N. Shodiev, B. Muranov, Sh. Axmedova. Pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati. O’quv-uslubiy qo‘llanma



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/52
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#243780
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


22 

 

TEST TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH 



USLUBIYATI 

 

Testlarni  ishlab  chiqish  uslubiyatini  tahlil  qilishdan  oldin, 

test  sinovi  o„tkazish  usulining  tarixiga  doir  ayrim  materiallar 

ustida qisqacha to„xtalib o„tamiz. 

Test o„tkazish g„oyasini ingliz psixologi F.Galton 1883 yilda 

“Inson  qobiliyatini  izlash  va  uni  rivojlantirish”  asarida  birinchi 

bo„lib ilgari surgan. Testlarni turli sohalarda qo„llash uslubiyatini 

amerikalik psixolog D.M.Kettell 1890 yilda birinchi bo„lib ishlab 

chiqqan.  Ingliz  olimlari  F.Galton  va  J.Salli  birinchilardan  bo„lib 

amalda  testlardan  pedagogik  maqsadalarda  foydalanganlar. 

Rusiyada  esa  testlarni  ushbu  maqsadalar  uchun  birinchi  bo„lib 

A.M.Shubert  qo„llagan.  1920  yildan  boshlab  esa  testlardan 

psixotexnika, pedologiya, maktab pedagogikasida yosh avlodning 

shaxsiy  psixologik  xususiyat  (qiziqish,  qobiliyat  va  h.k.)  lari 

haqida  ma‟lumotlar  to„plash  orqali  o„quvchilarning  faoliyatini 

tashkil  etishga,  bilish  qobiliyatlarini  o„stirishga  ilmiy  asosda 

rahbarlik  qilish  bilan  bog„liq  ishlarda  foydalanilgan.  Bu  davrda, 

ayniqsa  test  usuli  bilan  qurolangan  psixotexnika,  pedologiya 

fanlari 

o„quvchilarning 

individual 

xususiyatlarining, 

qobiliyatlarining  rivojlanish  darajasini  o„rganish  va  baholashda 

katta  yutuqlarni  qo„lga  kiritdi.  Test  usuli  asosida    shaxsning 

sifatlarini  diagnostika,  intellektual  qobiliyatini  diagnoz  qilish, 

maxsus  qobiliyatlarni  diagnoz  qilish  va  rivojlantirish  asosida  har 

bir o„quvchining kelajagini bashorat qila bilish, iste‟dodini ilg„ash 

bilan  bog„liq  bo„lgan  sobiq  sho„rolar  davrida  psixotexnika  va 

pedologiya  fanlarining  amiliy  tavsiyalari  mamlakatimizda 

hukmron  bo„lgan  shaxsga  sig„inish  mafkurasi  g„oyalariga  tobora 

zid bo„lib bordi. SHu bosidan ham partiya mafkurachilari VKP (b) 

MKning  1936  yil  6  iyul  qarorida  pedologiya  fanini  va  uning 

negizini  tashkil  etgan  test  usulini  qoraladilar.  Bu  qaror  sobiq 

ittifoqda  testologlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  test  o„tkazish 

uslubiyatlari,  shu  jumladan,  apparatlar  yordamida  o„tkaziladigan 

testlar  uslubiyatlari  hamda  bir  necha  o„n  yillar  davomida 




23 

 

to„plangan  testlar  “BANKI”ni  ko„r-ko„rona  yo„q  qilishga  sabab 



bo„ldi.  

Shu  tariqa  sobiq  ittifoqda  test  usulini  qo„llash  uslubiyatini 

takomillashtirish  bilan  bog„liq  nazariy  va  amaliy  ishlarning 

kelgusi  taraqqiyotiga  qattiq  zarba  berilgan,  test  ishlab  chiqish 

bilan  mashg„ul  bo„lgan  psixotexnik,  pedolog,  testologlar  esa 

quvg„in qilingan edi.  

Ma‟lumki, test-sinov usuli yordamida mavjud barcha faoliyat 

turlarini  o„zlashtirish  darajasini  namoyon  qilish  mumkin.  Biroq, 

bu  pedagogik  jarayonda  har  bir  faoliyat  turi  uchun  o„ziga  xos 

ravishda amalga oshadi. Buni quyidagilarda ko„rish mumkin: 

1. Pedagogika va psixologiya fanlari bo„yicha testlar shaxsning 

aqliy rivojlanishini, uning psixofiziologik va shaxsiy sifatlari  

tavsifnomasini, 

tekshiriluvchi 

(sinaluvchi)ning 

bilim, 


ko„nikma  va  malakalarining  shakllanish  darajasini  aniqlash 

maqsadida  qo„llaniladigan  ma‟lum  qolipdagi  topshiriq 

(savol)lar majmuidir. 

2. Tibbiyot 

va 

fiziologiya 



fanlari 

bo„yicha    testlar 

organizmlarda  sodir  bo„ladyotgan  jarayon,  o„zgarishlarni 

hamda  tirik  organizmning  turli  qismlari  to„qimalarining 

holatini aniqlash uchun qo„llaniladigan sinov topshiriqlaridir. 

3. Hisoblash  texnikasida  testlar  mavjud  mashinalarni  bir 

me‟yorda    ishlash  holatini  aniqlash  va  nazorat  qilish  uchun 

qo„llanilayotgan nazorat topshiriq-vazifalar majmuidir. 

4. Adabiyot  va  tasviriy  san‟atda  testlar  turli  obraz  va 

ob‟ektlarning  o„zaro  bog„liqligini  tasvirlaydigan  qo„plab 

belgilarni umumlashtirishdir.  

Endi  test-sinov  usulining  an‟anaviy  sinov  (yozma  ish, 

og„zaki  so„rov  va  h.k.)    usullari  bilan  raqobat  qila  olishini 

ko„rsatuvchi 

qator 

xususiyatlarini 



ko„rsatamiz. 

Ular 


quyidagilardan iborat: 

1. Test-sinov  o„tkazish  uchun  zarur  jixoz  va  tavsiyalarning 

nisbatan oddiyligi; 

2. To„plangan 

sinov 

natijalarini 



bevosita 

qayd 


qilish 

imkoniyatining borligi; 




24 

 

3. Test-sinovni  guruhlar  bilan  ham  yakka  tartibda  ham 



o„tkazish mumkinligi; 

4. To„plangan  sinov  natijalarini  matematik  usullar  bilan 

EHMda qayta ishlashni qulayligi; 

5. Qisqa  vaqt  ichida  juda  katta  miqdordagi  sinaluvchilar  bilan 

test sinovlar o„tkazish mumkinligi; 

6. Tayyorlangan 

testlar 

va 


ularga 

qo„yilgan  o„lchov 

mezonlarining 

aniqligi, 

tekshirilishi 

lozim 


bo„lgan 

mavzularni atroflicha qamrab olish imkoniyatiga egaligi; 

7. Test  topshiriqlarini  tushunarli  va  qisqacha  bayon  qilish 

mumkinligi; 

8. Test  topshiriqlarini  ko„p  jabhalarda  qayta-qayta  qo„llash 

mumkinligi va h.k. 

Yuqoridagilarni  hisobga  olib,  bu  erda  test  sinov  usulini 

talabalar  tomonidan  o„quv  axborot  (faoliyat)ni  o„zlashtirish 

sifatini  namoyon  qilishning  samarali  vositasi  ekanligini  alohida 

qayd  qilishimiz  zarur.  Shu  nuqtai  nazardan  dastavval  test 

topshirqlarini 

bajarish 

natijalarini 

o„lchash  va  baholash 

uchunekspert  usul  bilan  har  bir  testga  etalon,  ya‟ni  berilgan 

faoliyatni  barcha  operatsiyalar  bo„yicha  to„g„ri  va  to„liq  bajarish 

usuli  ishlab  chiqiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda  etalon  (javob) 

sinov  mohiyati  va  mazmunini  o„zida  aks  ettiradi.  YUqorida 

aytilganlarni  quyidagi  simvolik  yozuv  ko„rinishida  ifodalash 

mumkin: 



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish