Laboratoriya ishi №20 Nоmа`lum mоddаni idеntifikаtsiya qilish. Funktsiоnаl guruhlаrgа хоs tаjribаlаr qilish
Spirtlarning sifat analizi reaksiyalari 1. Na metali bilan ta’siri. Toza va quruq prabirkaga 2 ml dan quyidagi: birinchisiga etil, ikkinchisiga izopropil va uchunchisiga amil sipirtlari solinadi. Har bir probirkaga Na metali bo’lakchalari solinadi. Reaksiya tezligi kuzatiladi.
Raksiya tenglamalarini yozing.
2. Ruh xlorid eritmasi bilan ta’siri (Lukas namunasi) Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni bir-biridan farq qilishi uchun spirtlarning konsentirlangan xlorid kislotadagi ZnCl2 eritmasi bilan ta’sirida radikal bilan bog’langan oksigruppa o’zgaruvchanligiga qarab aniqlanadi.
ROH+HCl RCl +H2O Uchlamchi spirtlar bu reaktiv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Suvda erimaydigan galogenalkillar hosil qilinadi. Birlamchi spirtlar esa uzoq muddatli qizdirishdan song ta’sirlashadi. Ikkilamchi spirtlar oraliq o’rinni egallaydi. Tajriba: 1,6g ZnCl2 ning 1ml HCl dagi eritmasi tayyorlanadi va 3 qismga ajratiladi. Har bir qismga 3-4 tomchidan mos holda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar solinadi. Kuchli qozg’atilib 25o-30o C suv solingan stakanda qoldiriladi. Reaksiya boshlanganligini eritmaning galogenalkil hosil bo’lishi hisobiga loyqalanishidan bilish mumkin. Har bir probirkada loyqalanish vaqti belgilanadi, uchlamchi va ikkilamchi spirtlarni quyidagicha ZnCl2 siz farq qilish mumkin. Bunday hollarda uchlamchi spirtlar konsentirlangan HCl bilan 3-5 minutda ta’sirlashadi. Ikkilamchi spirtlar esa reaksiyaga kirishmaydi.
3. Etil spirtining KMnO4 bilan oqsidlanishi. Pipetka yordamida shtativga mahkamlangan probirka devorlariga tekkizmasdan ehtiyotkorlik bilan 5ml konsentrlangan HCl kiritiladi. Shundan so’ng boshqa pipetka yordamida idish devorlaridan etil spirti kiritiladi. (2qatlam hosil bolishi kerak) 1-1,5g KMnO4 probirkaga solinadi. Bir qancha vaqt o’tgandan song ikki suyuqlik chegarasida yorqin chaqnashlar yuz beradi. Sirka aldegidning hidi tarqaladi. Etil spirting KMnO4 ishtirokida sirka aldegidga aylanish tenglamasini yozing.
4. Mis gliserati va glikolyatining olinishi. Probirkaga 3-4 tomchi 2% li CuSO4 va 2-3 ml 10% li NaOH eritmasi quyiladi. Hosil bo’lgan havorang cho’kmaga bir necha tomchi glitserin solinadi. Aralashtiriladi, bunda cho’kma eriydi va eritma Cu glitserati hosil bo’lish hisobiga butakuz guli rangiga kiradi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba takrorlanadi. Glitserin o’rniga etilenglikol ishlatiladi.