Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Ger o‘g‘li  deb tushunish ommalashgan, qadimgi  lotinlardagi  Ger+kules



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Ger o‘g‘li 
deb tushunish ommalashgan, qadimgi 
lotinlardagi 
Ger+kules,
nasroniylardagi 
Geor+giy,
turkiylardagi 
Geor o‘g‘li – 
Go‘r o‘g‘li
kabi qahramonlarning yaratilishi shundandir.
Mazkur miflarning yaratuvchilari zakosi shundaki, o‘z ajdodlarini ana shu 
shuhratli qahramonga bog‘laydilar. Binobarin, bu afsona orqali uning mualliflari 
turkiylarning qadimiy ajdodlari – skiflarning Sharq xalqlari tomonidan ham, G‘arb 
xalqlari tomonidan ham ulug‘ xalq sifatida e’tirof etilishiga umid qilganlar. Bu bir 
jihati.
Ikkinchidan, o‘g‘illarning shart bajarishga majbur qilinishi va uni bajara 
olganda shohlik darajasini topishi ham ramziy ma’noga ega. Bu orqali avlodlar 
dovyuraklilikka, ruhiy va jismoniy barkamol bo‘lishga, shundagina shohlik – 
ulug‘lik hamda erklilik topilishi muqarrarligiga ishonch tuyg‘usi shakllantiriladi. 
Bo‘ri totemi turkiy xalqlar og‘zaki ijodida alohida ahamiyatli. 
Folkloshunoslar ko‘pincha uni qabilaning madadkori, g‘amxo‘ri, ularni o‘z 


46 
panohida asrovchi kuch sifatida ko‘rinishini ta’kidlaydilar. Lekin bunda ham 
yuqoridagi kabi mazmun, maqsad bor. 
O‘z ajdodlarini hayvonlardan kelib chiqqan deb hisoblash, birinchidan, 
insonning tabiat bilan birligini; ikkinchidan, mavjud tabiiy muhitda tanlangan 
hayvonning tutgan o‘rni qanchalik muhimligini; uchinchidan, qabila va urug‘lar 
orasida o‘z mavqeini belgilashni ifodalaydi. Bundan avlodlarda an’anaviylik 
ruhini tarbiyalash maqsadi ham ko‘zda tutiladi. Ashin urug‘i vakillari o‘zlarini xun 
shahzodasi va urg‘ochi bo‘ridan kelib chiqqanmiz, deb aytganlar.
BO‘RI URUG‘LARI AFSONASI.
G‘arbiy dengiz qirg‘og‘ida yashagan 
turkiylarning ota-bobolari qo‘shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o‘n 
yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O‘sha yerlarda yashaydigan urg‘ochi bo‘ri unga 
xotin bo‘ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo‘ri o‘sha 
bolani olib Turfon tog‘lariga qochib ketdi. Tog‘da bir g‘or bor edi. U yerda 
urg‘ochi bo‘ri o‘nta bola tug‘di. Bolalarning otasi o‘sha qutqarilgan turk edi. 
Bo‘ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug‘ kelib 
chiqdi. O‘g‘illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini 
anglatadigan bo‘ldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham 
aqlliroq edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo‘lib qoldi. Urug‘ soni 
asta-sekin bir necha yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo‘rlaridan biri, qabila 
dohiysi Asya shad bo‘ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo‘ri 
avlodlari bu yerda jujanlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar 
edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar.
Turkshunoslar «turk» so‘zi qadimda hozirgi turkiy xalqlarning umumiy nomi 
sifatida maydonga kelganini ta’kidlaydilar. Xitoy manbalarida ham «turk» so‘zi 
turonliklar, turklar ma’nolarida qo‘llanilgan. Uning mazmunida «kuch-quvvat», 
«kuchli, quvvatli», «yetuk», «go‘zal», «bilimdon», «dono» kabi tushunchalar 
mujassam. 


47 
Turkiy xalqlarning islomdan oldin nasroniylik dinini qabul qilgan qavmlari 
“Bibliya”dagi Nuh alayhissalom davridagi to‘fon haqida afsona to‘qiganlar. 
Quyida uni o‘qing va “Bibliya” va “Qur’on” variantlari bilan qiyoslang: 
To‘fondan avval yer yuzining hukmdori Dengiz xon bor edi. U zamonda 
Nama ismli mashhur bir odam bor edi. Tangri Ulgen bu odamga dunyo to‘foni 
bo‘lajagini, inson bolalarini va hayvonlarni qutqarish uchun sinalgan sandal 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish