Ahamiyati va vazifalari
. Oqsillar yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarning
asosi bo‗lib hisoblanadi va organizmda turli vazifalarni bajaradi. Oqsillar teri
246
tarkibiga, odam va hayvonlarning, turli organizmlarning asab va muskul
to‗qimalari tarkibiga kiradi. Oqsillar hujayraning qurilish materiali, ular
organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarni amalga oshiradi va muhim funksiyalarni
bajaradi. Masalan, katalitik, transport, ozuqa-zahira, energetik, himoya kabi
vazifalarni bajaradi.
Katalitik
funksiyasi- organizmning hayot faoliyatini
ta‘minlovchi doimiy boradigan turli tuman reaksiyalar spetsifik oqsillar –
fermentlar bilan ta‘minlanadi. Ular biologik katalizatorlar bo‗lib, reaksiyalarni
boshqaradi.
Transport funksiyasi
- gemoglobin qonda kislorod tashuvchi oqsildir.
Proteinlar qonda yog‗lar, ba‘zi gormonlar, vitaminlar, metall ionlari bilan
kompleks hosil qilib, ularni tegishli to‗qimalarga etkazadilar. Lipoprotein oqsili
yog‗simon moddalarni jigardan boshqa organlarga tashiydi. Turli organlarning ish
faoliyatini boshqaruvchi gormonlar oqsildan tashkil topgan. Insulin gormonini
oshqozon osti bezi ishlab chiqaradi va uning yetishmasligi natijasida organizmda
uglevodlar almashinuvi buzilishi kuzatiladi, va qandli diabed kasalligini keltirib
chiqaradi.
Ozuqa-zaxira funksiyasi-
ko‗pgina o‗simliklarning urug‗larida zahira
oqsillar to‗planadi. Ular to‗qimalarda, tuxumda, o‗sayotgan homilada, va sutda
bo‗lib, ular yordamida organizmga kirib keladi, va zahira holda bo‗lsa, zarur
bo‗lgan sharoitda sarflanadi.
Energetik funksiyasi
– 1g oqsil to‗la parchalanganda
17,15kj yoki 4,1kkal energiya ajralib chiqadi.
Struktura funksiyasi –
odam
tanasining ko‗pgina qismini – 20% ini oqsillar tashkil qiladi. Agar muskul va
jigarda 22% oqsil bo‗lsa, miyada 11%, yog‗ to‗qimalarida esa, 6% bo‗ladi.
Terining shoh qatlami, soch, tirnoq keratin oqsillaridan tuzilgan, miozin va oktin
muskullarda uchraydi.
Himoya funksiyasi –
odam va hayvon organizmlarida tashqi
muhitning noqulay faktorlariga va ichki muhit doimiyligining buzilishlariga qarshi
xilma-xil himoya mexanizmlari vazifasini bajaradi. Qon tarkibidagi immunoglobin
oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni sezadi va zararsizlantiradi. Bu oqsilning
yetishmasligi spid kasalligiga olib keladi. Shuningdek, oqsil tabiatiga ega bo‗lgan
antitelalar organizmni infeksiyadan himoyalaydi. Organizmga oqsillar oziq-
ovqatlar orqali kirib keladi. Masalan, sut oqsilga boy bo‗lib, uning tarkibiga
247
kazein, albumin va globulinlar kiradi. Kazeindan hazm jarayonida hosil bo‗lgan
moddalar miyadagi qon aylanish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, globulinlar
immunitet hosil qiladi. Sut va sut mahsulotlari iste‘mol qilgan kishilarning bosh
miya nozik strukturalari tez rivojlanadi. Sutdan tashqari go‗sht, baliq va tuxumlar
ham oqsilga boydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |