43-rasm. A - Suvli spirometr. B - Zamonoviy havo spirometri
Tajribani rasmiylashtirishga doir koʻrsatmalar. Suvli spirometr yordamida talabalar oʻzlarining nafas havosi, nafas olishning qoʻshimcha va nafas chiqarishning rezerv havosi miqdorini aniqlab, oʻpkasining tiriklik sigʻimi hisoblab topiladi va daftarga yozib olinadi.
Bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash uchun savollar
Oʻpkaning umumiy va tiriklik sigʻimini tushuntiring?
Nafas, qoʻshimcha va rezerv havo nima?
Zararli boʻshliq havosi va uning nafas olishdagi ahamiyati?
Plevra boʻshligʻi va uning nafas olishdagi ahamiyati?
Qoldiq va alveola havosi nima?
Odam va hayvonlar oʻpkasining tiriklik sigʻimini ayting?
Spirometriya nima va u qanday oʻtkaziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |