Nafas tizimi filogenezi va buzilishi



Download 28,27 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi28,27 Kb.
#574429
Bog'liq
Nafas tizimi filogenezi va buzilishi

Nafas tizimi filogenezi va buzilishi




Reja:
  1. Nafas olish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari


  2. O’tkir bronxit

  3. Surunkali bronxitlar
  4. Bronxial astma

Nafas a’zolari tizimi burun yo’llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pkani o’z ichiga oladi. O’pka tashqi tomondan yupqa elastik biriktiruvchi to’qima—plevra pardasi bilan o’ralgan bo’ladi. O’ng o’pka uch: ustki, pastki, o’rta; chap o’pka esa ikki: ustki va pastki bo’lakdan tashkil topgan. O’pka ko’krak qafasida joylashgan. O’ng va chap o’pka o’rtasida kekirdak, qizilo’ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari va yurak joylashgan. O’pkaning pastki yuzasi ko’krak bilan qorin o’rtasidagi to’siq — diafragmaga tegib turadi.


Havo burun yo’llari orqali traxeyaga o’tadi, traxeya o’ng va chap bronxlardan iborat bo’lib, ular o’pkaning tegishli bo’laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo’linib ketgan, ular bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo’shliqlar — alveolalar bilan tugallanadi. Alveolalar juda mayda qon tomirlari — kapillarlar to’ri bilan o’ralgan. Alveolalarda gazlar almashinuvi ro’y beradi. Bu yerga kirgan havodan alveolalarni o’rab turgan kapillarlarga kislorod o’tadi.
Organizmni kislorod bilan ta’minlash ishini eritrotsitlar bajaradi. Gazlar almashinuvi jarayonida karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi, bu gaz havo yo’llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olganda o’pka kengayadi, o’pkaga taxminan 700 sm3 hajm havo kiradi. Nafas chiqarilganda ko’krak qafasi hajmi kichrayadi. Sog’lom odamda nafas harakatlarining soni minutiga 15
— 20 taga teng bo’ladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi: sportchilarda (sog’lom odamlarda) — 5000 ml3; erkaklarda — 2500 ml3 bo’ladi.
Nafas organlari faoliyatini uzunchoq miyada joylashgan nafas olish markazi idora etadi.
O’pka muhim a’zo bo’lib, qon aylanish ham unga bog’liq. O’pka arteriyasi yurakning o’ng qorinchasidan chiqqanidan keyin o’pkada juda katta kapillar to’rini hosil qiladi.

O’tkir bronxit

O’tkir bronxit bronxlarning o’tkir yallig’lanishi, nafas a’zolarida ko’p uchraydigan kasalliklardan biri.
Etiologiyasi. Bakterial agentlar: pnevmokokklar; gripp rivojlanishiga moyillik ko’rsatadigan sabablar: sovuq qotish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tamaki chekish, ba’zi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish, shuningdek, sinusit, gaymoritning yuzaga kelishi uchun sharoit yaratuvchi omillar.
O’tkir bronxit tarkibida yuqori miqdorda azot oksidi, oltingugurt angidridi, xlor, brom, ammiak bug’lari, fosgen, difosgen, iprit, liyuzit, fosfororganik brikmalar bo’lgan havodan, shuningdek, ko’p miqdorda chang-g’uborlar bo’lgan havodan uzoq vaqt nafas olish natijada ham rivojlanishi mumkin.
Patogenezi. Bakteral agent yuqori nafas yo’llari va bronxlarning shilliq qavatini, simpatik nerv tolalari tugunlarini zararlantiradi. Bu zaralanish spetsifik va nospetsifik chidamlilik qobiliyatini keskin kamaytiradi va natijada bronxlar yallig’lanadi.
Klinik manzarasi. Kasallik quruq iztirobli yo’tal, to’sh suyagi atrofida og’riq, yuqori nafas yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga xos o’zgarishlar bilan boshlanib, yallig’lanish bronxlarga tarqalgach, hansirash va ketma-ket yo’talish paydo bo’ladi, bemorlar yo’talish vaqtida ko’krak qafasining pastki qismida og’riq sezadilar. Behollik, terlash, tana haroratining 37,7 — 38°C ga ko’tarilishi, gripp bilan og’rigan bemorlarda esa lablariga uchuq toshishi (herpes labialis) kuzatiladi. Yo’tal bilan avval shilliqlik, keyinchalik shilliqyiringli balg’am (ekssudat) ajraladi.
Perkussiyada o’pkadagi tovush o’zgarmaydi.
Auskultatsiyada o’pkada tarqalgan quruq hushtaksimon yoki g’o’ng’illovchi xirillashlar eshitiladi, yo’taldan so’ng xirillashlar kamayishi kuzatiladi. Kasallikning 2—3- kuni nam xirillash paydo bo’lishi mumkin.
Rentgenogrammada o’zgarish bo’lmaydi.
Tashqi nafas funksiyasi tekshirilganda (spirometr) o’pkaning tiriklik sig’imi 15 — 20% ga kamayadi.
Qonda leykotsitlar ortadi (neytrofillar 8 — 12 · 109/l), ECHT (eritrotsitlarning cho’kish tezligi) ortadi.
Tashxis. O’tkir bronxit, kasallikning o’tkir boshlanishi, yo’tal vaqtida balg’am ko’chishi, zararlanish belgilari, auskultatsiya qilganda avval quruq, keyin nam xirillashlar eshitilishga asoslanadi.
Differensial tashxis. O’tkir bronxitni o’choqli zotiljamdan farqlashda ko’krak qafasini rentgenologik yo’l bilan tekshirish muhim rol o’ynaydi. O’tkir bronxitda rentgenogrammada o’zgarish bo’lmaydi. O’choqli zotiljamda o’pkada qorayish kuzatiladi.
Davolash. O’tkir bronxitning yengil turi bilan og’rigan bemorlar ko’pincha uyda davolanadilar. Og’ir formasida bemorni kasalxonaga yotqizish zarur. Bemor yotgan xona toza, yorug’ va tez-tez shamollatib turiladigan bo’lishi kerak. Issiq, achchiq, qovurilgan ovqatlar, shilliq pardalarni ta’sirlantiradigan mahsulotlar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qat’iyan man etiladi. Bemorni sovuq qotishdan, qattiq isib ketishdan asrash kerak bo’ladi.
Shamollashga qarshi va og’riq qoldiruvchi dorilardan — analgin 0,5 g dan 2—3 mahal, amidopirin 0,5 g dan 2—5 mahal, vitamin C ichish buyuriladi. Balg’am ko’chishini yengillashtirish uchun termopsis, altey damlamasi, mukaltin, bromgeksin 0,008 g, bronxolitin, sodali ingalatsiya buyuriladi. Nafas qisishini to’xtatish uchun teofedrin 0,025 g dan 2 mahal, og’ir holatlarda 6—8 kunga 20—30 mg kortikosteroidlar buyuriladi.
Antibiotiklar: 600 000 — 800 000 TB (ta’sir birlik) penitsillin har 4—6 soatda mushak ostiga yuboriladi. 0,5 g dan streptomitsin, 1000 000 TB gacha oleandomitsin fosfat, sezuvchanlikni aniqlash buyuriladi.
Sulfanilamid preparatlaridan: etazol 0,5 g 4 mahal, sulfadimetoksin 0,5 g dan 3—4 mahal ichish buyuriladi (bemorda qarshi ko’rsatmalar bo’lmasligi kerak).
Chalg’ituvchi vositalar: kurakka gorchichniklar qo’yish, oyoqqa issiq vannalar qilish, ingalatsiya qilish.
Surunkali bronxitlar

Surunkali bronxit, ko’pincha, o’z vaqtida davo qilinmagan va davosi oxirigacha olib borilmagan o’tkir bronxitning oqibati hisoblanadi.
Surunkali bronxitning sabablari: o’z vaqtida davolanmaslik, oxirigacha davolanmaslik, organizmning zaiflashib qolishi, chekish; sovqotish; zararli bug’lar, gazlar, kimyoviy moddalar, xronik pnevmoniya, uremiya, qonning yaxshi aylanmasligi. Xronik bronxitlarda zo’rayib boradigan tarqoq yallig’lanish kuzatiladi, ba’zi sturuktura o’zgarishlar boshlanishi ham mumkin: bronxlarning yupqa tortib qolishi, bronx yo’lining kengayib ketishi shular jumlasidandir.
Tasnifi (A.Kokosov va V.A.Gerasin, 1984): I. Yallig’lanish xarakteriga qarab: — kataral surunkali bronxit; — yiringli surunkali bronxit.
II. Funksional xarakteriga qarab:
— obstruktiv surunkali bronxit;
— obstruktiv bo’lmagan surunkali bronxit.
Klinikasi. Asosiy belgilari: yo’tal, balg’am ajralishi, hansirash. Bemor ertalab uzoq yo’talib, ko’p yoki oz miqdorda shilimshiq aralash yiringli balg’am tashlaydi. Vaqt o’tishi bilan yo’tal kuchayadi, ba’zan xuruj qilib, bemorni faqat kunduzi emas, balki kechasi ham bezovta qila boshlaydi. Kasallik qo’zigan yoki asorat bergan hollarda tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Surunkali bronxit asorat berib, bir qancha patologik holatlar, aksari o’choqli pnevmoniya (bronxopnevmoniya), bronxoektazlar, o’pka emfizemasi va boshqalar paydo bo’lishi mumkin. Surunkali bronxitda o’pka emfizemasining qo’shilishi bemorning hansirab turadigan bo’lishiga olib keladi, ayni vaqtda odam faqat jismoniy zo’riqishdan hansiraydigan bo’lsa, keyinchalik tinch turgan holatlarda ham hansiraydigan bo’lib qoladi. Bemorning teri qoplamlari va ko’zga ko’rinib turadigan shilliq pardalari ko’kimtir tusga kirib, yuzi kerkib turadi. Auskultatsiyada tarqoq quruq va nam xirillashlar eshitiladi.
Tashxis. Rentgenologik tekshiruvda ko’pincha o’zgarish kuzatiladi, o’pka asoslari kuchayib ko’rinadi. Pnevmoskleroz, o’pka emfizemasi, o’pka kasalligida yurak zararlanishi (cor pulmonale) ham qo’shilsa, o’zgarishlar kuzatiladi.
Bronxografiyada bronxoektazlarni aniqlash mumkin.
Bronxoskopiya— traxeya va bronxlar shilliq pardasini ko’zdan kechirish, o’smalar, yaralar diagnostikasi, yot jismlarni chiqarib olish, bronxoektazlarni yuvish. Balg’am va bronxlar yuvilgan suvlarni mikrobiologik va sitologik tekshirishga yuborish. Spirografiya — nafas yetishmasligi aniqlanadi. EKG — cor pulmonale bo’lsa, P tishcha AVF, II, III usullarda o’tkir va yuqori bo’ladi. Qonda leykotitoz o’rtacha, ECHT ortadi, eritrotsitoz, eozinofiliya bo’lishi mumkin. Bioximiyoviy siljishlar: disproteinemiya — albuminlar miqdori kamayishi va globulinlar miqdori ortishi, S-reaktiv oqsil paydo bo’lishi, difenilamin sinamasi, fibrinogen miqdori ortishi kuzatiladi.
Asoratlari. O’tkir va surunkali pnevmoniya, bronxospastik sindrom, bronxoektazlar, bronxial astma, o’pka emfizemasi, diffuz pnevmoskeleroz, nafas yetishmasligi, o’pka kasalligida yurak zararlanishi.
Davolash. Surunkali bronxitni davolash o’tkir bronxitni davolash kabidir. Antibiotiklar dozasi biroz ko’proq buyurilishi mumkin, ba’zan sefimezin, kefzol, sefozolin kabi antibiotiklar buyuriladi. Ba’zi hollarda ikkita va undan ortiq antibiotik qo’shib berilganda, yaxshi natija beradi. Sulfanilamidlar tayinlanadi. Davolashda florani antibiotikka ta’sirchanligini va organizmni antibiotik ko’tara olishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki, bronxitlarning drenaj funksiyasi buzilganligi uchun davolovchi bronxoskopiyadan keng foydalaniladi, bunda bronxlardagi balg’am so’rib olib tashlanadi va bronxlar yuviladi.
Asoratlar bo’lganda: o’pka gipertenziyasini kamaytirish uchun kislorod ingalatsiyasi, ganglioblakatorlar (pentamin, gangleron) buyuriladi. O’ng qorincha yetishmovchiligida yurak glikozidlari, siydik haydovchi vositalar buyuriladi.
Kasallikning oldini olish uchun yuqorida keltirilgan sabablarni bartaraf etish zarur. Organizmni chiniqtirish, surunkali infeksiya o’choqlarini o’z vaqtida aniqlash va davolash uchun mahalliy shifoxonada profilaktik tibbiyot ko’rigidan o’tish lozim.
Parvarishi. Nafas a’zolari kasallikka chalingan bemorlar yorug’, keng, yaxshi shamollatiladigan palatalarda bo’lishlari kerak. Tibbiyot hamshirasi kichik tibbiyot xodimining xonani har kuni ho’llab artib-tozalashini kuzatib boradi. Karavot qulay, bosh tomoni biroz baland qilib ko’tarilgan bo’lishi, bemorni sovqotishdan ehtiyot qilish, yo’tal kuchli bo’lsa, „yumshatadigan“ ichimlik berish, chiqadigan balg’amni maxsus tufdonlarga tashlash kerak. Tibbiyot hamshirasi shifokor ko’rsatmalarini aniq bajarishi, dorini vaqtida, belgilangan soatlarda berishi, bemorlarni hatto tunda davo o’tkazish uchun uyqudan uyg’otishi kerak.
Bronxial astma

Bronxial astma yuqumli-allergik kasallik bo’lib, bronxlar muskulaturasi tortishib, qisqarishi natijasida, odamning birdan nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi, keyin yopishqoq balg’am tashlashi bilan kuzatiladi. Allergen ta’sirida (allergenlar organizmga uzoq vaqt ta’sir qilib turganda) organizmda ma’lum o’zgarishlar paydo bo’lishi kasallik uchun zamin yaratadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, dorilar, turli o’simliklarning gul changlari, gullarning hidlari, kimyoviy modalar, uy changi, soch, yostiq pari, har xil bakteriyalar, zamburug’ mog’orlari, gilam qili, gazetalar, jurnallar, kitoblar changi, ba’zi hasharot yoki hayvonlar (ularning hidi, juni ajralmalari), parfumeriya vositalari va boshqalar allergenlar hisoblanadi.
Bolalarning qizamiq, ko’kyo’tal, zotiljam, bronxit va yuqori nafas yo’llari kasalliklari bilan og’rishi ham bronxial astma paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Patogenezi. Bronxial astma patogenizida uchta faza farq qilinadi:
— antigen va antitanalar bir-biri bilan ta’sirlashib boradigan immunologik faza — boshlab beradigan birinchi mexanizm;
— biologik aktiv moddalar (gistamin, atsetilxolin) hosil bo’lib boradigan patoximiyaviy faza;
— patofiziologik faza. Bunda biologik aktiv moddalar bronxlarning muskulaturasiga ta’sir ko’rsatadi. Muskullar tortishib qisqaradi, mayda bronxlar torayadi, bir talay yopishqoq shilimshiq chiqib, nafas olish qiyinlashadi. Bronxial astmaning avj olishiga allergenlar bilan bir qatorda markaziy nerv sistemasi funksiyalarining buzilishi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Asablar ortiqcha zo’rayadi, kuchli hayajon, qattiq qo’rqish, ko’pincha, bronxial astma tutib qolishiga olib keladigan o’ziga xos bir turtki bo’ladi.
Bronxial astma bir qancha xronik o’pka kasallilari — bronxit, cho’zilib ketgan pnevmoniyaga bog’liqligi aniqlangan. Bronxial astma, ko’pincha, xronik bronxit ustida avj olib boradi. Kasallikning avj olib borishiga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar orasida endokrin sistemasi (jumladan, buyrak usti bezlari) faoliyati buzilishi kuzatiladi. Shunday qilib, bronxial astma tabiatdan allergik kasallik ekanligi, kasallikning avj olib borishida nerv va endokrin o’zgarishlar kabi omillarni istisno etmaydi.

Hulosa
Klinik manzarasi. Odamning, ko’pincha, kechasi nafasi qisib, bo’g’ilib qoladi. Kasallik yanada avj olib borganida xurujlar kunduzi ham tutib turishi mumkin. Odamning sovuq qotib qolishi, asabiylanishi, chekishi, ma’lum bir bo’yoq hidlari, chang (jun changi) ning dimog’ga urilishi va boshqalar bunga sabab bo’lishi mumkin. Kasallik xuruji tutib qolgan mahalda bemor o’tirib oladi, qo’llari bilan karavot yoki o’rindiq chetlariga suyangan holda nafasini yengillashtirishga urinadi. Nafas qisqarganda bemorning lablari, hatto tirnoqlarigacha ko’karib ketadi, yuragi guppillab uradi, uni ter bosadi, bemor nafasi qattiq qisganida hatto o’lib qolaman deb qo’rqadi, xuddi mushukka o’xshab xirillab nafas oladi. Shu paytda spazmni yo’qotadigan birorta dori ichirilsa yoki inyeksiya qilinsa, bemorning nafas olishi yengillashib, yo’tal bilan oq sarg’ish balg’am tashlaydi. So’ng holsizlanib bo’shashib, uyquga ketadi. Bemor ko’zdan kechirib ko’rilganda ko’krak qafasi eng ko’p nafas olish holatida turadi. Perkussiya qilib ko’rilganda timpanik tovush chiqadi. Auskultatsiyada bir talay quruq xirillashlar aniqlanadi. Kasallik xuruji kasallik boshlanishida 10—20 daqiqa, uzoq davom etib borganda bir necha soatgacha cho’ziladi, ba’zan bir sutkadan ortiqroq davom etadi. Bu bemorning ahvoli umuman yomonlashib qolishiga, yurakning o’pka tufayli dekompensatsiyalanishiga olib keladi. Bronxial astma xurujining uzoq tutib turishi astmatik holat deb ataladi. Bronxial astma bilan og’rigan bemorning o’ziga xos „kuymalari“— Krushman spirallari deb ataladigan tuzilmalari (uzunchoq balg’am laxtalari) va atsidofil granulatsitlar (eozinofillar) dan tashkil topgan Sharko — Leyden kristallari bo’ladi. Qon tekshirib ko’rilganda bir talay atsidofil granulotsitlar aniqlanadi.
Tashxis. Tashxis qo’yish bemor shikoyatlarini aniqlash, kasallik va hayoti haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, allergik holatlar bor-yo’qligini aniqlash va bemorni obyektiv tekshirishga asoslangan.


Adabiyotlar:



  1. O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

  2. K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

  3. L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.

  4. N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

  5. V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

  6. E.Y. Qosimov. Ichki kasalliklar propedevtikasi. T., 1998.

  7. Hamshira“ jurnali, T. 2000.




Download 28,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish