92-rasm. Rotatsion diskali filtrda missellani filtrlash:
1 – korpus; 2 – o‘q; 3 – kollektor; 4 – quyqa yuvgich; 5 – diska; 6 – to-
zalanmagan missellani tarqatuvchi kollektor; 7 – benzin bug‘lari chiqadigan
patrubka; 8 – tozalangan missella chiqadigan patrubka; 9 – quyqa chiqadi-
gan patrubka. 1' – tozalanmagan missella; 2' – filtrlangan missella;
3' – quyqa; 4' – havo gaz liniyasi; 5' – vakuum.
262
Missellani rotatsion diskali filtrlash qurilmasida filtrlash ja-
rayonining sxemasi 92-rasmda ko‘rsatilgan. Missella nasos yor-
damida 0,2 MPa bosim bilan filtrlanmagan missellani taqsim-
lovchi 6 kollektor orqali filtr ichiga uzatiladi. Filtr ichiga sirtiga
filtrlovchi material kiygizilgan, filtrlovchi diskalar 5 o‘rnatilgan,
bu filtrlovchi diskalar 3 kollektorga biriktirilgan. Har bir diska 10
ta filtrlovchi sektordan iborat bo‘lib, bu sektorlar o‘zaro bir-bi-
ri bilan qisqich yordamida biriktirilgan. Zarur hollarda ixtiyoriy
sektor alohida ajratib olinishi mumkin.
Tozalangan missella 3 kollektor va 2 yarim o‘q orqali o‘tib
8 patrubka yordamida filtrdan chiqariladi. Missella tarkibidagi
qattiq zarrachalar filtr to‘siq yuzasida ushlanib qoladi va filtr-
ga kirayotgan missella bilan yuvilib turiladi. Diskalar orasidagi
bo‘shliqqa loyqa to‘planib qolmasligi uchun 4 yuvgich o‘rnatilgan
bo‘lib shu orqali filtrlanadigan missella 1 korpus ichiga yuborila-
di.
Filtr ostiga to‘plangan loyqa, vaqti-vaqti bilan 9 patrubka orqali
chiqarilib ekstraktorga yuboriladi. Hosil bo‘lgan erituvchi bug‘lari
7 patrubka orqali deflegmatorga yuboriladi.
Filtrlovchi material har 3–4 oyda almashtirilib turiladi. Rota-
tsion diskali filtrning filtrlash yuzasi 16,8 m
2
, filtr valining aylani-
shi 18 ayl/min ga teng.
Ekstraktordan chiqayotgan missella silindrsimon vertikal ko-
nussimon sig‘imlarning ostki qismiga yig‘iladi. Bu sig‘imlarning
ostki qismini konussimon qilinishiga sabab, filtrlashgacha missella
tarkibidagi quyiqa va suvning bir qismini ajratishdir. Sig‘imlardan
ajratilgan quyqa ekstraktorga yuboriladi.
Filtrlangan missellani distillatsiyalashdan oldin 60–70°C ga-
cha qizdirish maxsus qizdirgichlarda yoki ekonomayzerlarda
amalga oshiriladi. Missellani distillatsiyalashdan oldin qizdirish
distillatsiyalash qurilmalarining ish unumdorligini oshiradi.
Ba‘zi bir ekstraksiyalash liniyalarida (ND–1250, «Desmet»,
MEZ,T1–MEa) missellani distillatsiyalashdan oldin qizdirish-
da birlamchi distillatordan, tosterdan chiqayotgan erituvchi
bug‘laridan foydalaniladi, bu suv bug‘ini va sovitishda ishlatiladi-
gan suv sarfini kamaytirishni ta‘minlaydi.
263
Do'stlaringiz bilan baham: |