N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/243
Sana11.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#346286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
fayl 1732 20210906 (1)

 
Nomozov Sh.R. 

 
«Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi» MCHJ direktori;
 
 
Raxmatov X.B. 

 
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Texnologik mashinala
r va  
 
 
 
                    jixoz
lar” kafedrasi, texnika fanlari nomzodi




 
So‘z boshi
 
Konda  neft,  gaz,  suvni  yig'ish,  tayyorlash  va  tashishning  samaradorligini 
oshirish  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi,  zamonaviy  texnologiyalar  va 
texnikalarni qo’llash, mavjud texnika va qurilmalardan oqilona foydalanish hisobiga 
erishiladi. Buning uchun esa chuqur bilimga ega b
o’
lgan mutaxassislar talab etiladi. 
Mamlakatimizda  yosh  avlodni  o’qitish  va  tarbiyalash  «Ta’lim  to’g’risidagi 
qonun»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  asosida  milliy  tiklanish  prinsiplari, 
mustaqillik  yutuqlari,  milliy  g’oya,  xalqimizning  milliy,  ma’naviy  va  intel
lektual 
salohiyati hamda umum bashariy qadriyatlariga tayangan holda olib borilmoqda. 
Darslik yaratishdan mаqsаd «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan 
foydalanish»  tа’lim  yo’nаlishigа  mоs,  tа’lim    stаndаrtidа  tаlаb  qilingаn  bilimlаr, 
ko’nikmаlаr  vа  tаjribаlаr  dаrаjаsini  tа’minlаshdаn  iborat  bo’lib,  fanni  o’rganish 
natijasida tal
abalar kondagi neft, gaz, suvni yig‘ish
, tayyorlash va tashishning usullari  
va mexanik hisoblashlarini bajarish, shuningdek mahsulotlarni yig’ish va tashishning 
asosiy  parametrlarini  hisoblash  va  optimall
ashtirishni  o’rganib,  ko’nikma 
hosil 
qiladilar.   
U
shbu  darslik  “Konda neft, gaz, suvni yig'ish
, tayyorlash 
va tashish” fanning 
namunaviy  dasturiga  mos  keladi.  “Konda  neft,  gaz,  suvni  yig'ish
,  tayyorlash  va 
tashish” fani kompleks fan hisoblanib, “Neft va gaz qatlami fizikasi” va “Neft va gaz 
ishi asoslar
i” fanlari bilan uzviy bog’liq. 
 
Darslik 5311900-
“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun mo’ljallangan

  
 
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
Neft-
gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy i
shlab chiqarish 
sanoati  yirik  og‘ir  industriya  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib,  vatanimizning  muhim 
energetik  bazasidir.  O‘zbek  mutaxassislari  neft  bo‘yicha  100  yildan  ortiq,  gaz  
bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezil
arli 
darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga 
erishilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24
-25 fevral 
kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi. 
 
Qashqadaryo  viloyatining  iqtisodiy  salohiyati  ulkan.  Bugungi  kunda 
mamlakatimizda  qazib  chiqarilayotgan  tabiiy  gazning  70  foizi,  neftning  qariyb  78 
foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. 
 
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning 
ulushi  38  foizni  tashkil  etayotgani 
ham  shundan  dalolat  beradi.  “S
h
o‘rtanneftgaz”  , 
“Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta 
ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona
, Oltiariq  neftni qayta ishlash zavodlari  kabi 
yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi. 
 
Davlatimiz  rahbari  tashrifi  mobaynida  “Sho‘rtangazkimyo”  majmuasining 
tozalangan  metan  negizida  sintetik  suyuq  yoqilg‘i  (GTL)
  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etish  va  “S
h
o‘rtangazkimyo”  majmuasining  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 
kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.
 
“S
h
o‘rtangazkimyo”  majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq 
yoqilg‘i  (GTL)  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etish  loyihasi  gaz-kimyo  sanoati 
yo‘nalishida  dunyoning  ilg‘or  texnologik  yechimlarini  o‘zida  aks  ettirgan.  Ushbu 
loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir. 
Loyiha  “O‘zbekneftgaz”  kompaniyasi  ta’sischiligida  amalga  oshirilishi 
mamlakatimizni
ng  yoqilg‘i
-
energetika  xavfsizligini  ta’minlashda  katta  ahamiyatga 
ega  bo‘lishi  barobarida,  sohaning  jadal  sur’atlarda  taraqqiy  etayotganidan  dalolat 
beradi. 
 



 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish