N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazakov


VIII.2-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning



Download 2,55 Mb.
bet46/120
Sana13.07.2022
Hajmi2,55 Mb.
#790003
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
Bog'liq
N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,

VIII.2-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning
umumiy texnologik tarxi
1-neft quduqlari; 2-neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3- siquvchi nasos stansiyasi; 4- gazni qayta ishlash zavodi; 5- neftni kompleks tayyorlash qurilmalari; 6- suvni tozalovchi qurilmalar; 7- neftni saqlovchi rezervuarlar; 8- tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9-neft sifatini tekshiruvchi jihozlar; 10-tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11-tayyor neftni magistral neft quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13-suvni haydovchi nasos; 14- suvni neft quduqlariga haydash.

Neftni turg'unlashtirish.
Neftni turg'unlashtirish deganda normal sharoitda gaz holatida bo'lgan neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni neft - kimyo sanoatiga ishlatish uchun yuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratish (separatsiya) va rektifikatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Ajratish usulida neft aralashmalarini bir yoki bir necha bor bug'latish va bosimini kamaytirish natijasida undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan birga boshqa gazlarni ajratiladi.
Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va sovutish (kondensatsiyalash) natijasida undan aniq uglevodorod fraksiyasi olinadi. Kon maydonida neftni turg'unlashtirish ajratish usulida amalga oshiriladi.
Yuqori bosimdagi neft oqimi ajratgichga tushganda, uning bosimi kamayadi. Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo'lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga o'tib, suyuq neftdan ajraladi.
Neftni qatlam suvi va mineral tuzlardan tozalash.
Neft va suv aralashmasi emulsiya ko'rinishida bo'ladi. Ularning aralashmadagi hajm miqdoriga ko'ra neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) yoki suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo'lishi mumkin. Asosan amaliyotda (0.5%) suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo'ladi.
Hosil bo'lgan neft - suv emulsiyasi turg'un holatda bo'lib, ularni turg'unligini buzush va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar (emulsiyani parchalovchi kimyoviy moddalar) qo'shiladi.
Hosil bo'lgan va hosil bo'layotgan emulsiyani buzishda diemulgator sifatida deemulgatorlarga nisbatan aktiv bo'lgan SFM (sirt faol modda) lardan foydalaniladi.
Emulsiyani buzish uchun qo'llaniladigan deemulgatorlarni ikki guruhga ajratamiz. Ionagen va noionagen moddalar.
Birinchi guruhga kam samarali deemulgatorlar, NCHK (neytralizovanny cherny kontakt) va NKG (neytralizovanny kisly gudron) bular hozirgi kunda ishlab chiqarilmaydi.
Ionagen bo'lmagan deemulgatorlarga diproksamin - 157, proksamin - 385, dissolvan - 4411, siparol, poliakrilamidlar kiradi.
Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi.
Mexanik usul: bu tindirishga asoslangan bo'lib, u tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Neft - suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga yig'iladi va u yerda ajralish sodir bo'ladi, ya‘ni neft suvdan yengil bo'lganligi uchun aralashma yuziga ajralib chiqib neft qatlami hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan neft va suv qatlamlari alohida ajratib olinadi. Issiqlik usulda - tindirishgacha bo'lgan davrda, aralashma qizdiriladi yoki issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarining yuza ta‘sirining mahkamligi kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi. Natijada suv zarrachalari kattalashib, cho'kish tezligi oshadi.
Kimyoviy usuli asosiy usullardan bo'lib, bunda tindirish jarayonigacha neft - suv aralashmasining tarkibiga deemulgatorlar qo'shiladi. Qo'shilgan deemulgatorlar turg'un neft - suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish qurilmalarida neft va suvning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Issiqlik kimyoviy emulsiya usulida neft - suv aralashmasi tarkibiga deemulgatorlar qo' shish bilan birga, ular issiqlik bilan ham ishlanadi. Bunda suv tomchilarining sirt yuza ta‘siri kuchlari kamayib, emulsiya turg'unligi buziladi. Bu o'z navbatida tindirish jarayonida suv va neftning ajralish jarayonini yuqori darajada sodir bo'lishiga olib keladi.

  1. 4. Emulsiyalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar

Neft emulsiyalari deganda mayda dispers holatidagi neft va qatlam suvlarining mexanik aralashmasi tushuniladi. Konni ishlatish jarayonida neft va suvning o‘zaro miqdoriy nisbati o‘zgarib turganligi sababli, neft emulsiyalarining xususiyatlari ham keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin.
Qatlamda va quduq tubida neft emulsiyalari bo‘lmaydi. Emulsiyalar quduq tanasida hosil bo‘lib, ularning hosil bo‘lish tezligi nasosli, kompressorli va favvora quduqlarida har xil bo‘ladi.
Neftni chuqurlik nasoslari yordamida qazib olishda, emulsiyaning hosil bo‘lishiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: plunjerning harakat uzunligi; qabul qiluvchi va tashlama klapanlarning o‘lchamlari; nasosda gazning mavjudligi.
Favvora va kompressor quduqlarida bosimning pasayishi va neftdan gazning tez ajralishi natijasida suyuqliklarning tez aralashishi kuzatiladi. Eng mustahkam emulsiyalar neft olishning kompressorli usulida, ishchi agent sifatida havo ishlatilganda hosil bo‘ladi. Buning sababi neft tarkibidagi naften kislotalar havo bilan oksidlanib, samarali emulgatorlarga aylanadilar.
Neft emulsiyalarida 2 xil faza mavjud: ichki va tashqi. Bir suyuqlik ikkinchi suyuqlik ichida tomchilar ko‘rinishida joylashadi. Tomchilar ko‘rinishidagi suyuqlik dispers faza (ichki) deyiladi. Tomchilarni o‘rab turuvchi muhit dispersion muhit (tashqi) deb yuritiladi (VIII.3 - rasm).
Dispers faza va dispersion muhitning xarakteriga qarab to‘g‘ri ko‘rinishdagi va teskari ko‘rinishdagi emulsiyalar turlanadi.
To‘g‘ri ko‘rinishdagi emulsiyalarda neft suvda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar neft - suv emulsiyalari (NS) deb ataladi.
Teskari ko‘rinishdagi emulsiyalarda suv neftda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar suv - neft emulsiyalari (SN) deb ataladi.
Konlarda emulsiyalar tarkibida qancha suv borligi to‘g‘risida ularning rangiga qarab baho beriladi. Masalan: emulsiya tarkibida 10% suv bo‘lsa, uning rangi toza suvsiz neft rangida bo‘ladi; 15 - 20 % suv bo‘lsa - emulsiyaning rangi jigar rangdan sariq ranggacha o‘zgaradi; 25 % suv bo‘lsa - emulsiya sariq rangda bo‘ladi va x.k.


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish