IX.8-rasm. Suzuvchi qopqoqlar (pantonlar). Po‘lat saqlagichlarni korroziyadan himoya qilish. Po‘lat saqlagichlar ichki va tashqi korroziyaga uchraydi. Tashqi korroziyada atmosferaning agressiv omillari va tuproq omillari asosiy rol o‘ynaydi. Tuproq omillari saqlagichlarning tubini ishdan chiqaradi. Atmosfera omillari esa uning devorlari va tomiga ta'sir qiladi.
Atmosfera omillari bilan kurash, saqlagichlarni turli suv o‘tkazmaydigan lak va bo‘yoqlar(oq va metal) bilan bo‘yash orqali olib boriladi. Saqlagichlarning tuproqda joylashgan qismining karroziyasi bilan quyidagisha kurashiladi: saqlagichlarning tuproq ichida yotishi kerak bo‘lgan tagi bitumlanadi.
Ichki karroziya neftlar tarkibida bo‘ladigan oltingugurtli birikmalar va nam havo ta'sirida sodir bo‘ladi. Bunday hollarda birinchi bo‘lib, saqlagichlarning tomi ishdan chiqadi, chunki gaz - havo aralashmasi tomning tagida joylashadi va u bilan ta'sirlanadi. Bu holatni kengroq ko‘rib chiqsak, saqlagichlarning katta «nafas olishida» gaz bo‘shlig‘iga atmosferaning nam havosi kiradi. Kechasi saqlagichning sovuq devorida suv bug‘larining kondensatsiyasi sodir bo‘ladi va tomchilar hosil qiladi. Bu tomchilarda neftdan ajralgan oltingugurt eriydi va quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi:
2Fe+2H2S+O2 FeS+2H2O 4Fe+12H2S+3O2 4Fe2S3+12H2O H2S+2O2 H2SO4 Ko‘rib turganimizdek, natijada temir sulfidlar va sulfat kislotasi hosil bo‘ladi. Bular neft mahsulotlarining yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun saqlagichlarning ichki tomoni neft va yengil uglevodorodlarning ta'siriga chidamli bo‘lgan turli metall va plastmassalar bilan qoplanadi. Bundan tashqari po‘lat saqlagichlarning ichki karroziyasini oldini olish maqsadida ulardagi neftlarga kislotalarni neytrallashtiruvshi ishqorlar qo‘shib turiladi.
Nazorat savollari Rezervuarning vazifasi nimadan iborat.
Metall rezervuarlar haqida umumiy ma‘lumot bering.
Saqlagichlar nima? Ular nima uchun xizmat qiladilar?
Saqlagichlar nimadan quriladi?
Saqlagichlarning jihozlari qanday vazifalarni bajaradi?
Saqlagichlar qanday jihozlar bilan jihozlanadi?
Saqlagichlar tomidagi yorug‘lik lyuki nima uchun xizmat qiladi?
Saqlagichlarning eng pastki qismidagi lyuk qanday vazifani bajaradi?
bob bo'yicha xulosa
Bu bo'limda kon rezervuarlari, rezervuarlar to'g'risida umumiy ma‘lumotlar, po'lat rezervuarlarining jihozlari, nometall rezervuarlar, neft mahsuloti omborining rezervuar saroyi hajmini aniqlash, tovar neftining sifati va va miqdorini o‘lchash usullari tovar neftining hisobi, saqlagichlardagi neftni «nafas oluvchi» to‘sqichlar orqali yo‘qolishini oldini olish, po‘lat saqlagichlarni korroziyadan himoya qilish haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.