Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi.
Bu tizim o‘z ichiga jamlangan
to‘rtta yirik tizimlarni biriktirgan bo‘lib, Baronyan
-
Vezirov yig‘ish tizimidan
zamonaviyligi, qulayligi va mahsulot yo‘qotilishini minimumgacha kamaytirilganligi
bilan farq qiladi (II.2-rasm).
16
II.1-rasm. Tazyiqli Baronyan-
Vezirov yig‘ish tizimi.
1,12,13-quduqlar, 2,4,5,10-gaz separatorlari, 3-
o‘lchash asbobi, 6
- neft tindirgichi, 7-saqlagichlar,
8-qum separatori, 9,11-kompressorlar.
17
Jamlangan to‘rtta yirik tizimga
gurux
iy o‘l
chov qurilmasi, birinchi bosqich
gazsizlantirish qurilmasi, markaziy gazsizlantirish qurilmalari va neftni mukammal
tayyorlash qurilmalari kiradi.
Bu yig‘ish tizimida yuqori bosimda favvora usuli
bilan ishlayotgan quduqlar
(1) boshida 6-7 MPa bosim saqlanib turiladi, buning natijasida neft gurux
iy o‘lchov
qurilmasi (2) gacha va undan keyin birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi (3) ga,
hamda neftni tayyorlash tizimlarigacha o‘z bosimi bilan yetib borishi ta’minlanadi.
Quduqlar boshida 6-7 MPa bosimning saqlanib turilishi neftni tayyorlash tizimini 100
km masofagacha uzoqlikda o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Gurux
iy o‘lchov qurilmasida 14 tagacha quduqning mahsulot miqdori
o‘lchanishi mumkin. Agar erigan gaz miqdori juda katta bo‘lsa,
gurux
iy o‘lchov
quril
masidan neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga yo‘naltiriladi. Bu yerda
dastlabki ajratib olingan gaz to‘g‘ri GQIZ (4) ga yoki boshqa bir iste’molchiga
yuboriladi.
Neft birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasidan o‘tgandan so‘ng
markaziy gazsi
zlantirish qurilmalari (5) ga yo‘naltiriladi. Bu yerda neft uch bosqichli
gazsizlantirish jarayonidan o‘tadi. Ajratib olingan gazning o‘zi ham kondensat va neft
tomchilaridan tozalanadi, quritiladi va gazni qayta ishlash zavodiga yoki
iste’molchiga yuboril
adi. Gazsizlantirilgan neft esa neftni tayyorlash qurilmalari (6)
ga yetib keladi. Bu yerda neft suv va qum zarrachalaridan tozalanib tayyor mahsulot
holiga keltiriladi va neftni qayta ishlash zavodlariga yoki temir yo‘l va neft quyish
estakadalariga quvur
orqali jo‘natiladi.
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimida quduqdan chiqayotgan neft, gaz va
suvli suyuqlik bitta katta quvur orqali uzoq masofaga (100km gacha) uzatilib, unda
quvurdagi oqimning uzluksizligiga, oqimni haydash tarziga katta ahamiyat beriladi.
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimidagi neft yig‘ish, uzatish va tayyorlash
Shimoliy Kavkaz va Ukraina konlarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Bu tizimning yana bir afzalligi 100 km radiusda joylashgan bir necha konlar
uchun tayyorlash tizimlarini bir joyda jamlangan holda qurishning mumkinligidir.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |