deb ataladu
Masala yechish jarayonini tasvirlashda ulami amalga oshiruvchi
harakatlami ham, muolajalami ham ko’rsatish lozim.
Muolajalaming asosiy xossasi ulaming kamroq anglanganligi yoki
umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli
maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan
harakatlardan tamomila farq qiladi.
Muolajalar ikki turga bo’linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita
taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlami avtomatlashtirish
vositasida paydo bo’ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ulami
ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas.
Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb
anglanuvchilarga aylanishi mumkin.
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to’shaluvchi»
muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo’lgan ongli
va anglanmagan faoliyatlar o’rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar
ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning
84
harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo’nalgan harakati
muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o’zgarishini
anglatadi. Chegaralaming pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning
harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo’linishini
bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi
g’oya tug’ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan,
mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz
ko’plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni
amalga oshirgan bo’lasiz. Ulaming barchasi birgalikda g’oyani bayon qilish
faoliyatini amalga oshirgan bo’ladilar.
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja -
psixofiziologik vazifalarni
ko’rib
chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlaming fiziologik
ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo’lgan his etish, o’tmish
taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor
layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar
haqida so’z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi
morfologiyasida mustahkam o’rin tutgan tug’ma va hayotning birinchi oylarida
yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga
tug’ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo’ladi.
Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat
vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror
ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab
qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab
qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo’lmaganimizda, bu
faoliyatni amalga oshira olmagan bo’lardik. Mnemik vazifalar tug’ma bo’ladi.
Bola tug’ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi.
Dastlab, bu oddiy axborot bo’lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada
saqlanishi zaiur bo’lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat
ko’rsatkichlari ham o’zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o’rgangan mashhur
rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda
aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa
aw al sodir bo’lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday
bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun
ovqatlanganmi yoki yo’qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga
kitobiy asaming o’ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o’qib berganini
yodidan chiqarib yuborib, beto’xtov o’qib berardi va, shu asnoda bir necha o’n
martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko’rsa,
85
u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningmi o’zini ham yodidan chiqarib
yuborishi mumkin.
Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik
ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib,
harakatlar va muolajalaming bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining
ham imkoniyati mavjud emas.
Istalgan faoliyat tuzilishida
Do'stlaringiz bilan baham: |