N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

takomillashtirishda erishilgan 
alohida 
muhim 
yutuqlar yangi ilmiy-texnikaviy 
inqilobga sabab bo’ldi. Bular - axborotni yozib 
olishning magnitli, lazerli va 
boshqa shakllari.
Belgili 
tizimlar, ayniqsa, 
nutq 
odamlar tomonidan qo’llanilishi bilanoq, 
insonning o’ziga ta’sir ko’rsatishning, o’zini qabul etishi, diqqati, xotirasi, 
boshqa bilish jarayonlarini boshqarishning samarali vositasi bo’lib qoldi. 
Insonga tabiat tomonidan ato etilgan his-tuyg’u organlaridan iborat birlamchi 
signal tizimi bilan bir qatorda (I.P. Pavlov), so’zlashuv layoqatidan iborat 
ikkilamchi signal tizimiga ham egadir. Odamlarga tanish bo’lgan ma’noga ega 
bo’lgan so’zlar insonlar psixologiyasi va hulq atvoriga ulaming o’mini bosa 
oladigan jismlar kabi, ba’zida esa tasavvur qilish qiyin bo’lgan hodisa va 
jismlami bildirish (abstrakt tushunchalar) orqali ulardan ham kuchliroq ta’sir 
ko’rsata boshladilar. Ikkilamchi signal tizimi insonning o’zini boshqarishi va 
muvofiqlashtirishining 
kuchli 
vositasi 
bo’lib 
qoldi. 
Idrok jismlilik, 
o’zgaruvchanlik, anglanganlik; diqqat ixtiyoriy, xotira - mantiqiy; tafakkur -
so’zlashuv va abstraktlilik sifatlariga ega bo’ldi.
6Vigotskiy L.S. Sobranic sochineniy. V 6-ti t. - M., 1983. T.3.- B.24.
67


S o ’z
inson hatti-harakatlarining asosiy boshqaruvchisi, ahloqiy va madaniy 
qadriyatlar elchisi, inson tamadduni, hamda, uning idrokli va ahloqiy 
barkamolligi manbai va vositasi bo’lib qoldi. Uning o’zi ta’lim va tarbiya 
berishning bosh omili sifatida namoyon bo’ldi. So’z yordamida individ insonga 
- shaxsga aylandi. Odamlaming shakllanishida nutq muloqot vositasi sifatida 
alohida ahamiyat kasb etdi. Uning rivojlanishi dunyoning turli burchaklarida 
istiqomat qiluvchi va turli tillarda so’zlashuvchi odamlaming o’zaro aqlan va 
madaniy boyishiga ko’mak berdi.
. . n ,

. . . . .
Taxminan XVII asr o’rtalarigacha
4.4. Odam va hayvonpsixikalart
o ’rtasidagi tafovut
bo’lgan davrda ko’pchilik inson va
hayvonlar 
o’rtasida 
tanasining 
ichki 
tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday 
umumiylik bo’lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So’ngra tana 
mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o’rtasidagi 
tafovutlar saqlanib qoldi (XVII-XVIII asr.).
1872 yilda CH. Darvin o’zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining 
ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar 
o’rtasidagi aloqani tushunib yetishda burilish yasadi. O’zining bu asarida Darvin 
evolyutsiya tamoyilining hayvonlaming faqat biologik rivojlanishiga emas, balki 
ulaming psixologik, hamda, hulq-atvor rivojlanishiga ham qo’llanilishi 
mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko’ra, hayvon va odam hulq-atvori 
o’rtasida umumiylik ko’pchilikni tashkil etadi. O’zining bunday nuqtai nazarini 
u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlaming tashqi ifodalanishi 
ustidan olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu 
davrdan boshlab, inson va hayvonlar psixikalarini tadqiq etish ishlari jadallik 
bilan boshlab yuborildi. Boshlang’ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar 
hissiyotlar va tashqi reaktsiyalar ustida olib borilgan bo’lsa, keyinchalik amaliy 
fikrlash sohasiga ham yoyildi.
XX asrda hayvonlar o’rtasidagi temperamentlaming alohida tafovutlari 
tadqiqotchilarda qiziqish uyg’otdi (I.P. Pavlov), so’ngra odam va hayvonlar 
kommunikatsiyasida, 
hulq-atvoming 
guruhli 
shakllarida 
va 
bilish 
mexanizmlaridagi o’xshashliklami izlash ishlari boshlab yuborildi.
Inson va hayvonlar o’rtasida mavjud bo’lgan tafovutlami aniqlashdan aw al 
shunga o’xshash tadqiqotlaming natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik 
ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur.
Hayvon psixologiyasi va hulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo’lganlar 
egallanishi mumkin bo’lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi 
yoki tabiiy bilish jarayonida o’zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan 
o’tkaziladigan belgi va xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo’ysunmaydi; hayvonda
68


o’z-o’zidan paydo bo’ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya 
jarayonisiz yuzaga kelishi mumkin. Insonni o’rganishda uni hayvonlar bilan 
qiyosiashtirish orqali bir xilda anatomik va fiziologik kurtaklaming 
mavjudligida inson o’z psixologiyasi va hulq-atvorida hayvonga nisbatan 
yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan, u holda bu yutuq ta’lim va 
tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo’lgan bilishning natijasidir. 
Shunday qilib, inson va hayvonlami qiyosiy psixologik-hulq atvor jihatdan 
tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to’g’ri, 
ilmiy asoslangan ravishda aniqlash imkonini beradi.
[nsondagi kabi, hayvonlarda ham bilish xususiyatiga ega, ularga olamni 
oddiy hissiyotlar ko’rinishida idrok qilib, axborotni eslab qolish imkonini 
yaratuvchi tug’ma boshlang’ich layoqatlar mavjud. Barcha asosiy bo’lgan his- 
tuyg’ular: idrok, ko’rish, eshitish, sezish, hid va ta’m bilish, teri sezuvchanligi 
va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga kelishlari bilan tarkib topgan 
bo’ladi.
Lekin taraqqiy etgan insonning idrok qilishi va xotirasi hayvonlar va 
chaqaloqlaming shunga o’xshash vazifalaridan farq qiladi. Bu farqlami bir 
necha sohalar bo’yicha ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Odamda hayvonlardan farqli ravishda muvofiqlashgan bilish jarayonlari 
alohida sifatlarga ega: 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish