VIII.7-rasm. «Shakarbuloq» NTQ ning prinsipial sxemasi (keyingi uzgartirish kiritilgan) joylashtirilgan. Uning vazifasi favqulotda vaziyatda xovuzdagi suvni texnologik va tovar rezervuarlari atrofida joylashtirilgan 3 dona o‘t o‘chirish gidrantlariga etkazib berishdan iborat.
VIII.6. Kondan qazib olinayotgan gazlar tarkibi va ularning salbiy ta‘sirlari Kondan qazib olinayotgan tabiiy gazlar tarkibida qattiq zarrachalar (qum, karroziya mahsulotlari), og'ir uglevodorodlar (kondensatlar), suv bug'i, vodorodsulfid, is gazi va inert gazlar uchraydi. Gaz tarkibida mexanik qo'shimchalarning bo'lishi gaz bilan o'zaro ta‘siri bo'lgan quvurni, kompressor metall qismlarini va boshqa jihozlarni errozik yemirilishiga olib keladi. Bundan tashqari mexanik qo'shimchalar quvurga o'rnatilgan armaturalarni, o'lchash asboblarini ifloslantirib ishdan chiqazadi hamda quvurni ma‘lum qismlarida yig'ilib qolib, uni qirqim yuzasini kamaytiradi. Bu o'z navbatida gaz o'tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. Gaz tarkibida og'ir uglevodorod (kondensat) lar bo'lishi quvurning past joylarida suyuq holatga o'tib yig'iladi va quvurning o'tkazuvchanligini yomonlashtiradi hamda quvurni zanglashiga olib keladi.
Gaz tarkibidagi namliklar, ma‘lum sharoitda gaz aralashmasi bilan qorsimon ko'rinishidagi gaz gidratlarini hosil qiladi, quvurning o'tkazuvchanligini yomonlashtiradi, xatto butunlay o'tkazmaydigan qilib quyib avariya holatlarini sodir qilishi mumkin.
Masalan:
СН4*6Н2О; С2Н6*8Н2О; С3Н8*17Н2О; С4Н10*17Н2О. Gaz tarkibidagi vodorodsulfid zararli qo'shimcha bo'lib, uning havodagi miqdori 0,01 ml.gr/l dan ortiq bo'lganda, ish zonalari uchun juda xavfli hisoblanadi. Gaz tarkibida vodorodsulfid bo'lishi metall va jihozlarni zanglashini tezlashtiradi va avariya holatlarini ko'paytiradi. Olinayotgan gaz tarkibida is gazini bo'lishi yonish issiqligini kamaytiradi.
Gazni iste‘molchiga jo'natishdan oldin quritish. Qo'shimchalardan salbiy oqibatlarni hisobga olib, gazni iste‘molchiga jo'natishdan oldin uni quritish, og'ir uglevodorodlardan ajratish va boshqa qo'shimchalardan tozalash kerak bo'ladi. Undan tashqari gaz hidini sezish uchun uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikmalar - odorontlar qo'shish kerak bo'ladi. Bu ishlarning hammasi bosh qurilmada joylashgan gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Jo'natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi tarmoq andozasiga javob berishi kerak (GOST 5140 - 83).
1 m3 gazdagi mexanik qo'shimchalarni og'irligi 0,003 gr (0,3m2) dan ortiq bo'lmasligi;
1 m3 gazdagi vodorodsulfidning og'irligi 0,2 m2 dan ortiq bo'lmasligi;
Hajm bo'yicha, kislorodning hajmiy ulushi 1% dan ortiq bo'lmasligi;
Namlik bo'yicha, gazning shudring nuqtasi yozda 0oC, qishda - 5oC dan katta bo'lmasligi kerak (o'rtacha iqlimli joylarda). Sovuq joylarda: yozda - 10oC, qishda 20oC dan katta bo'lmasligi kerak.
VIII.6.1. Tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) nam gazning tarkibidan suyuqlik tomchilarini va mexanik aralashmalarni ajratib olish uchun mo'ljallangan bo'ladi va quritish talab qilingan shudring nuqtasigacha olib boriladi.
GKTQ ning tarkibiga quyidagilar kiradi:
PHAQsini tayinlanishi - ingibitorni gidratlanishidan foydalanib gaz past haroratli ajratish usulida aniq kondensatsiyagacha quritiladi. GKTQsida talab qilingan ko'rsatgichgacha kondensatsiyalangan gazkondensat neftni qayta ishlash zavodining xom - ashyosi hisoblanadi hamda kondensatni tayyorlash qurilmasida (KTQ) olib boriladi.
Gaz kondensatini ishlash deganda uning tarkibidagi suvlarni, to'yingan DEGni hamda erigan uchuvchi uglevodorodlarni va uglerodsiz komponentlarni ajtarish tushuniladi.
Dietilenglikolli olovli regeneratsiya qurilmasi (DORQ) yordamida past haroratli gazni ajratish jarayonida ishlangan dietilenglikol eritmasini massasiga nisbatan 70% dan 80 %gacha regeneratsiya qilish uchun mo'ljallangan.
GKTQsining asosiy mahsuloti quritilgan gaz va barqaror gazkondensat hisoblanadi.