XII.9-rasm. Suyultirilgan gazlarni quvur orqali tashishning umumiy chizmasi:
1-gaz saqlovchi rezervuarlari; 2-nasos stansiyasi; 3-o‘lchash punkti;
4-oraliq nasos stansiyasi; 5-quvur; 6-oxirgi punktdagi gaz saqlovchi rezervuarlar;
7-haydovchi nasos stansiyasi; 8-taqsimlash punkti.
Suyultirilgan gaz saqlovchi rezervuarlardan (1) nasos (2) orqali o'lchash punktiga beriladi (3). U yerda sarflanayotgan gaz hajmi aniqlanib, keyin nasos yordamida (4) xaqiqiy quvur ichiga haydaladi (5). Quvurning oxirgi punktidagi gazning bosimi 0.6 - 0.8 MPa da bo'lishligi ta‘minlanadi. Suyuq gaz quvur (5) orqali oxirgi punktdagi gaz saqlovchi rezervuarga (6) keladi. U yerdan suyultirilgan gaz nasos stantsiyasida (7) o'rnatilgan nasoslar yordamida, iste‘molchilarga tarqatiladi.
Suyultirilgan gaz tashuvchi magistral quvurlar, aholi yashash joylaridan tashqarida va yer ostidan o'tkazilgan bo'lishi kerak.
Quvurlar orqali suyultirilgan gazlarni tashish samarador hisoblanib, temir yo'l orqali tashishga nisbatan ikki marta kam harajat sarflanadi.
7. Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish
Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish, avtosisternalarda, ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda amalga oshiriladi. Avtosisternalar ishlatilish maqsadiga ko'ra: tashuvchi va taqsimlovchilarga bo'linadi. Tashuvchi avtosisternalar suyultirilgan gazlarni, gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalari va gaz to'ldiruvchi stantsiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Tarqatuvchi avtosisternalar, suyultirilgan gazlarni iste‘molchilar ballonlariga quyish uchun mo'ljallangan. U tegishli nasos va boshqa moslamalar bilan jihozlangan. Sisternalar, silindr ko'rinishidagi idish bo'lib, avtomobil shosseyiga o'rnatilgan. Sisternaning turlariga ko'ra, hajmlar 4 - 15 m
3 gacha bo'ladi. Suyultirilgan gazlarni ballonlarda tashish oddiy bort mashinalarida va maxsus kassetali avtomashinalarda tashiladi. Bu mashinalar orqali, birdaniga 55 tadan 77 tagacha bo'lgan ballonda gaz tashish mumkin. Ballonlar andozalar (GOST) bo'yicha tayyorlanib, ular 1,6 MPa gacha bo'lgan bosimda ishlashlari mumkin. Standart bo'yicha ballonlar hajmi 2,6, 5, 12, 27, 50 va 80 l bo'ladi. «Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish, oraliq va gaz to'ldiruvchi stantsiyalardan uzoq joylashgan iste‘molchilar uchun foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 0.5 - 3.5 m
3 bo'ladi. Bularning ichida ko'proq ishlatiladigan rezervuarlar RS-1600 (hajmi 1600 l) bo'lib, 1,8 MPa bosim ostida ishlashga mo'ljallangan. «Sirpanuvchi» rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish, ballonlarda tashishga qaraganda 20 - 25 foiz arzonga tushadi.
Nazorat savollari.
Neft va gazni va gazni uzoqqa uzatish usullari.
Neft va gaz uzatuvchi quvurlarni hisoblash usullari.
Suyuqlik uzatuvchi magistral quvurlardagi nasos stansiyalari.
Tabiiy gaz uzatuvchi magistral quvurlardagi kompressor stansiyalari.
Suv yo‘li orqali tashish.
Temir yo‘l orqali tashish.
Avtomobil bilan tashish.
Quvurlar orqali uzatish.
bob bo'yicha xulosa
Bu bo'limda neft va gazni tashish usullari, neft, gaz mahsulotlarini tashish usullari, temir yo'l transportida neft mahsulotlarini tashish, suyultirilgan gazlarni temir yo'l transportida tashish, suv transporti orqali tashish, suyultirilgan gazlarni suv transportida tashish, suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish, suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.