N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Diqqat hajtni
- sub’ektning yetarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o’zida 
qamrab olishi mumkin bo’lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va 
belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o’qitishda va mashq bajarishda umuman 
o’zgarmasligidir. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik 
bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o’zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, 
harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu 
maqsadlarda 
taxistoskopdm
foydalaniladi 
-
ma’lum 
sondagi 
seskantiruvchilami shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko’zlarini bir ob’ektdan 
boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, 
diqqat hajmi - individual tarzda o’zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda 
uning ko’rsatkichi 5 ± 2ga teng bo’ladi.
Diqqatning chalg’ishi -
bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz 
o’tkazilishi. CHalg’ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. 
Diqqatni ko’proq to’satdan paydo bo’ladigan, o’zgaruvchan kuch va chastota 
bilan ta’sir ko’rsatadigan jism va hodisalar chalg’itadi. Diqqatning ichki 
chalig'ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg’ul
! 8 1


bo’lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo 
bo’ladi.
Chalg’ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati 
to’siqlarga
moslashuvchanlik
deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv 
tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to’siqlarga qarshilik 
ko’rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko’plab 
individual tafovutlar kuzatiladi (8.2 rasm).
DIQQAT
Fiziologik asoslar
________T_________
Bosh miya po'stlog'i qismlarining 
yuqori qo’zg’aluvchanligi
________▼
________
Yangi shartli-rcflcktor aloqalaming 
hosil bo'lishi
________ ▼
_________
yuqori va pasaygan 
qo’zg’aluvchanlik qismlari o’rtasida 
salbiy induktsiyaning mavjudligi
_____ ▼
______
Dominantlik hodisasining 
mavjudligi
Diqqat xossalari
_______ T
Diqqatning barqarorligi
_____ ▼
Diqqaini jamlash
______ ▼
Diqqatning bo’linishi
______ ▼
Diqqaini taqsiinlash
_____T
Diqqai hajmi
_______ T
Diqqatning chalg’ishi
Diqqat xususiyatlarini o’rganishda 
parishonxotirlik
haqidagi masala muhim 
ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga 
aytiladi. 
Birinchidan, 
ko’p 
hollarda parishonxotirlik 
deb, 
insonning 
atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining 
natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli 
jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli 
soxta parishonxotirlik
deb 
ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir 
narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan
muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinehisiga 
o’tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi 
haqiqiy parishonxotirlik
deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy 
diqqati o’ta beqarorligi va chalg’ib turishi bilan farqlanadi.


Haqiqiy parishonxotirlikning sabablari turlichadir. Bular asab tizimining 
umutniy izdan chiqishi, qon kasalliklari, kislorod yetishmovchiligi, jismoniy 
yoki aqliy toliqish, og’ir hissiy kechinmalar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, 
diqqat parishonxotirligining sabablaridan bin olingan taassurotlaming ko’pligi, 
shuningdek, betartib havas va qiziqishlar ham bo’lishi mumkin.
Diqqat 
o’zining 
rivojlanish

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish