egiluvchanligi
motivatsiya jarayonini quyidagicha
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko’proq qo’llanilgan holatda
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, bir
individ uchun bilim olishga bo’lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino
hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi
turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi
holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo’lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik
- bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har
bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar)
boshqalaridan kuchliroq bo’lib tez-tez hosil bo’lib turadi; boshqalari kuchsizroq
bo’ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion
hosilalamingdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko’p
bo’lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori
qo’zg’atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va
maqsadlar ham ko’rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo’lgan,
to’g’ridan-to’g’ri bir xil, ayni damda dolzarb bo’lgan ehtiyoj bilan
bog’lanmagan,
alohida motivatsion holatga aytiladi.
Muammo ma’lum
maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o’tishi
zarur bo’lgan to’siqlarga duch kelganida paydo bo’ladi.
Tilaklar
va
maqsadlar -
bu darhol yuz beradigan va ko’pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat
bajarish sharoitlarining o’zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv
holat.
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo’lishi mumkin. Bu inson
hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
94
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo’lishi mumkin.
Shaxs yo’nalganligi shakllanishidagi asosiy o’rinni anglangan motivlar
egallaydi.
5.4. Faoliyatni o ’zlashtirish.
Harakatda motor, sensor va markaziy
Ко ’nikma va malakalar
tarkibiy qismlami ajratish mumkm. Ular mos
holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish
vazifalarini bajaradilar. Faoliyat davomida inson tomonidan qo’llaniladigan
harakatni bajarish, nazorat va boshqarish uslublari ushbu faoliyatning
usullari
deb ataladi.
Ko’rsatilgan har bir vazifa insonda ongli, shu bilan birga, ongsiz ravishda
ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, inson tomonidan so’zlami talaffuz
qilish uchun zarur bo’lgan qizilo’ngach harakatlari tizimi inson tomonidan
umuman anglanmaydi, lekin inson aytmoqchi bo’lgan jumlalar ma’nosi va
grammatik shakllar ong darajasida doimo oldindan bilinadi.
Ba’zi bir harakatlar ongli va ongsiz boshqarish darajalarida bajarilishi
mumkin. Masalan, yurish - xarakatlaming ko’p qismi ongsiz ravishda
bajariladigan faoliyatga misol bo’la oladi. Lekin dor ustida yurishda xuddi shu
harakatlami bajarish, ulaming sensor nazorati va markaziy boshqarilishi o’ta
zo’riqqan holatdagi anglash ob’ektiga aylanadi.
Teskari hodisa ro’y berishi ham mumkin, bunda harakaming ma’lum
tomonlari avval izchil tarzda ongli boshqarilishni talab etadi, so’ngra esa borgan
savin ong ishtirokisiz amalga oshirila boshlaydi, bunday holat avtomatlashtirish
deb nomlanadi.
Odamda maqsadga muvofiq harakatlaming aynan shunday xususiy
avtomatlashtirilgan holatda bajarish va boshqarish
ко'nikma
deb ataladi.
Psixologiyada ко’nikma ongli harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi
sifatida ta’riflanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bunday holatda aynan harakatlaming ongsiz
boshqarilishi haqida so’z yuritiladi, chunki faoliyatlar boshqariluvi va harakatlar
boshqariluvi - bu boshqa-boshqa tushunchalar hisoblanadi. Harakatlaming oshib
borayotgan avtomatlashuvi bir vaqtning o’zida bunday harakatlarga tegishli
bo’lgan harakatlami ongli boshqarishning kengayishi ham kuzatiladi.
Harakatning u yoki bu tarkibiy qismlarini avtomatlashtirish faqatgina ongli
boshqaruv ob’ektining joyini o’zgartirib, harakatning umumiy maqsadlarini,
bajarish sharoitlarini, natijalar nazorati va baholanishini ong doirasiga olib
chiqadi.
Bunday xususiy avtomatlashtirish tufayli amalga oshish imkoniyatiga ega
bo’lgan harakat tuzilishining o’zgarishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
95
1. Harakatlami bajarish usullari o’zgaradi. Bungacha ajratilgan holatda
bajarilib kelinayotgan bir qator xususiy harakatlar o’zining tarkibidagi alohida
oddiy harakatlar o’rtasida uzilishlar bo’lmagan yagona aktga, bitta murakkab
harakatga qo’shiladi. Xuddi shunday, o’quvchi husnixat yozishni boshlaganida
ko’plab ortiqcha harakatlami bajaradi: tilini chiqaradi, tanasini qimirlatadi,
boshini egadi va h.k. Faoliyatni o’zlashtirib olish bilan barcha zarur bo’lmagan
harakatlar yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |