235
topgan organizmning eng muhim tarkibiy qismini hisoblanadi. Ular barcha
o‗simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining protoplazma va yadrosida
bo‗ladi. Oqsillar organizmda turli funksiyalarni bajaradi,
muskul va teri
to‗qimalarining tuzilishida plastik material sifatida xizmat qiladi. Oqsil tabiatli
fermentlar va gormonlar kabi moddalar esa, tashish va himoya vazifalarini
bajaradi.
Har bir oqsil
aniq bir vazifani bajarib, organizmda sodir bo‗ladigan
ma‘lum reaksiyalarini boshqaradi. Ular organizmni kuch-quvvat bilan
ta‘minlaydilar, chunki, 1g oqsil parchanganda 17,6 kJ energiya hosil bo‗ladi.
Oqsillarning molekulyar og‗irligi bir necha o‗n va yuz ming uglerod birligi bilan
ifodalanadi, ba‘zan esa bir necha millionga boradi.
Peptidlar va oqsillarni sinflash va farqlashda shartli ravishda yuztagacha
aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan makromolekulalar p e p t i d l a r,
aminokislota qoldiqlari o‗ntagacha bo‗lsa, o l i g o p e p t i d l a r, molekulasida
yuztadan ortiq aminokislota qoldiqlarini saqlaganlari
esa o q s i l l a r deb
hisoblanadi.
Peptidlar deb ataladigan, molekulyar massasi nisbatan katta bo‗lmagan
oqsillar guruhiga ba‘zi gormonlar, antibiotiklar, neyropeptidlar va toksinlar kiradi.
Peptidlar o‗z tarkibida saqlagan aminokislotalar qoldiqlari soniga ko‗ra, dipetidlar,
tripeptidlar va boshqalarga bo‗linadi.
Hozirgi vaqtda oqsil molekulalari bir yoki bir necha polipeptid zanjiridan
iborat bo‗lishi aniqlangan. Polipeptid zanjiri ochiq,
tarmoqlangan va halqali
bo‗lishi mumkin. H a l q a l i l a r siklopeptidlar deyiladi, ularga polimeksin
antibiotiklari misol bo‗ladi. O c h i q zanjirli peptidlar bir uchida erkin karboksil
guruhi (C-uchi), ikkinchi uchida erkin aminoguruhini (N-uchi) tutadi. Agar
polipeptid zanjirida diaminokislotaning ikkala aminoguruhiga polipeptid zanjirlari
birikkan bo‗lsa, bunda t a r m o q l a n g a n polipeptid vujudga keladi. Peptid yoki
oqsillarni α – aminokislotalarning polikondesatlanish mahsuloti deb qarash
mumkin. Bunda aminokislota qoldiqlari peptid (amid) bog‗lari orqali bog‗lanadi.
236
Hosil bo‗lgan peptid (amid) bog‗laridagi
uglerod atomi Sp
2
gibridlanish
holatida bo‗ladi. Azot atomining bo‗linmagan juft elektronlari uglerod va kislorod
orasidagi qo‗shbog‗ning π –elektronlari bilan tutashgan holda bo‗ladi. Elektron
tuzilish nuqtai nazaridan peptid bog‗i uch markazli p, π – tutashgan sistemani hosil
qiladi.
Sistemaning elektron zichligi elektromanfiyligi nisbatan kuchliroq kislorod
tomonga siljigan bo‗lib, uglerod, kislorod va azot atomlari bir tekislikda
jyolashadi.
Tutashish hisobiga kislorod, uglerod, va azot atomlari orasidagi
masofalar nisbatan tenglashib qoladi. Uglerod- kislorod bog‗i 0,124, uglerod-azot
bog‗i esa, 0,132 nmga teng bo‗lib qoladi. Peptid guruhidagi yassi tutashgan
holat C – N bog‗ atrofida buralishni qiyinladhtiradi. Elektron tuzilish nuqtai
nazaridan peptid bog‗ining tuzilishi 6- rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: