24
to‘rtinchi ming yillikka mansub ekanini ko‘rsatmoqda. Qadimshunoslar turkiy
xalqlarning faqat O‘rta Osiyoda emas, umuman
Osiyoning ulkan hududlarini,
qisman Yevropani ishg‘ol qilib yashaganlarini ta’kidlaydilar. Eramizdan avvalgi
ming yillikda ularning mavqei oshgani ko‘rinadi. Turkiylarning qadimiy
davlatchilik tarixi hamda muvaffaqiyatlari ko‘p olimlar tomonidan e’tirof qilingan.
Miloddan avvalgi VII-II asrlarda Janubiy Sibiriya, Enasoy (Yenisey) va Irtish
daryosi bo‘ylari, Vengeriya, Chexiya hamda Slovakiyaning ma’lum qismi, Kasbiy
(Hazar) dengizi bo‘ylari, Eron, Iroq, Suriya va Turkiya davlatlari hududlarini
birlashtirgan katta mavqega ega skif – iskit (forsiylar ularni saklar deb atashgan)
imperiyasi vujudga kelgan. Skiflar bilan bir davrda miloddan avvalgi VII asrlarda
Kengaras davlati ham mavjud edi. Bu davlat Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent,
Buxoro, Xorazmni o‘z ichiga olgan bo‘lib, eramizning V asrlarigacha yashagan.
Skiflardan so‘ng Arshakiylar davlati yuzaga keldi. “Arshak – er sakning o‘zgargan
shakli bo‘lib, jasur, mard, bahodir saklar ma’nosini beradi. Yevropa tarixchilari
ularni kimmerlar deb atashgan. Arshakiylar
davlati Eronning Sharqiy qismi,
Turkmaniston, Anatoliya (Turkiya)ni o‘z ichiga oladi”, deb yozadi
A.Abdurahmonov “Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi” (Eng qadimdan islomgacha
bo‘lgan davr) o‘quv qo‘llanmasida.
Bulardan tashqari, turkiylarning tarixda Ottila xunlari deb yuritiluvchi xun
imperatorligi (so‘nggi hukmdori Ottila (434-453 yillar) hisoblanadi), 367 – 560
yillar oralig‘ida yashagan Oq xun imperatorligi (uning tarkibiga Hindistonning
yarmi, Afg‘oniston va Turkistonning katta qismi kirgan), xuddi shu davrda
Tabg‘ach davlati (bu davlat hududiga Qoshg‘ar,
Turfon viloyatlari, Urxun
vodiysidagi jo‘jan davlatining sharqiy bir qismi kirgan), undan so‘ng Eltarish
xoqon, Bilga xoqon kabilar hukmdorlik qilgan turkiy xalqlar davlatlari mavjud
bo‘lgani turli manbalar va tosh bitiglar orqali ma’lum. Turk xoqonligining Oltoy,
Janubiy Sibir va O‘rta Osiyoning bir qismidagi hukmronligi VIII asrgacha davom
etdi. Bunday imperiya va davlatlarning vujudga kelishi ulardan ham avval bunday
tajriba mavjud bo‘lganidan dalolat beradi.
25
Yunon tarixchilari qadimgi turkiylar yashaydigan hududlarni Skifiya
mamlakati deb ataganlar. Sharqda u Turon nomi bilan yuritilgan. Bu yerda tashkil
topgan davlatlar ularning shakllanishi uchun moddiy imkoniyatlardan tashqari
ma’naviy-madaniy asoslar ham bo‘lganini ko‘rsatadi. Davlatlar harbiy,
iqtisodiy,
siyosiy va huquqiy qudratini shakllantirishi hamda mustahkamlashi uchun ham o‘z
mafkurasini yaratishga va uni targ‘ib-tashviq qilishga ehtiyoj sezardi. Bunday
ehtiyoj ma’naviy-madaniy sohalarni, xususan, adabiyot va san’at rivojini taqozo
qilgani tabiiy. Aytish mumkinki, mazkur davlatlar vujudga kelgunga qadar ijodiy
tasavvurlar ancha shakllangan, san’atkorona ishlar yaratilgan va ular insoniyatning
turmush tarziga ne chog‘li ta’sir o‘tkazishi anglashilib qolgan edi. Saqlanib qolgan
osori atiqalar ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ijodiy tasavvurlarning uyg‘onishi va ilk shakllanishini kishilik ibtidoiy
jamoalarining madaniylashuvi boshlanishi davri bilan bog‘lash mumkin.
Bu juda
uzoq, ehtimol, ellik ming yillik tarixdir. Inson tabiiy va ijtimoiy muhitda
yashayotganiyu, ular bilan munosabatga kirishmaslik imkonsiz ekanini, bunda
ojizlarning halokatga yuz tutishi muqarrarligini anglagan vaqtdayoq unga qarshi
vositalarni izlab yoki o‘ylab topishga majbur edi. Tabiiy ofatlar: chaqin, yong‘in,
zilzila, sel, to‘fon va toshqin kabilar uchun chora-tadbir topish qattiq o‘ylashga
majbur qilar edi. Ba’zi tabiiy noqulayliklar, jumladan vahshiy hayvonlarga duch
kelib ularga yem bo‘lish, hudud yoki oziq-ovqat talashgan
raqib guruhlar bilan
bo‘ladigan to‘qnashuvlar, shuningdek yirik jonivorlarni ovlash zarurati tosh yoki
metall parchalaridan qurollar yasashni ixtiro qilishga olib keldi. Bu ibtidoiy ijodiy
tafakkur samarasi och qolishga qarshi ov, dehqonchilik va chorvachilik qilish,
ya’ni unumli mehnat qilish tafakkurini paydo qildi. Mehnat qilish va ijodiy
tafakkur bir-birining juda tez rivojlanishiga omil bo‘ldi. Mehnat, ov va jang
qurollari takomillashishi tezlashdi,
hatto kemasozlik, neftdan foydalanish kashf
etildi.
Mehnat qilish va mulkka ega bo‘la borish kishilar o‘rtasida tengsizlikni,
tabaqalashuvni ham keltirib chiqardi. Yuqori tabaqa vakillari quyi tabaqadagilarga
26
og‘ir mehnatlarni topshirib, o‘zlari mulkni tasarruf qilish, ilm-fan, madaniyat,
adabiyot va san’atni rivojlantirish muammolari bilan shug‘ullana boshladilar. Mulk
egaligi va tabaqalashuv rasmiylashtirilishi ehtiyoji paydo bo‘ldi. Chunki turli
tabaqa vakllari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin nizolarni bartaraf qiluvchi nizom,
vositalarni, shuningdek, axloq normalarini ijod qilish ham katta muammo edi.
Tabiatdagi va jamiyatdagi bunday muammolar ijodiy tafakkur o‘sishini
yanada tezlashtirdi. Natijada g‘ayritabiiy va g‘ayriijtimoiy kuchlar hamda ularning
kishilarga ta’siri haqidagi tasavvurlar ijod qilindi. Buni nisbatan tezroq va teranroq
tushungan kishilar insonlar ruhiga taskin
hamda quvvat baxsh etuvchi, kelajakka
ishonch bilan qarashga ruhlantiruvchi, shuningdek, odamlar orasida oqibat
tarqatuvchi ta’limotlarni ijod qila boshladilar. Turli kult va dinlar shakllana
boshladi. Ba’zan boshqa xalqlarning bunday ta’limotlari turkiylar ichiga olib
kirildi. Bu ta’limotlarga asoslangan qo‘shiqlar va afsonalar to‘qildi.
Ularning
bosqichlari quyidagicha
5
:
Do'stlaringiz bilan baham: