N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati
hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning 
taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan 
hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. 
Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni 
tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu 
faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ulaming har biri hamkorlikdagi faoliyat 
maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan 
ifodalanishi kerak. Awal jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’iadi, 
bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong 
ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi 
asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi 
(interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining 
ijodiy xarakteri
muhim 
ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi,
73


hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar 
obrazlari, fikrlari, tasawurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida 
mujassamlantiriladi va bu jismlaming keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida 
yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun 
ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash 
va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan 
uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. 
Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga 
aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. Ongning filo-va 
ontogenezda 
rivojlanish 
ketma-ketligi 
mana 
shunday 
iborat. 
Ong 
rivojlanishidagi Ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni 
refleksiv
yo’nalish sifatida belgilash mumkin. Ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va 
fikming 
so’z
bilan asta-sekin birlashishi bilan bog’liq. Inson tafakkuri borgan 
sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. Bu bilan birgalikda 
orttiriladigan bilimlami belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. Til 
so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana 
boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. So’z-tushuncha ong birligi, hosil 
bo’ladigan oqim esa 
tushunchali
yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda 
aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning 
ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur 
qilish mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi 
davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan 
yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlaming 
psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish 
tarixiy
yo’nalish 
sifatida belgilanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu 
rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi 
yordamida jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va 
atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo Tib hisoblanadi. Bu o’z 
navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy- 
iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini 
takomillashtirish bilan bog’liq.
Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu - turli 
xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va 
siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama- 
qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy
74


qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. SHu bilan birga insonning hayot, 
makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan 
yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan 
hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi 
ham oshmoqda.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish