N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

4.6. Ongsizlik haqida
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. 
Ongsizlik
tushuncha 
~
Sunday psixik jarayonlar va hodisalar
yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga 
javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi patologik hodisalar, 
alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlami 
maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud 
emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlaming turli yo’nalish 
vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida 
aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda sub’ekt voqelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan 
tenglashtirgan holda, ob’ektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va 
farqlami u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, 
bevosta emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli 
hodisalaming aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari 
orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak 
zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda 
mavjud bo’ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, 
ozuqaga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklami siqib chiqarish (kimningdir 
muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin 
hafagarchilik); tushda sodir bo’ladigan psixik hodisalar (tush ko’rish); 
sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko’rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob 
reaktsiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar 
tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo’lib qolgan 
harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va 
boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga 
keladigan alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham 
kiradi.
Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
75


- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo’lgan faoliyatning 
anglanmagan qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). 
Bu sinf hodisalari sub’ektning gipnotik holatdan chiqqandan so’ng hulq-atvorini 
tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat kechishining yo’nalishli va barqaror bo’lishini ta’minlaydigan, 
uning bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional 
mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan 
va ixtiyorsiz harakatlaming boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni 
asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo’lib 
o’tgan o’xshash vaziyatlardagi hulq-atvoming o’tmish tajribasiga tayanadigan 
harakat usullari obrazlariga bog’liq bo’ladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub’ekt ongida 
mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig’indisi sifatida XVIII 
asrda G.V. Leybnits tomonidan ifodalangan edi. XIX asrda ongsizlik psixologik 
tadqiqotlaming predmetiga aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni 
o’rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari 
turtki berdi. Uning fikriga ko’ra ongda mavjud bo’lmagan ongsizlik psixik 
mazmun sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi.
Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va 
ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat 
qilinadiganlaming barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki 
latent bilimlami kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo’lgan, lekin ayni vaqtda 
ongda mavjud bo’lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan rag’batning yuzaga 
kelishida dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. SHunday qilib, ong - bu 
muztog’ning ko’zga ko’rinayotgan qismi, uning katta qismi esa 
inson 
tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan 
biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-atvorimizga katta ta’sir 
ko’rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik 
sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu 
ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko’rsatishlaming faoliyati bilan 
tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion 
energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga ko’ra, 
ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan 
ong osti mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos 
bo’lishga intilib, himoya mexanizmlari - siqib chiqarish, sublimatsiya (o’rin 
olish), omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi.
76


SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan 
o’zaro bog’liq bo’lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat 
ko’rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug’ma instinktiv-refleksga 
asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi - ma’lum individ tajribasidagi 
hulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari -
malakalari, ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari.
Tush ko’rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, 
umid, sevgi, turli 
ko’rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor 
hodisalar), fobiyalar, qo’rquvlar, asabiy xayollar, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan 
xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish - sanab o’tilgan bu hodisalar 
anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.
Anglanmaganlik mezoni hisob berilmasligi, ixtiyorsizligi, noverballigi 
hisoblanadi (so’z bilan ifodalanmaganlik).
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O ’Z - O’ZINI 
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. «Rivojlanish» va «psixika rivojlanishi» nimani anglatadi?
2. Psixika rivojlanishining asosiy bosqichlaridan qaysilarini bilasiz?
3. «Ta’sirchanlik», «sezgilar», «hissiyot» larga qanday ta’rif berish 
mumkin?
4. Hulq-atvor haqida tashqi muhit sharoitlariga moslashishning shakli 
sifatida maTumot bering.
5. Hayvonlar psixikasi va hulq-atvori rivojlanishining qaysi asosiy 
bosqichlari va darajalarini bilasiz?
6. Odamda oliy psixik vazifalaming rivojlanishi haqida gapirib bering.
7. Odam va hayvonlar psixikalari o’rtasidagi qanday tafovutlami bilasiz?
8. Ong nima?
9. Ong xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz?
10. Ongning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida gapirib bering.
11. Ongsizlik nima?
12. Ongsizlik qanday ifodalanadi? Psixik faoliyatning uch xil bir-biri bilan 
o’zaro bog’langan qanday darajalarini bilasiz?
1. 
What do the “development” and the “development of psychics” mean?
2. 
Which main stages of the psychic development do you know?
3. 
What are the definitions to “sensitiveness”, “senses” and “feeling”?
4. 
Give the information about the behavior as a form of adaptation to out­
side.
5. 
Which main stages and levels of the development of animals’ psychics 
and behavior do you know?
77


6. 
Tell about the development of tasks of human’s higher psychology.
7. 
What barriers between the human and the animal psychologies do you 
know?
8. 
What is consciousness?
9. 
What are the characteristics of consciousness?
10. Tell about the formation and development of consciousness.
11. What is unconsciousness?
12. How is unconsciousness described? What stages of three kinds of interre­
lated psychic activities do you know?
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI:
1. Vagner V.A. Sravnitelnaya psixologiya. - Voronej, 2003.
2. Vigotskiy L.S. Sobranie sochineniy. V 6-ti t. - M , 1983. T.3.
3. 
Davletshin M.G., To’ychieva S.M. Umumiy psixologiya. - Toshkent, 
2002
.
4. Leontev A.N. Izbrannue psixologicheskie proizvedeniya. - M., 1983. T.2.
5. Linden Yu. Obezyaim, chelovek i уагык. - M., 1981.
6. Luriya A.R. Evolyutsionnoe vvedenie v psixologiyu. - M., 1975.
7. Mollon F. Bessoznatelnoe. - M., 2002.
8. Nemov R.S. Psixologiya. V 3-x kn. - M., 2003.
9. Ojegov S.I. Slovar russkogo yazbika. M., 1986.
10. Per Teyyar de SHarden. Fenomen cheloveka. Predjizn. Jizn. Mbisl. 
Sverxjizn. M., 1987.
11. Safaev N.S. Duxovnost i natsionalnoe samosoznanie lichnosti. - Tash­
kent, 2004.
12. Fabri K.E. Osnovbi zoopsixologii. - M., 1976.
MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Organizmning gomogen muhitdan moddiy shakllantirilgan diskret 
jismlar muhitiga o’tishi ...ning paydo bo’lishi bilan bog’liq:
a) ta’strchanlik;
b) sezgilar;
v) hissiyotlilik; 
g) his-tuyg’ular.
2. Refleksning amalga oshirilishida ishtirok etuvchi nerv tuzilmalarining 
yig’indisi - bu:
a) refleks yoyi;
78


b) refleks halqasi; 
v) shartsiz refleks; 
g) shartli refleks.
3. Evolyutsiya nazariyasi keng ma’noda:
a) hozirda ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etiladi;
b) oddiy farazdan emas, balki haqiqatda isbotlangan voqelikdan iborat;
v) genetika ma’himotlari va irsiyat qonunlarining kashf etilishi bilan 
boyitildi;
g) barcha javoblar to’g’ri.
4. Instinktiv xulq-atvor, asosan, ...da ustunlik qiladi:
a) hasharotlarda;
b) baliqlarda;
v) sudralib yuruvchilarda; 
g) sut emizuvchilarda.
5. Insonning oliy psixik vazifalariga ... kiradi:
a) mantiqiy xotira;
b) so’zlashuv-mantiqiy tafakkur; 
v) tasavvur etish;
g) barcha javoblar to’g’ri.
6. Psixik aks ettirishning yuksak shakli faqat insonga xos, aks ettirishning 
boshqa barcha shakllarini integratsiyalovchi, - bu:
a) iroda;
b) hissiyot; 
v) refleks; 
g) ong.
7. Ongning psixologik xususiyati - bu:
a) faollik;
b) intentsionallik; 
v) refleksivlik;
g) barcha javoblar to’g’ri.
8. Ongning normal faoliyat darajasi:
a) o’zgartirilgan ong holati;
b) yuqori psixik faollik holati;
v) o’rtacha psixik faollik darajasi; 
g) barcha javoblar to’g’ri.
9. Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlami sub’ekt ongida 
mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlaming yig’indisi sifatida 
ifodalagan olim:
a) I.F. Gerbert;
79


b) G.T. Fexner; 
v) V. Vundt; 
g) G.V. Leybnits.
10. Ongsizlik sohasiga ... kiradi:
a) biologik ehtiyojlar;
b) siqib chiqarilgan istaklar;
v) uyquda yuz beradigan psixik hodisalar;
g) real ta’sir ko’rsatib, ammo sezilmaydigan seskantiruvchilar yuzaga 
keltiradigan javob reaktsiyalari;d) barcha javoblar to’g’ri.
80


V. MAVZU. FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA
REJA:
5.1. Faoiiyatning psixologik xususiyatlari.
5.2. Faoiiyatning motivatsion-shaxs jihatlari.
5.3. Motiv va motivatsiya tavsifi.
5.4. Faoliyatni o’zlashtirish. Ko’nikma va malakalar.
5.5. Faoiiyatning asosiy turlari.
Mavzu o’quv m aqsadi:
T a’Iimiy: 
talabalar 
tomonidan 
faoiiyatning 
psixologik 
xususiyatlari,
faoiiyatning motivatsion-shaxs jihatlari, motiv va motivatsiya tavsifi, faoliyatni 
o’zlashtirish, ko’nikma va malakalar, faoiiyatning asosiy turlari 
haqidagi 
bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: 
bo’lajak 
pedagoglar 
tomonidan 
faoiiyatning 
psixologik
xususiyatlari, faoiiyatning motivatsion-shaxs jihatlari, faoliyatni o’zlashtirish, 
ko’nikma va malakalar, faoiiyatning asosiy turlari haqidagi bilim, ko’nikma va 
malakalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida 
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish