yetakchilik qilgan?
J: Qozikalon ( Bosh Qozi )
181.Shayboniylardan kimning davrida ayniqsa sun’iy sug’orish ishlari rivojlangan?
J: Abdullaxon ll
182.“Abdullanoma” asarining muallifi kim?
J: Hofiz Tanish al-Buxoriy
183.Ashtarxoniylar Chingizxonning qaysi o’g’li naslidan edi?
J: Jo'ji naslidan
184.Yormuhammad boshchiligidagi Ashtarxoniylar Buxoro shahriga kelganda shahr hukmdori kim edi?
J: Iskandarxon
185.Xalq Shohmurodga hurmat bilan qandayunvonini bergan?
J: Amiri Mas'um ( Begunoh amir )
186.Quyidagi shaharlardan qaysi biri O’rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olish uchun asosiy yo’lak, harbiy qo’shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy edi?
J: Toshkent
187.Oqmachit qal’asi bosib olingandan so’ng unga qanday nom beriladi?
J: Perovskiy forti
188.Qachon Avliyota rus qo’shinlari tomonidan bosib olingan?
J: 1864-yil 4-iyun
189.Amirlashkar Aliquli vafot etgan sanani aniqlang.
J: 1865-yil 9-may
190.M.Chernyayev Toshkentga hujum qilganda, toshkentliklar kim boshchiligida qattiq qarshilik ko’rsatadilar?
J: Alimqul
191.Turkistonning birinchi gubernatori etib kim tayinlangan?
J: fon Kaufman
192.Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyati qachon tashkil etilgan?
J: 1876-yil 19-fevral
193. S.M.Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori lavozida faoliyat ko’rsatgan?
J: 1898-1901-yillar
194. 1886- yilgi “Nizom” asosida qayerda Rossiya siyosiy agentligi ta'sis etilgan?
J: Buxoroda
195. 1884-yilda dastlabki rus-tuzem maktabi qayerda ochilgan?
J: Toshkent
196.Turkistonda dastlabki muzey qachon ochilgan?
J: 1876-yil
197. 1885-1892-yillarda Rossiya imperiyasiga qarshi 205 marta qo’zg’olonlar qaysi hududlarda bo’lib o’tgan?
J: Fargonada
198.“Vabo isyoni” tarixda yana qanday nom olgan?
J: Toshotar voqeasi
199. Toshkentda “Vabo isyoni” qachon boshlangan?
J: 1892-yil 18-iyun
200. Quyidagilardan qaysi biri XIX asr oxirida Turkistondagi milliy-ozodlik kurashlariga boshchilik qilmagan?
J: Variantlaga bog'liq bu savolni javobi
201.Ommaviy safarbarlikning e’lon qilinishi oqibatida, Turkiston o’lkasidan necha yoshdan necha yoshgacha bo’lgan aholi chaqirildi?
J: 19 yoshdan 43 yoshgacha
202.Qachon Nikolay II mahalliy aholini front ortidagi ishlar, ya’ni mardikorlikka olish to’g’risidagi Farmonga imzo chekdi?
J: 1916-yil 25-iyun
203.Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida qachon mardikorlikka olish to’g’risidagi farmon e’lon qilingan?
J: 1916-yil 3-iyul
204. G.Rozenbax qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan?
J: 18884-1889-yillarda
205. Al-Izoh jurnali quydagi qaysi firqaning g’oyalarini ifodalagan?
J: Sho'royi Ulamo
206. XVII-asrdagi Sherdor va Tilakori madrasalarini kim qurdirgan ?
J: Yalangtush Bahodir
207. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida yashamagan xalqlarni aniqlang
J: Variantlaga bog'liq
208. ’’Avesto’’ning alohida qismlarini ilk marotaba kim tarjima qilgan ?
J: Dyuperron
209.Bobur davlat ishlarini kimlar yordamida boshqargan ?
J: Hoji Qozi
210.Abulxayrxon tuzgan davlat qachon parchalanib ketadi ?
J: 1468-yil
211.Shaybonixon qachon Samarqandni uzil-kesil egalladi ?
J: 1501-yil
212.Shaybonixon qachon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini bosib oldi ?
J: 1503-yilda
213.Qachon Shaybonixon Farg’onani bosib oladi va Movarounnahrda o’z
hukmronligini o’rnatadi ?
J: 1504-yil
214. Shaybonixon 1505-yilda Xorazmni, 1506-yilda Balxni, 1507-yilda qayerni
bosib oladi ?
J: Hirot
215. Amirlikda amir qo’shininig bosh qo’mondoni kim hisoblangan ?
J: To'pchiboshi
216. Buxoro Amirligida shaharlarda tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul
hisoblangan ?
J: Mirshabboshi
217.Xiva Xonligidagi tartib-intizom ishlariga kim mas’ul hisoblangan ?
J: Yasovulboshi
218.Ruhoniylar foydasiga qanday solig’ undrilgan ?
J: Ushr
219. 1921-yil davomida qaysi Markaziy Osiyo respublikasida 3 marta hukumat almashgan?
J: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ( XXSR )
220. «Kolesov voqeasi» nechinchi yilda sodir bo’lgan?
J: 1918-yil martda
221. 1918-yil sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan tuzilgan Buxoro Kompartiyasi va uning Markaziy Qo'mitasi raisi lavozimiga tayinlangan shaxsni aniqlang.
J: A.Yoqubov
222. «Yosh buxoroliklar» tashabbusi bilan 1920-yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan gazetani aniqlang.
J: "Uchqun" gazetasi
223. Amir Olimxon Buxoro shahrini tark etgan sanani aniqlang.
J: 1920-yil 2-sentabr
224.Nechinchi yilda BXSR va RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim imzolandi?
J: 1921-yil 4-martda
225. Qachon RKP(b) MQ «Turkiston—Buxoro ishlari haqida» qaror qabul qildi?
J: 1922-yil mayida
226.Qachon Buxoro XSRning dastlabki Konstitutsiyasi qabul qilindi?
J: 1921-yil sentabr
227. O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzilgan yilni aniqlang.
J: 1923-yil martda
228. Nechinchi Butun Buxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik
Respublikasi deb e ’lon qildi
J: V (5) qurultoyda
229.Turkiston Milliy ozodlik kurashchilaridan Skobelev (Farg‘ona) uyezdida qo’rboshilik qilgan rahnamoni aniqlang.
J: Madaminbek
230.Turkiston Milliy ozodlik kurashchilaridan Namangan uyezdida qo’rboshilik qilgan rahnamoni aniqlang.
J: Omon Palvon, Rahmonqul
231. Turkiston Milliy ozodlik kurashchilaridan O‘zganda qo’rboshilik qilgan rahnamoni aniqlang.
J: Jonibek Qozi
232. 1918-yil kuziga kelib, uning qo‘l ostida har birida 20 dan 1800 nafargacha yigiti bo'lgan nechta qo‘rboshi guruhlari harakat qilayotgandi?
J: 70 ta
233. Turkiston Milliy ozodlik kurashchilaridan Madaminbek qo’l ostida qancha jangovar yigitlar to’plangan edi?
J: 5 ming yigit
234. 1918-yil martida Qo'qon uyezdining Bachqir qishlog‘ida o’tkazilgan qo’rboshilar qurultoyida kim «Amir al-Muslimin» unvoniga sazovor bo’ldi?
J: Katta Ergash
235. 1892—1920-yillarda yashagan qo’rboshini aniqlang?
J: Madaminbek
236. 1919-yil aprel oyida Namangan va Qo‘qon shaharlari atroflaridagi janglarda qaysi qo’rboshi g‘olib keldi?
J: Madaminbek
237. Quyida keltirilgan so’zlar kimga tegishli «... bu yerdagi Sovet hokimiyati ilk tuzilishi davrida rus va yerli ishchi, dehqon om m alarini o‘ziga tortish o'rniga, mehnatkash xalqni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqarishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning mulki emas, balki o‘rtahol dehqonlarniki ham tortib olindi... Bu yerda harakat qilgan Qizil Askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu dodiga quloq solmadi. Bosmachilar harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilar — oddiy
qaroqchilar emas. Unda ularni tez yo‘q qilish mumkin bo‘lardi».
J: Frunze
238. Sharqiy Buxoro hududlari bo‘ylab keng yoyilgan harakatlarning taniqli rahnamosi bo’lgan shaxsni aniqlang.
J: Ibrohimbek
239. «Yagona Turkiston g‘oyasi»ni ilgari surgan Turkiston ASSR MIQ Raisini aniqlang.
J: Turor Risqulov
240. Butun Rossiya Sovetlarining nechinchi syezdida, sovet respublikalarini yagona Sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi?
J: X (10) syezdda
241. SSSRni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasi tasdiqlangan sanani aniqlang.
J: 1922-yil 29-dekabr
242. Belorussiyadan SSSR MIQ Rayosatiga saylangan shaxsni aniqlang.
J: A.G.Chervyakov
243. Turkistonni bo’lish siyosatiga qarshi chiqqan Xorazm respublikasining vakillarini aniqlang
J: Odinayev, Abdusalomov, S. Xo‘janov, S. Asfandiyorov
244. Qachon SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tomonidan O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi o'tkazish tadbirlari to'la ma’qullandi?
J: 1924-yil 14-oktabr
245. O’zbekiston SSRning birinchi rahbari etib tayinlangan shaxsni aniqlang.
J: Fayzulla Xojayev
246. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda Respublika aholisi qancha edi?
J: 4 mln 447 ming 55 kishi
247. « O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya» e’lon qilingan sanani aniqlang.
J: 1925-yil 17-fevral
248. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda O‘zbekiston SSR Sovetlari MIQ raisiligiga kim tayinlangan ?
J: Yo'ldosh Oxunboboyev
249. O‘zbekiston Kompartiyasi I ta’sis syezdi qaysi shaharda bo’lib o’tgan?
J: Buxoroda
250. Nechinchi yilda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi?
J: 1921-yil martda
251. Turkistonda paxta ekiladigan maydonlar 1924-yilda 1921 -yilga nisbatan nechi barobarga ko’paydi?
J: 3 barobar
252. VKP(b)ning nechinchi syezdida industrlashtirish haqida qaror qabul qilindi?
J: XIV (14) syezdida
253. Industrlashtirish davrida respublikada nechta paxta tozalash zavodlari barpo etilgan?
J: 17 ta
254. Industrlashtirishning birinchi besh yilligida (1928— 1932) nechta sanoat korxonasi barpo etildi?
J: 289 ta
255. 1925— 1940-yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni nechtaga yetgan?
J: 49 ta
256. O’zbekiston aholisi 1926-yildan to 1940-yilga qadar ko’chib kelganlar hisobiga qanchaga ko’paydi?
J: 750 ming kishi
257. «Asturlob yasash haqida kitob» muallifini aniqlang.
J: al-Fargoniy
258. XII—XIII asr boshlarida yashagan allomani aniqlang.
J: Mahmud Chagminiy
259. Sharqda falsafa ilmini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan allomani aniqlang.
J: Abu Nasr Forobiy
260. 935—993-yillarda yashagan allomani aniqlang.
J: Abu Bakr al-Xorazmiy
261.Qaysi buyuk qomusiy olim «Al-Muallim as-soniy» — «Ikkinchi muallim» nomiga sazovor bo’lgan?
J: Abu Nasr Forobiy
262. 10 jildli «Arab tilt kitobi» qaysi alloma qalamiga mansubligini aniqlang?
J: Zamaxshariy
263.Qaysi bir tarixiy asarda arablarning O‘rta Osiyoni zabt etib, kirib kelishi, mashhur Muqanna qo‘zg‘oloni, shuningdek, somoniylar davridagi davlat boshqaruv tizimi, pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayotiga oid ko‘plab qiziqarli m a’lumotlar aks etgan?
J: Buxoro tarixi (Narshaxiy)
264. «Xutbalar va va’zlar bayonida oltin shodalar» asari muallifini aniqlang.
J: Zamaxshariy
265. «Qutadg‘u bilik» asarini chinliklar qanday atashgan?
J: Adab ul-muluk
266. 858—941-yillarda yashagan shoirni aniqlang.
J: Abu Abdulloh Rudakiy
267. Abulqosim Firdavsiy yashab ijod qilgan yillarni aniqlang.
J: 934-1030-yillar .
268. 1027—1114-yillarda yashab ijod etgan kalom ilmining yirik namoyondasini aniqlang?
J: Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy
269. 1041—1167-yillarda yashagan tariqat asoschisini aniqlang.
J: Ahmad Yasaviy
270.Chingizxon 1206—1211-yillar davomida qaysi hududlarni zabt etgan?
J: Sibir va Sharqiy Turkiston
271. Qaysi tarixiy asarda «... O‘trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatli om qildilar... 0 ‘tror hisorini qo‘lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarm andlarning ba’zilarini hibsga oldilar, ba’zilarni esa qul qilib haydadilar» deb yozilgan?
J: "To'rt ulus tarixi" (Mirzo Ulugbek)
272. Chingizxon qaysi shaharni 12 kunlik qamaldan so’ng zabt etdi?
J: Buxoro
273. Jaloliddin Manguberdi Gurganchga yetib kelganda, Qipchoq amirlari kimni sulton deb e’lon qilishgan?
J: Turkon Xotunning akasi Xumorteginni
274. «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etilgan yilni aniqlang.
J: 2000-yil 30-avgust
275. 1224—1242-yillarda Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan hukmdorni aniqlang.
J: Chigatoy
276.Qarshi shahriga asos solgan hukmdorni aniqlang.
J: Kebekxon
277. Tarmashirin hukmronligi davrida qaysi shaharda ko'plab kumush tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan?
J: O'trorda
278. Qaysi mo’gul hukmdori Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tub joy aholi manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo‘g‘ul va turk amirlari, no‘yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi
J: Qozonxon
279. Qozonxon o‘zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi bilan Buxoro oralig‘ida (hozirgi Muborak tum ani hududida) qaysi mashhur qal’ani qurdirdi?
J: Zanjirsaroy
280. Amir Qazog‘on o’ldirilgan yilni aniqlang.
J: 1358-yil
281. «Dunyo savdo ahli bilan obod bo'lajak» ushbu jumlalar kimga tegishli?
J: Amir Temur
282. Qaysi hukmdor dunyo tarixida birinchi bo‘lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratgan?
J: Amir Temur
283. O‘zbekistonda eng yirik gidroelektrostansiya Farhod GESi qurilishi qachon boshlangan?
J: 1943-yil
284. O‘z SSR XKS Bekobodda metallurgiya zavodi qurish to ‘g‘risida qachon qaror qabul qildi?
J: 1942-yil 17-iyun
285. 1941 — 1945-yillarda O’zbekiston SSRda temiryo’llar uzunligi nechi barobarga ko’paydi?
J: 2 barobar
286. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zKP(b) MQning birinchi kotibi lavozimida ishlagan shaxsni aniqlang.
J: Usmon Yusupov
287. Turangli temir konini topgan geologni aniqlang.
J: A.S.Uklonskiy
288. Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan O'zbekistonga nechta oliy o'quv yurtlari ko'chirilib keltirilgan?
J: 31 ta
289. Quyida keltirilgan javobda ikkinchi jahon urushi yillarida Hamid Olimjon tomonidan yozilgan she’rni aniqlang.
J: Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol», «Sharqdan G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jangchi Tursun» va «Roksananing ko‘z yoshlari» shu she'rlardan bittasi tushadide variantga o'shani tanlesila
290. Ikkinchi jahon urushi yillarida qaysi shaharlarda yangi teatrlar ochildi?
J: Toshkent va Andijon
291. «Bosqinchilarga o‘lim» pyesasi muallifini aniqlang.
J: K.Yashin
292. Ikkinchi jahon urushi yillarida qancha ingush millatiga mansub odamlar ko’chirilib keltirilgan?
J: 157 ming
293. Ikkinchi jahon urushi yillarida jasorat ko’rsatgan Janubi-g'arbiy front tarkibidagi 353-tog'-o'qchi polki jangchisini aniqlang.
J: Qo‘chqor Turdiyev
294. «Oryol» diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o'qchi diviziya tarkibida jang qilgan farg'onalik jangchini aniqlang.
J: Ahmadjon Shukurov
295. Belorussiyaning hozirgi qaysi qishlog’i Mamadali Topiboldiyev nomi bilan ataladi?
J: Pisarevo
296. Toshkent metropoliteni kimning tashabbusi bilan qurilgan?
J: Sharof Rashidov
297. Quyidagilardan Xiva xonligida hukmronlik qilgan qo‘ng‘irotlar sulolasining so‘nggi vakilini toping.
J: Said Abdulla
298. Qaysi shaharda miting va qo’zg’olonlar boshlanib, fevral inqilobi g’alabasi bilan yakunlandi?
J: Petrograd
299. O‘zbek milliy musiqasini rivojlantirishda
o‘zbek kompozitorlaridan kimlar kata mehnat
qildilar?
J: To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Mutavakkil Burhonov
300. XII qchaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi ...da o‘z ishini boshladi.
J: 1991-yil 31-avgustda
301. «Matlai sa’dayn va Majmai bahrayn» asari muallifini aniqlang.
J: A.Samarqandiy
302.«Habib us-siyar fi-axboru afod ul-bashar» asari muallifini aniqlang.
J: Xondamir
Q303.O’zbekaiston Respublikasi bosh vaziri lavozimi qachon ta’sis etilgan?
J: 1992-yil 4-yanvar
304. «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun qachon e’lon qilindi?
J: 1999-yil
305. 1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasida qanday lavozim ta’sis etildi?
J: _______
306. Konstitutsiyaning nechinchi moddasida « O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar» deb yozilgan?
J: _______
307. Verevkin – Raxalskiy 1920 yil 6 martda qayri qo`rboshi bilan yarashuv bitimini imzolagan?
J: Madaminbek
308. Ruslar bilan bitimga kelishgan Madaminbekning taqdiri nima bo`ldi?
J: Shermuhammad va Xolxoja tomonidan qatl etildi
309. Ruslar bilan 1921 yil muzokaraga kirishgan qo`rboshilar qanday talablarni qo`ydi?
J: ______
310. Qo`rboshilar orasida eng ko`p (6 yil) kurashgan yetakchi kim edi?
J: Katta Ergash
311. «Farg`ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati» tarkibi necha kishidan iborat edi?
J: 24 kishi umumiy (16 ta mahalliy aholi + 8 ta rus)
312. II-jahon urushida quyidagilardan qaysi zavodlar ko`chirib keltirilgan?
J: Variantlaga bog'liq.
313. Tarixda Shomahmudovlar oilasi qanday o`rin tutgan?
J: Urush davrida 15 ta bolani o'z qaramog'iga olgan
314. Qaysi o`zbek kinosi urush daqvrida voqealariga asoslangan?
J: _______
315. II-jahon urushida keltirilgan gospitallar kimlarga xizmat ko`rsatgan?
J: Urushda yaralangan, jarohat olgan askarlaga
316. II-jahon urushida chiqarilgan zayom nima edi?
J: _______
317. Urushda shaharlarda bir kunda qancha gramm non tarqatilgan?
J: 300-400 gramm
318. II- jahon urushi qachon yakuniga yetdi?
J: 1945-yil 2-sentabr
319.23 ta fashistni yer tishlatgan qahramon o`zbek ayol qahramoni kim edi?
J: Zebo Ganiyeva
320. II-jahon urushida general unvonini olgan o`zbek janchisi kim edi?
J: Sobir Rahimov
321. 1990 yil 24 mart kuni O`zbekistonda qanday lavozim joriy etildi?
J: Prezident lavozimi
322. Harakatlar strategiyasining asosiy yo`nalishlari nechta?
J: 5 ta
323. Harakatlar strategiyasining to`rtinchi yo`nalishi nima haqida?
J: Ijtimoiy sohani rivojlantirish
324. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini nechanchi yillarni qamrab oladi?
J: 2017-2021
325. “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” Harakatlar strategiyasini qaysi yo‘nalishida aks etgan?
J: Uchinchi yonalish
326. 2021-yil yurtimizda qanday nom bilan ataldi?
J: Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
327. 1992 yil 2 mart kuni O`zbekiston qaysi tashkilotga a’zo bo`lib kirdi?
J: BMT
328. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchi tan olgan davlatni toping.
J: Gruziya
329. Yengil avtomobil ishlab chiqarish sohasida O`zbekiston ilk bor qaysi davlat bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan?
J: Janubiy Koreya
330. O`zbekiston so`nggi prezidentlik saylovlari qachon bo`lib o`tdi?
J: 2016 yil 4-dekabrda
331. Birinchi yo'nalishda nechta band qamrab olinadi?
J: 3 ta
332. Birinchi yo'nalishning maqsadi?
J: Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish
333. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo'nalishi nechta banddan iborat?
J: 6 ta
334. Korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish borasidagi masalalar nechanchi yo'nalishning bandida keltirilgan?
J: Ikkinchi
335. Diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish ikkinchi yo'nalishning qaysi bandida vazifa etib belgilangan?
J: Ikkinchi
336. Ikkinchi yo'nalishning 6 bandi qanday nomlanadi? J: Yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish
337. Ikkinchi yo'nalishning 6 bandida qamrab olingan vazifalarni aniqlang?
J: Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, notariat tizimini va FHDYO organlarini isloh qilish va h.k.
338. Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishi qanday nomlanadi? J: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
339. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari nechta bandni qamrab olgan? J: 5 ta
340. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlarida qanday vazifalar qamrab olingan? J: Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va boshqa vazifalar
341.Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish borasidagi masalalar J: Uchinchi yonalish
Do'stlaringiz bilan baham: |