4.3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari
Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan belgilanadi. Yurtimizda kechayotgan o‗zgarishlar aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan real pul mablag‗lari, o‗rtacha nominal va real ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya ko‗rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda.
Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 2014-yilda 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga to‗g‗ri keladigan real daromadlari esa 10,2 foizga ko‗paydi.
Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‗rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‗sdi. Bu Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‗rsatkichlardan biridir9.
9 O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga
75
Bu haqda so‗z yuritganda, sobiq ittifoq hududidagi boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, O‗zbekistonda daromadlar darajasi bo‗yicha aholining keskin tabaqalanish holati mavjud emasligini alohida ta‘kidlash lozim. Eng ko‗p va eng kam daromad oladigan aholi o‗rtasidagi farq 2000-yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8 barobarga tushdi. Bu o‗rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni hisoblangan bu ko‗rsatkich xalqaro me‘yorlarga ko‗ra, 10 barobar qilib belgilanganini aytib o‗tish lozim.
Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Misol uchun, O‗zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‗rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan millatlar tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtayi nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o‗sib borayotganidan dalolat beradi. 2014-yilda real daromad aholi jon boshiga 9 barobar ko‗paydi. hisob-kitoblarga ko‗ra, o‗rtacha ish haqi iste‘mol savatchasi baxosidan 5 barobardan ziyod oshdi.
2014-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‗rtacha 23 foizdan kam bo‗lmagan darajada oshirish, 2015-2017-yillarda aholi real daromadlarini kamida 1,5 barobar ko‗paytirish vazifasi qo‗yilmoqda.
Iste‘mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‗proq iste‘mol qilish hisobidan o‗zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste‘mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste‘mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o‗nlab barobar oshdi.
Aholining xarid qobiliyati, ya‘ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste‘mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan
oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖ mavzusidagi ma‘ruzasi. 2015-yil, 16-yanvar.
76
foydalanish imkoniyatlari aholining iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab va ehtiyojlarining ta‘minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam oshirib borish, xalqimizni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar o‗rtacha oylik ish haqi miqdorining sezilarli ravishda oshishini ta‘minladi. Pul daromadlarining oshishi va aniq yo‗naltirilgan ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o‗rtacha daromadlarining o‗sib borishida muhim omil bo‗ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy prinsiplaridan biri sifatida O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o‗sishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1991–2014-yillar davomida O‗zbekiston aholisining yalpi daromadlari 10,2 foizga ko‗paydi.
Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko‗rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‗ldi. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgani sayin, aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo‗nalish – tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo‗nalishi paydo bo‗ldi. O‗z mohiyatiga ko‗ra, bu usul oila xo‗jaligining asosiy kapital uchun mablag‗ jamg‗arishning samarali shakli bo‗lib, xususiy mulk asosida o‗z daromadlarini shakllantirish va ko‗paytirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o‗rta sinfni shakllantirish imkonini berdi.
77
Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda, yurtimizda iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratildi. Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o‗zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‗sib borayotgani alohida e‘tiborga molikdir. 2014-yilda aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadi 10,6 foizdan 52 foizga o‗sdi, boshqacha aytganda, O‗zbekiston aholisi daromadining yarmidan ko‗pi, birinchi navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda.
―Obod turmush yili‖ davlat dasturini ishlab chiqishda, eng avvalo, mahallalarda, ko‗p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro tomonidan tinchlik va osudalikning qadriga yetish, uni munosib himoya qilish ko‗nikmalarini shakllantirish, tinchlik uchun kurashishga oliy burch sifatida qarash kabi qadriyatlarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan chora-tadbirlarga e‘tibor qaratildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi islohotlarning bosh maqsadi, iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy sur‘atlariga erishish orqali aholining turmush farovonligini yuksaltirishdir.
Aholi farovonligini oshirishning ustuvor yo‗nalishi aholining real daromadlarini oshirish hisoblanadi. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning yuqori sur‘atlarda barqaror o‗sib borishi, byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko‗rib chiqilishi, ta‘lim, sog‗liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini rag‗batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta‘minladi.
78
|
Аholining real daromadlarini oshirish
|
|
Ish bilan bandlik masalasini yechish
|
Aholi farovonligini
|
|
oshirish yo‗nalishlari
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik
|
|
|
harakatini yanada rivojlantirish
|
|
Davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy
|
|
yordam tizimini takomillashtirish
|
2-rasm. Aholi farovonligini oshirish yo„nalishlari10
Ish bilan bandlik masalasini yechish. Aholi farovonligini oshirishda bandlik masalasining o‗rni katta. Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining bandligini ta‘minlash maqsadida yangi ish o‗rinlari yaratayotgan ish beruvchilar rag‗batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa imtiyozlar berilmoqda; mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish chora-tadbirlari ko‗rilmoqda; aholini ish bilan ta‘minlashning eng samarali vositalari bo‗lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‗rsatish va servis sohasi yanada jadal sur‘atlarda rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan toifalari moddiy qo‗llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‗rinlarini kvotalash tartibi yo‗lga qo‗yildi; davlat va mahalliy byudjet mablag‗lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e‘tibor kuchaytirilmoqda.
Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta‘minlash maqsadida har yili yangi ish o‗rinlari yaratilmoqda. Bu ish o‗rinlari
10 O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012-yilning asosiy yakunlari va 2013-yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―Bosh maqsadimiz – keng ko‗lamli islohotlar va modernizatsiya yo‗lini qat‘iyat bilan davom ettirish‖ mavzusidagi ma‘ruzasini o‗rganish bo‗yicha o‗quv qo‗llanma. T.: ―O‗qituvchi‖ NMIU. 2013.
79
yangi yirik sanoat obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‗rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag‗batlantirish, kasanachilik
imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobidan tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‗lgan tog‗li va chegara hududlarda joylashgan 28 ta tumanga alohida e‘tibor beriladi
2015-yilda ish o‗rinlariga bo‗ladigan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo‗lgan talab va taklif balansiga, shu jumladan, demografik vaziyatga, migratsiya jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari va tamoyillarini, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgartirishlar, sanoat, infratuzilma, investitsiya, monetar va fiskal siyosat chora-tadbirlari ta‘sirini tahlil qilish asosida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |