Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish. Gaz va kondensatni ajratish past haroratli separatorlarda amalgam oshiriladi. Bunda gaz va kondensat aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralish bosimigacha ko‘tariladi va keyin separatorga kirgiziladi. U yerda aralashmaning bosimi kamayadi va harorat pasayadi. Natijada bug‘ holatda bo‘lgan kondensatning gazdan ajralishi sodir bo‘ladi. Quyida uning umumiy texnologik chizmasi va jarayoni aks ettirilgan.
Quduqlar (1) dan olingan gazlar drossel shaybasi (2) orqali tomchi ajratuvchi past haroratli tik separator (3) ga keladi. Drossel shaybasida gazkondensat aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralishi bosimigacha ko‘tariladi va aralashmaning harorati kamaytiriladi. Natijada separator (3) da gaz va kondensatning ajralishi sodir bo‘ladi. Ajralgan gaz sovitgichi (5) ga keladi, u yerda harorati kamaytiriladi. Keyin gaz bosimini moslab turuvchi shtutser (6) ga keladi, bosimi maksimal kondensat ajralish bosimigacha ko‘tariladi va tik separator (7) ga haydaladi. Tik separatorda gaz va kondensatning batamom ajralish jarayoni sodir bo‘ladi. Ajralgan kondensat quvuriga, gaz esa sovitkich (5) orqali keyingi tozalash jarayoniga uzatiladi.
Gazni gidratlanishini oldini olish.Gaz soviganda muzlashini oldini olish maqsadida T-1202 ni quvur ichki qismiga 80% li DEG ni maxsus purkagichlar yordamida purkab turiladi. T - 1202 da -2; K 2oC gacha sovib chiqqan tabiiy gaz 9,8-10,1 MPa bosim bilan redutsirovaniya - ejektirirovaniya blokiga uzatiladi va u yerda ham bosim 5,6 - 5,72 MPa ga tushadi hamda harorat Joul - Tomson drossel effekti hisobiga - 130С; - 180С gacha soviydi. - 13oC; - 18oC gacha sovigan tabiiy gaz 5,6 - 5,7 MPa bosim bilan uchinchi bosqich past bosimli ajratgich С - 1203 ga uzatiladi.
С - 1203 da tezlik va yo'nalish o'zgarishi hisobiga drossel effektiga binoan sovush natijasida suyuq moddalar to'liq ajraladi. С - 1203 tik silindrik idish bo'lib, gazni qurish joyida gazni suyuqliklardan ajratish uchun maxsus setka qo'yilgan bo'lib, bu gaz oqimidagi suyuqliklarni to'liq ushlab qolishga muljallangan.
Quritilgan tabiiy gaz С - 1203 ajratgichdan to'g'ri T - 1202 ni quvurlararo bo'limiga uzatiladi. U yerdagi quvur ichidan kelayotgan kirish gazi hisobiga К-1 5oC; К-2 5oC gacha qiziydi.
T - 1202 dan chiqqan quritilgan tabiiy gaz T - 1201 ni quvurlararo bo'shlig'iga uzatiladi va u yerda kirish gazi harorati hisobiga K 40oC dan К 50oC gacha qiziydi va umumiy quvur orqali keyingi bosqich gazga ishlov berish uchun ishlatiladi. Birinchi va ikkinchi bosqich ajratgichda ajralgan kondensat 9,8 dan - 10 MPa bosim va K38oC; K45oC harorat bilan kondensatni barqarorlashtirish qurilmasiga uzatiladi.