N. Shodiev, B. Muranov, Sh. Axmedova. Pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati. O’quv-uslubiy qo‘llanma


IV  daraja  o‘zlashtirish-ijodkorlik  darajasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/52
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#243780
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati

IV  daraja  o‘zlashtirish-ijodkorlik  darajasi.  Talabalarning 

ijodkorligi deganda, biz xuddi olim, injener-konstruktorlar singari 

fan va texnika sohasida  hali yaratilmagan, fan-texnika taraqqiyoti 

uchun  muhim  hisoblangan  yangiliklarni  yaratishni  emas,  balki 

barcha  mutaxassislar  uchun  ma‟lum  bo„lgan,  fan-texnika  qo„lga 

kiritgan 

ixtiro, 

kashfiyotlarni 

ta‟lim  oluvchilarning  aql-

zakovatlarini  ishga  solib  ularni  noma‟lum  yangilik  sifatida 

qaytadan yaratishni ham tushunamiz.  

Talabalarning  ushbu  darajadagi  faoliyati  uchun  ixtirochilik 

va  ratsionalizatorlik,  kurs  va  diplom  proektlarida,  texnikaviy 

to„garak  mashg„ulotlarida  asbob-uskunalarni  takomillashtirish, 

rekonstruksiyalash  xarakterlidir.  Talabalarni  ijodkorlik  darajasiga 

chiqarish  uchun  ularni  ko„proq  mustaqil  izlanishga  jalb  etishga 

o„rgatish  zarur.  Bu  erda  eng  muhimi  har  bir  talabani  o„zining 

mavjud  ijodiy  imkoniyatlariga  bo„lganiga  ishonchini  hosil 

qilishdir.  Ushbu  maqsad  uchun  oliy  maktabda  o„quv  jarayoniga 

maxsus  ijodiy  topshiriqlarni    kiritish,  talabalarni  ilmiy-tadqiqot, 

konstruktorlik  va  h.k.  faoliyatlarga    jalb  qilish  maqsadga 

muvofiqdir.  

Ma‟lumki,  talaba  yuqorida  ko„rsatilgan  u  yoki  bu 

o„zlashtirish  darajasiga  faqat  o„quv  faoliyati  tufayligina    erisha 

oladi.  O„quv  faoliyati  o„z  navbatida  quyidagi  faoliyatlarni  o„z 

ichiga oladi: 




19 

 



  Kelgusi  ish  (o„qish)  yo„nalishini  aniqlash,  chamalash  bilan 

bog„liq  bo„lgan  faoliyat  jarayonida  talabalar  o„z  oldilariga 

qo„yilgan  maqsadga  muvofiq  keladigan  faoliyat,  qoida  va 

uslublarni  tanlaydilar (A.F.-aniqlash faoliyati); 

  Ijrochilik  faoliyat  olingan  o„quv  axborotlarni  intelektual 



jihatdan  qayta  ishlanishidan  va  bilim,  ko„nikma  va 

malakalarni  o„zlashtirish uchun mashqlar bajarishdan iborot 

bo„ladi  (I.F.).  ushbu  faoliyat  jarayonida  talaba  ishlab 

chiqilgan 

dasturni 

bajaradi. 

Ijrochilik 

faoliyatini 

muvafaqqiyatli 

o„tkazib  bo„lgandan  keyin  talabalar 

egallagan  bilim,  malakalarni  o„quv  mashg„ulotlar,  amaliy 

faoliyatlarda samarali qo„llashlari mumkin; 

  Nazorat faoliyati o„qituvchi va talabalar tomonidan aniqlash, 



chamalash  (A.F.),  ijrochilik  faoliyati  (harakat)larini  (I.F.) 

to„la,  to„g„ri  va  sifatli    amalga  oshirishini  tekshirish  bilan 

bog„liq bo„lgan faoliyat (harakat) bilan bog„langan (N.F.); 

  Tuzatish, 



to„g„rilash  faoliyati  ayrim  operatsiyalarni 

takomillashtirish uchun faoliyatni  tugallanishi haqidagi yoki 

uni  bosqich  (A.F.,  I.F.,  N.F.)laridan  biriga  qaytish  haqidagi 

nazorat  natijalarini    analitik  tahlil  qilish  bilan  bog„langan 

(T.F.). 

Biz  bu  erda  kelgusi  ishlarimizni  amalga  oshirish  uchun 

muhim bo„lgan bir qoidani alohida ta‟kidlashimiz zarur. Bu qoida 

quyidagicha ta‟riflanadi: 

O„quv  faoliyatini  yuqorida  tahlil  qilingan  turlarini 

bajarmasdan turib o„quv elementini  o„zlashtirish mumkin emas. 

Yuqoridagilarni hisobga olib umumiy holda  o„quv faoliyati 

tizimini F=A.F.→I.F.→N.F.→T.F. ko„rinishda yozish mumkin. 

V.P.Bespalko  o„zlashtirilgan  o„quv  axborotni  qo„llash  usuli 

nuqtai  nazaridan  faoliyatni  o„zaro  bog„langan  ikki  faoliyatga  – 

o„quv  axboorotni  xotirada  tiklash  (taqlidli  faoliyat)ga  va  yangi 

axborotni  shakllantirish  (mahsulli,  unumdor,  evristik  faoliyat)ga 

bo„lishni tavsiya qilgan. 

Faoliyat  turlarini  shu  yo„sinda  bo„lish  asosida  dastlabki 

axborotni  faoliyat  uchun  qo„llash  tamoyili  (prinsipi)  yotadi.  Bu 



20 

 

holda unumdor, evristik faoliyat xotirada tiklash faoliyati ichidan 



o„sib  chiqqanday  bo„ladi.  O„quv  axborotni  xotirada  tiklash  bilan 

bog„liq bo„lgan faoliyat jarayonida  egallangan dastlabki axborot 

faqat  qayta  tiklanadi.  Ushbu  faoliyatda  o„quv  predmeti  bo„yicha 

dastlabki  ma‟lumotlarga  talaba  boshqa  hech  qanday  yangi 

axborotni  qo„sha  olmaydi.  Bundan  farqli  ravishda  mahsulli, 

unumdor,  evristik  faoliyatda  esa  talabalar  o„zlarida  yangi  o„quv 

axborot, bilimlarni shakllantira oladilar. 

Shunday  qilib,  xotirada  tiklash  bilan  bog„liq  faoliyat  –  bu  u 

yoki bu o„quv elementini  o„rganish jarayonida egallangan harakat 

algoritmlarini qanday bo„lsa, shundaygina, to„g„ridan-to„g„ri aytib 

berish demakdir. 

Endi ushbu faoliyat uchun hos bo„lgan misollar keltiramiz: 

1. Ilgari 

o„rganilgan  o„quv  elementlarini    belgi  va 

xususiyatlarini talabalar tomonidan izohlash; 

2. Berilgan  formula  va  ma‟lum  hisoblash  sxemasi  asosida 

hisob-kitob ishlarini bajarish; 

3. O„quv  kitobidagi  ma‟lumotlarni  ular  qanday  ko„rinishda  va 

ketma-ketlikda  keltirilgan  bo„lsa,  shunday  tartibda  bayon 

qilish va h.k.; 

4. Agar  o„quv  axborotni  xotirda  tiklash  bilan    bog„liq  faoliyat 

(tahlilli  faoliyat)    tashqi  imo-ishoraga  tayanmasdan  amalga 

oshirilsa,  u holda “sof” qayta tiklash haqida so„z yuritiladi. 

Ushbu faoliyat ilgari egallangan harakat usullarini  o„xshash 

vaziyatlarga to„g„ridan-to„g„ri  qo„llash orqali ham bajarilishi 

mumkin.  Bu  holda  andoza  (namuna)  bo„yicha  yoki  tipik 

vaziyatdagi faoliyat haqida so„z yuritiladi. 

Unumdor, evristik faoliyat ilgari o„zlashtirilgan (egallangan) 

operatsiyalarni  aynan  takrorlash  yo„li  bilan  bajarilmasdan  balki 

yangi  sharoitda  o„zlashtirilgan  faoliyat  usullarini  qo„llagan  holda 

bajariladi.  

Ushbu  faoliyat  jarayonida  uni  bajarish  bilan  bog„liq,  ilgari 

o„zlashtirilgan  algoritm  yangi  vaziyatga  moslashadi  yoki  boshqa 

algoritmlarning  qismlaridan  yangidan    tashkil  qilinadi.  Shu 




21 

 

boisdan  ham  ta‟lim  nuqtai  nazaridan  mahsulli,  unumdor,  evristik 



faoliyat tufayli hammavaqt yangi axborot shakllanadi. 

Yuqorida  ta‟kidlanganidek,  unumdor,  evristik  faoliyat 

o„zgartirilgan,  ammo  mutaxassislar  uchun  ma‟lum  faoliyat 

usullarini  qo„llash  bilan  bajarilsa,  u  holda  ko„nikma  va  malaka 

haqida  yoki  hozirgi  kunga  qadar  hech  kimga  ma‟lum  bo„lmagan 

usullar bilan bajarilganda esa ijodiy faoliyat haqida gapiriladi. 

Endi  shu  faoliyatning  mohiyatini  ochib  beruvchi  misollarni 

keltirishga o„tamiz: 

 

mustaqil tanlab olingan formula yoki hisoblash sxemasi 



bo„yicha hisob-kitob o„tkazish; 

 

biror yo„l-yo„riqsiz umumlashgan talablar bo„yicha 



loyihalarni, tengi yo„q yangi konstruksiyalarni yaratish; 

 

ratsionalizatorlik va ixtirochilik bilan shug„ullanish va 



h.k. 

Odatda 


o„rganilayotgan 

ob‟ektlarga 

algoritmni 

qo„llanilishiga  qarab  u  yoki  bu  faoliyatning  bajarilishini 

mustaqillik  darajasi  (taqlidli  yoki  unumdor,  evristik)  to„g„risida 

hukm qilamiz va shu asosda kishilik jamiyati tajribasini individual 

egallashning  zinapoyalari  sifatida  turli  (1,2,3,4)  o„zlashtirish 

darajalarini  ajratamiz.  Bu  haqdagi  materiallar  yuqorida  atroflicha 

bayon qilingan. 

 


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish