N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

Sxema 4 
 
Oksobirikmalarda qutblangan π bog‗ mavjud bo‗lib, asosiy kimyoviy 
reaksiyalar birikmaning shu qismida boradi. Birikmalarga hos bo‗lgan 
reaksiyalarning borish jarayonini o‗rganish uchun karbonil gruppaning elektron 
tuzilishini ko‗rib chiqamiz. Karbonil gruppaning sp
2
gibridlangan trigonal uglerod 
atomi bir tekislikda yotuvchi uchta δ bog‗ saqlaydi va gibridlanmagan p-orbitallar 
hisobiga π bog‗ hosil qiladi. Elektromanfiylik farqi hisobiga π- bog‗da kuchli 
qutblanish kuzatiladi. Kislorodning elektromanfiyligi katta bo‗lganligi uchun 
elektron bulutni o‗ziga tortib qisman manfiy zaryadga ega bo‗ladi. Uglerod esa 
o‗zidan elektronlar bulutini kislorod tomon uzatib, qisman musbat zaryadlanadi. 


127 
Uglerod atomida qisman elektron yetishmaslik kuzatilgani uchun nukleofil 
xujumga moyil hisoblanadi.
Aldegid va ketonlar molekulasidagi alkil radikallar π bog‗ qutblanishiga 
ta‘sir etadi. Alkil radikallarining musbat induktiv effekti hisobiga elektrofil 
markazining zaryadi qisman neytrallanib qoladi. Buning natijasida ugleroddagi 
musbat zaryad kichrayadi. Ugleroddagi musbat zaryad qancha katta bo‗lsa, 
birikmaning reaksion qobiliyati kuchli bo‗ladi.
Ketonlarda karbonil guruhning ikki tomonidagi radikal uglerodning musbat 
zaryadini neytrallab reaksion qobiliyatini susaytirib yuboradi. Shunga ko‗ra, 
formaldegidda alkil radikali bo‗lmagani uchun π bog‗ning qutblanganlik darajasi 
eng katta qiymatga ega bo‗ladi.
Kislotali muhitda karbonil gruppaning aktivligi ortadi, chunki kislorod 
atomining protonlanishi hisobiga uglerod atomi butunlay musbat zaryadga ega 
bo‗ladi.
Aldegid va ketonlarda hamma kimyoviy reaksiyalar quyidagi bog‗larning 
uzilishi hisobigi sodir bo‗ladi: 
karbonil gruppaning
π- bog‗ini uzilishi;
• aldegidlarda C-H grupaning, ketonlarda C
α
-C bog‗ining uzilishi; 
• C
α
-H bog‗ining uzilishi.
Aldegid va ketonlar n u k l e o f i l b i r i k i sh reaksiyalariga (A
N
) kiradi. 
Nukleofil birikish reaksiya k a r b o n i l g r u p p a n i n g 
π- b o g‗ i n i u z i l i 
sh i hisobiga boradi.
Aldegidlar ketonlarga nisbatan nukleofil birikish reaksiyaga oson kirishadi.


128 
Nukleofil birikish reaksiyaning birinchi bosqichida nukleofil zarracha karbonil 
guruh uglerodiga xujum qilib unga birikadi va qo‗shbog‗ uziladi. Reaksiyaning 
ikkinchi bosqichida elektrofil zarracha kisloroddagi manfiy zaryadni neytrallaydi 
va reaksiya mahsuloti hosil bo‗ladi.
Aldegidlarga suv birikishi nukleofil birikish mexanizmda boradi. Karbonil 
guruhga suvni birikishi (gidratlanish) qaytar reaksiyadir 
Suvli eritmada aldegid va ketonlarning gidratlanish darajasi substratning 
tuzilishiga bog‗liq. Masalan, suvli eritmada formaldegid 99,9% gidratlangan 
bo‗ladi, asetaldegid taxminan 57% gidratlangan bo‗ladi. Ketonlar esa suv bilan 
reaksiyaga kirishmaydi 0,2%. Uchxlorsirka aldegid 100% gidratlanadi. 
Gidratlangan mahsulotlarni sof holda ajratib bo‗lmaydi, chunki bitta ulerod 
atomida ikkita gidroksil guruhi joylashgan birikmalar beqaror bo‗lib parchalanadi 
va qaytatdan aldegid va suv hosil bo‗ladi. 


129 
Suvga nisbatan nukleofilroq bo‗lgan spirtlar aldegidlar bilan ta‘sirlashganda 
y a r i m
a s e t a l l a r n i hosil qiladi. Yarim asetallar mo‗l miqdordagi spirtlar bilan 
kislotali sharoitda
a s e t a l l a r g a aylanadi
.
Ketonlar tugridan to‗g‗ri spirtlar bilan reaksiyaga kirmaydi, shuning uchun 
ketallar bilvosita yul bilan olinadi.
Asetallar hosil bo‗lishi qaytar jarayon. Asetallar va yarimasetallar
suyultirilgan mineral kislotalar ta‘sirida gidrolizlanib dastlabki aldegid va spirt
hosil qiladi. Ishqoriy muhitda asetallar va yarimasetallar gidrolizlanmaydi.
Karbonil birikmalar tiollar bilan spirtlarga nisbatan aktivroq reaksiyaga kirishadi. 
Natijada yarim merkaptallar va merkaptallar hosil bo‗ladi.
Aldegidlarga sianid kislota birikishi ham nukleofil birikish mexanizmda 
boradi. Sianid kislota HCN aldegid va ketonlarga birikib

-gidroksinitrillar 
(siangidrinlar) hosil qiladi.


130 
Bu reaksiya 

-gidroksikislotalar va 

-aminokislotalarni spesifik olish usuli 
asosida yotadi. Ba‘zi o‗simliklarni danagida (masalan achchiq bodom) 
siangidrinlar bo‗ladi. Ular parchalanganda ajralgan sianid kislota zaharli ta‘sir 
ko‗rsatadi.
Aldegidlar va ketonlarga natriy gidrosulfit birikishi natijasida gidrosulfit 
hosilalar olinadi.
Ketonlardan faqat metilketonlar bu reaksiyaga kiradi.
Aldegid va ketonlarning gidrosulfitli birikmasi suyultirilgan kislotalar va 
ishqorlar ta‘sirida oson parchalanib dastlabki aldegid yoki keton hosil qiladi
.
Bu reaksiya aldegid va ketonlarni tozalashda qo‗llaniladi. 
Aldegid va ketonlar aminlar va ularning hosilalari bilan ikki bosqichda 
reaksiyaga kiradi. Avval karbonil guruhining nisbatan musbat zaryadlangan 
uglerod atomiga azot atomi o‗zining umumlashmagan erkin elektron jufti bilan 
birikadi, so‗ng hosil bo‗lgan mahsulotdan suv ajralib chikadi. Shuning uchun bu 
reaksiya b i r i k i sh – a j r a l i sh reaksiya deyiladi.


131 
Ushbu sxema bo‗yicha karbonil birikmalar bilan ammiak, birlamchi aminlar, 
almashingan gidrazinlar, gidroksilamin bilan reaksiyaga kiradi. 
Chumoli aldegidga magniyorganik birikmalar (Grinyar reaktivi) birikkanda 
birlamchi spirt hosil bo‗ladi, qolgan aldegidlarga birikkanda ikkilamchi spirt hosil 
bo‗ladi. Ketonlarga magniyorganik birikmalar birikkanda uchlamchi spirt hosil 
bo‗ladi.
Aldegidlarning gidrogenlash reaksiyasi natijasida birlamchi spirtlar hosil 
bo‗ladi. Ketonlar gidrogenlanganda ikkilamchi spirt hosil bo‗ladi.
Formaldegid uzoq vaqt saqlanishi natijasida karbonil gruppaning π- bog‗ini 
uzilishi hisobiga polimerlanadi va paraform hosil bo‗ladi (n= 8-12).


132 
Formaldegid qutbli erituvchilarda katalizator ishtirokida polimerlanganda 
poliformaldegid hosil bo‗ladi (p > 1000).
Formaldegidni 60%li suvli eritmasini suyultirilgan sulfat kislota bilan 
haydaganda trioksimetilen (trioksan) hosil bo‗ladi.
Sirka aldegidi bir tomchi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida 
trimerlanadi va paraldegid hosil bo‗ladi.
A l d e g i d l a r n i n g o k s i d l a n i sh r e a k st i ya s i C-H b o g i n i n g,
ketonlarda C
α
–C b o g‗ i n i n g uzilishi hisobiga
s
odir bo‗ladi. Aldegid 
guruhidagi vodorod karbonil guruhiga bevosita bog‗langanligi uchun oson 
oksidlanadi. Aldegidlarning kumush oksidining ammiakdagi eritmasi bilan
oksidlash jarayoni sifat reaksiya hisoblanadi va kumush ko‗zgu reaksiyai deyiladi.


133 
Aldegidlarni mis(II) gidroksidning ishqoriy eritmasida qizdirganda oson 
oksidlanadi va mis (I) oksid qizil cho‗kma hosil bo‗ladi. Chumoli aldegid mis (II) 
gidroksidning metall holdagi misgacha qaytaradi.
Ketonlar oddiy sharoitda oksidlanmaydi, ancha qattiq sharoitda oksidlanadi. 
Bunda karbonil gruppa oldidagi va ketidagi uglerod zanjiri uziladi va karbon 
kislotalar aralashmasi hosil bo‗ladi.
C
a
-H kislotalik tufayli aldegidlar aldol va kroton kondensatlanish 
reaksiyasiga kiradi.
K o n d e n s a t l a s h r e a k s i y a s i bu ikki va undan ko‗p oddiy 
moddalardan yuqori molekulyar birikmalar hosil bo‗lish jarayoni bo‗lib, bunda 
qo‗shimcha modda (suv, ammiak, vodorod galogenid va boshqalar) ajralib chiqadi. 
Formaldegid fenol bilan kondensatlanishi natijasida fenol-formaldegid smola 
hosil bo‗ladi..
Kondensatlash reaksiya kislota va ishqorlarning katalitik ta‘sirida boradi. 


134 
Sirka aldegid ishqorning suyultirilgan eritmasi ta‘sirida kondensatlanadi. 
Reaksiyaning birinchi bosqichida molekulasida ham spirt, ham aldegid gruppalar 
saqlagan birikma - aldol hosil bo‗ladi va bu bosqich aldol kondensatlanish 
deyiladi. So‗ngra aldoldan to‗yinmagan aldegid - kroton hosil bo‗ladi va bu 
bosqich kroton kondensatlanish deyiladi.
Organizmda aldol kondensatlanish reaksiyasi karbon kislota tioefirlari – 
koferment A hosilalari ishtirokida boradi. Masalan, limon kislota organizmda 
oksalatsirka kislota va asetilkoferment A ning kondensatlanishi natijasida hosil 
bo‗ladi. 
Kannistaro-Tishenko reaksiyasi oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi turiga 
kirib, unda disproporsiyalanish jarayoni kuzatiladi. Benzaldegidga konsentrlangan 
ishqor eritmasi (60% KOH) qo‗shilsa, reaksiya quyidagicha boradi. 
Aldegid va ketonlardagi karbonil guruhning qutblanganligi qo‗shni uglerod- 
uglerod va C

H bog‗larga ham ta‘sir qiladi. Elektron bulutning qo‗shni uglerod 
atomlaridan karbonil guruhiga siljishi natijasida α holatdagi uglerod-vodorod 
bog‗lar zaiflashib, vodorodlar harakatchan bo‗lib qoladi va uning hisobiga 
almashinish reaksiyalari boradi.
A l d e g i d l a r n i kislotali va ishqoriy katalizatorlar yordamida
galogenlanlanishi C – H b o g‗i d a g i v o d o r o d a t o m i n i n g h a r a k a 
t c h a n l i g i hisobiga amalga oshadi. 


135 
G a l a f o r m reaksiyasi aldegid va ketonlar radikalidagi C

H kislotalik 
hisobiga boradi. Reaksiya tibbiy tekshiruvlarda ahamiyatga egadir. Qandli diabet 
kasalligida bemor peshobidagi aseton miqdori ortib ketishi kuzatiladi, uning 
miqdorini esa galaform reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish