Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish
Kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish madaniyati – pedagog tomonidan mavjud pedagogik bilimlarni puxta o‘zlashtirish yo‘lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligini anglatuvchi sifat
Kasbiy ziyraklik – bolalar ruhiy holatlarini, dars, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga bo‘lgan ishtiyoqlarini to‘g‘ri baholash, ularning o‘zaro yoki pedagoglar bilan ziddiyatlarini anglash, bola va guruhga ta'sir ko‘rsatishda qulay vaziyatini tanlay bilish
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi
Kasbiy-pedagogik burch – mutaxassis sifatida pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda ado etilishi majburiy bo‘lgan vazifa
Kommunikativ kompetentlik – ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, bolalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko‘rsata olish
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish
Kreativlik (ingl. “create” – yaratish, “creative” – “yaratuvchi”, “ijodkor”) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi
Mahorat (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san'at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hyech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san'atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |