IV daraja o‘zlashtirish-ijodkorlik darajasi. Talabalarning
ijodkorligi deganda, biz xuddi olim, injener-konstruktorlar singari
fan va texnika sohasida hali yaratilmagan, fan-texnika taraqqiyoti
uchun muhim hisoblangan yangiliklarni yaratishni emas, balki
barcha mutaxassislar uchun ma‟lum bo„lgan, fan-texnika qo„lga
kiritgan
ixtiro,
kashfiyotlarni
ta‟lim oluvchilarning aql-
zakovatlarini ishga solib ularni noma‟lum yangilik sifatida
qaytadan yaratishni ham tushunamiz.
Talabalarning ushbu darajadagi faoliyati uchun ixtirochilik
va ratsionalizatorlik, kurs va diplom proektlarida, texnikaviy
to„garak mashg„ulotlarida asbob-uskunalarni takomillashtirish,
rekonstruksiyalash xarakterlidir. Talabalarni ijodkorlik darajasiga
chiqarish uchun ularni ko„proq mustaqil izlanishga jalb etishga
o„rgatish zarur. Bu erda eng muhimi har bir talabani o„zining
mavjud ijodiy imkoniyatlariga bo„lganiga ishonchini hosil
qilishdir. Ushbu maqsad uchun oliy maktabda o„quv jarayoniga
maxsus ijodiy topshiriqlarni kiritish, talabalarni ilmiy-tadqiqot,
konstruktorlik va h.k. faoliyatlarga jalb qilish maqsadga
muvofiqdir.
Ma‟lumki, talaba yuqorida ko„rsatilgan u yoki bu
o„zlashtirish darajasiga faqat o„quv faoliyati tufayligina erisha
oladi. O„quv faoliyati o„z navbatida quyidagi faoliyatlarni o„z
ichiga oladi:
19
Kelgusi ish (o„qish) yo„nalishini aniqlash, chamalash bilan
bog„liq bo„lgan faoliyat jarayonida talabalar o„z oldilariga
qo„yilgan maqsadga muvofiq keladigan faoliyat, qoida va
uslublarni tanlaydilar (A.F.-aniqlash faoliyati);
Ijrochilik faoliyat olingan o„quv axborotlarni intelektual
jihatdan qayta ishlanishidan va bilim, ko„nikma va
malakalarni o„zlashtirish uchun mashqlar bajarishdan iborot
bo„ladi (I.F.). ushbu faoliyat jarayonida talaba ishlab
chiqilgan
dasturni
bajaradi.
Ijrochilik
faoliyatini
muvafaqqiyatli
o„tkazib bo„lgandan keyin talabalar
egallagan bilim, malakalarni o„quv mashg„ulotlar, amaliy
faoliyatlarda samarali qo„llashlari mumkin;
Nazorat faoliyati o„qituvchi va talabalar tomonidan aniqlash,
chamalash (A.F.), ijrochilik faoliyati (harakat)larini (I.F.)
to„la, to„g„ri va sifatli amalga oshirishini tekshirish bilan
bog„liq bo„lgan faoliyat (harakat) bilan bog„langan (N.F.);
Tuzatish,
to„g„rilash faoliyati ayrim operatsiyalarni
takomillashtirish uchun faoliyatni tugallanishi haqidagi yoki
uni bosqich (A.F., I.F., N.F.)laridan biriga qaytish haqidagi
nazorat natijalarini analitik tahlil qilish bilan bog„langan
(T.F.).
Biz bu erda kelgusi ishlarimizni amalga oshirish uchun
muhim bo„lgan bir qoidani alohida ta‟kidlashimiz zarur. Bu qoida
quyidagicha ta‟riflanadi:
O„quv faoliyatini yuqorida tahlil qilingan turlarini
bajarmasdan turib o„quv elementini o„zlashtirish mumkin emas.
Yuqoridagilarni hisobga olib umumiy holda o„quv faoliyati
tizimini F=A.F.→I.F.→N.F.→T.F. ko„rinishda yozish mumkin.
V.P.Bespalko o„zlashtirilgan o„quv axborotni qo„llash usuli
nuqtai nazaridan faoliyatni o„zaro bog„langan ikki faoliyatga –
o„quv axboorotni xotirada tiklash (taqlidli faoliyat)ga va yangi
axborotni shakllantirish (mahsulli, unumdor, evristik faoliyat)ga
bo„lishni tavsiya qilgan.
Faoliyat turlarini shu yo„sinda bo„lish asosida dastlabki
axborotni faoliyat uchun qo„llash tamoyili (prinsipi) yotadi. Bu
20
holda unumdor, evristik faoliyat xotirada tiklash faoliyati ichidan
o„sib chiqqanday bo„ladi. O„quv axborotni xotirada tiklash bilan
bog„liq bo„lgan faoliyat jarayonida egallangan dastlabki axborot
faqat qayta tiklanadi. Ushbu faoliyatda o„quv predmeti bo„yicha
dastlabki ma‟lumotlarga talaba boshqa hech qanday yangi
axborotni qo„sha olmaydi. Bundan farqli ravishda mahsulli,
unumdor, evristik faoliyatda esa talabalar o„zlarida yangi o„quv
axborot, bilimlarni shakllantira oladilar.
Shunday qilib, xotirada tiklash bilan bog„liq faoliyat – bu u
yoki bu o„quv elementini o„rganish jarayonida egallangan harakat
algoritmlarini qanday bo„lsa, shundaygina, to„g„ridan-to„g„ri aytib
berish demakdir.
Endi ushbu faoliyat uchun hos bo„lgan misollar keltiramiz:
1. Ilgari
o„rganilgan o„quv elementlarini belgi va
xususiyatlarini talabalar tomonidan izohlash;
2. Berilgan formula va ma‟lum hisoblash sxemasi asosida
hisob-kitob ishlarini bajarish;
3. O„quv kitobidagi ma‟lumotlarni ular qanday ko„rinishda va
ketma-ketlikda keltirilgan bo„lsa, shunday tartibda bayon
qilish va h.k.;
4. Agar o„quv axborotni xotirda tiklash bilan bog„liq faoliyat
(tahlilli faoliyat) tashqi imo-ishoraga tayanmasdan amalga
oshirilsa, u holda “sof” qayta tiklash haqida so„z yuritiladi.
Ushbu faoliyat ilgari egallangan harakat usullarini o„xshash
vaziyatlarga to„g„ridan-to„g„ri qo„llash orqali ham bajarilishi
mumkin. Bu holda andoza (namuna) bo„yicha yoki tipik
vaziyatdagi faoliyat haqida so„z yuritiladi.
Unumdor, evristik faoliyat ilgari o„zlashtirilgan (egallangan)
operatsiyalarni aynan takrorlash yo„li bilan bajarilmasdan balki
yangi sharoitda o„zlashtirilgan faoliyat usullarini qo„llagan holda
bajariladi.
Ushbu faoliyat jarayonida uni bajarish bilan bog„liq, ilgari
o„zlashtirilgan algoritm yangi vaziyatga moslashadi yoki boshqa
algoritmlarning qismlaridan yangidan tashkil qilinadi. Shu
21
boisdan ham ta‟lim nuqtai nazaridan mahsulli, unumdor, evristik
faoliyat tufayli hammavaqt yangi axborot shakllanadi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, unumdor, evristik faoliyat
o„zgartirilgan, ammo mutaxassislar uchun ma‟lum faoliyat
usullarini qo„llash bilan bajarilsa, u holda ko„nikma va malaka
haqida yoki hozirgi kunga qadar hech kimga ma‟lum bo„lmagan
usullar bilan bajarilganda esa ijodiy faoliyat haqida gapiriladi.
Endi shu faoliyatning mohiyatini ochib beruvchi misollarni
keltirishga o„tamiz:
mustaqil tanlab olingan formula yoki hisoblash sxemasi
bo„yicha hisob-kitob o„tkazish;
biror yo„l-yo„riqsiz umumlashgan talablar bo„yicha
loyihalarni, tengi yo„q yangi konstruksiyalarni yaratish;
ratsionalizatorlik va ixtirochilik bilan shug„ullanish va
h.k.
Odatda
o„rganilayotgan
ob‟ektlarga
algoritmni
qo„llanilishiga qarab u yoki bu faoliyatning bajarilishini
mustaqillik darajasi (taqlidli yoki unumdor, evristik) to„g„risida
hukm qilamiz va shu asosda kishilik jamiyati tajribasini individual
egallashning zinapoyalari sifatida turli (1,2,3,4) o„zlashtirish
darajalarini ajratamiz. Bu haqdagi materiallar yuqorida atroflicha
bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |